Tasodifiy ta'sirlar va ulardan informatsiyani muhofaza qilish usullari Reja: Sistemaga talafot etkazadigan tasodifiy ta'sirlar tushunchasi. Disk va kanallarni rezervlash Informatsiyani himoya qiluvchi sistemalarning modellari Aniqlashtirilgan o'quv maqsadlari.Talaba bu mavzuni to'la o'zlashtirgandan so'ng: ma'lumotlarni muhofaza qilish haqidagi tamoyillarni biladi; Sistema xavfsizligining asosiy prinsiplarini bo'laklarga bo'lib, ta'rif bera oladi; Sistema tashkil etuvchilarining butunligi - sistema xususiyatlarinini talqin eta oladi; Informatsiyaning ishonchliligi prinsiplarini qaysi sinfga mansubligini tasavvur eta oladi; Sistema tashkil etuvchisidan foydalanuvchanligi o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikni aniqlaydi, bog'lanishlarni tahlil qila oladi. Tayanch so'z va iboralar: ma'lumot xavfsizligi,informatsiya ishonchliligi,himoya modellari,sistema xavfsizligi, foydalanuvchi, kritik informatsiya, nokritik informatsiya Tasodifiy ta'sirlar - bu sistemaga talofot etkazadigan yoki uni umuman ishdan chiqaradigan ta'sirlar. Masalan, elektr manbaining buzilishi, qurilmaning ishdan chiqishi, yong'in, suv bosishi va shu kabilar. Tasodifiy ta'sirlar natijasida informatsiya buzilishi yoki yo'qolishi mumkin. Shuning uchun quyidagi informatsiyani himoya qilish va tiklash vositalaridan foydalanish mumkin: Ko'zguli disklar (zerkalno'e diski) - bular disklarning fizik zararlanishi bilan bog'liq yo'qotishlarning oldini olish uchun disklarni rezervlash maqsadida foydalaniladigan disklar. Disklarni rezervlash uchun bitta disk kontrolleriga 2 ta mutlaqo bir xil vinchester ulanadi va operatsion sistema shunga muvofiq moslashtiriladi. So'ngra asosiy diskdagi barcha informatsiya ko'zguli disk deb nomlanuvchi ikkinchi diskda ikkilantiriladi. Asosiy disk zararlanganda maxsus protseduralar yordamida ko'zguli diskdan barcha ma'lumotlarni qayta tiklash mumkin. qo'shimcha ravishda disk yo'lakchalarining «qaynoq» rezervlash ham ishlatiladi. Diskda «qaynoq» rezervlash sohasi ajratib olinadi. Agar ish jarayonida diskda nuqsonli yo'lakcha topilsa, bu yo'lakcha rezervlash sohasidagi yo'lakcha bilan almashtiriladi. Disk va kanallarni rezervlash - ko'zguli disklardan foydalanishda ikkala diskning ham kanali, kontrolleri va tok manbai zararlanish ehtimoli mavjud. Bazi operatsion sistemalar (masalan, NetWare) kanalni butunlay rezervlay olish imkoniyatiga ega, mos ravishda ikkita diskka ulangan kontrollerdan foydalanishi mumkin. Bu kontroller va disklarni tok bilan ta'minlash uchun ikkita tok manbai kerak. Serverni «qaynoq» rezervlash - ko'zguli diskdan ma'lumotlarni tiklash disk xotira hajmiga bog'liq ravishda bir necha soatlab vaqtni olishi mumkin. Bazida tarmoqda ishning bunday uzoqqa cho'zilishini kutib bo'lmaydi. Bunday hollarda serverlarni «qaynoq (goryachee)» rezervlashdan foydalanish maqul. Serverlarni qaynoq rezervlashning manosi shuki, bunda ikkita server MSL-adapter (Microred Server Link) deb ataluvchi maxsus adapter yordamida tezlashtirilgan aloqa liniyasi orqali o'zaro bir-biriga ulanadi. Bu adapterlar o'zaro 33 m gacha uzunlikdagi koaksial kabel yoki 4 km gacha uzunlikdagi optik tolali kabel yordamida biriktiriladi. Bu usulda turli serverlarni turli binolarga joylashtirgan holda, hattoki binolarning birortasidan yong'in chiqqan sharoitda ham sistema ishining ishonchliligi va mustahkamligini ta'minlash mumkin. Bitta serverning ishdan chiqishi tarmoq ishining to'xtab qolishiga olib kelmaydi, chunki bunda avtomatik ravishda ikkinchi rezerv-server ishga tushadi. Yuqori tezlikdagi aloqa ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.08 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.08 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:33 ]
Arxiv ichida: doc