Tasvirga geometrik shakllarni va vektorli obyektlarni joylash

Tasvirga geometrik shakllarni va vektorli obyektlarni joylash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Tasvirga geometrik shakllarni va vektorli obyektlarni joylash - rasmi

Material tavsifi

11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 15-mavzu Tasvirga geometrik shakllarni va vektorli obyektlarni joylash PhotoShopda geometrik shakllarni tasvirga joylash uchun bir qator uskunalar mavjud bo'lib, ular uskunalar panelining uchinchi bo'limida joylashgan: Bu uskunalar jami oltita bo'lib, ular yordamida tasvirga to'g'ri to'rtburchak (A), burchaklari doirasimon to'g'ri to'rtburehak (B), ellips (C), muntazam ko'pburchak (D), to'g'ri chiziq kesmasi (E) va ixtiyoriy geometrik shakl (F) joylash mumkin. Bu parametrlarning vazifasi bilan tanishib chiqamiz: A - bu uskuna uchun avvaldan o'rnatilgan parametrlar; B - shaklning turi (chegarasi, ichi yoki ikkalasi); C - shaklning ichi rangi; D - shakl chegarasining rangi; E - chegarasi qalinligi; F - chegaradagi chiziq turi; G - shakl bo'yi; H - shakl balandligi; I - shaklning awalgi shakllar bilan bog'lash turi; J - shakllaming tekislash usuli; K - shakl joylashgan qatlamning boshqa qatlamlar orasidagi o'rni; To'g'ri to'rtburchak va ellips parametrlari ham xuddi shu kabi bo'ladi, faqat ularda M parametr bo'lmaydi. To'g'ri chiziq kesmasi parametrlarida esa E parametr ishlamaydi. Muntazam ko'pburchaklar uskunasida M parametr ko'pburchakning tomonlari sonini tanlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, muntazam ko'pburchak chizish uchun sichqoncha avval ko'pburchak markaziga olib kelinadi. So'ng uning chap tugmasini bosib, markazdan uzoqlashtiriladi. Kerakli o'lchamga erishgach, sichqoncha tugmasi qo'yib yuboriladi. Agar sichqoncha tugmasini qo'yib yubormay, uni ko'pburchak markazi atrofida aylantirsak, ko'pburchak ham shu yo'nalishda o'zining markazi atrofida buriladi. Ixtiyoriy geometrik shakl uskunasining parametrlari ham faqat M parametr bilan farq qiladi. Bu parametr yordamida mavjud shakllardan keraklisi tanlanadi. PhotoShop rastrli grafika uchun mo'ljallangan bo'lsada, undan vektorli grafikadan ham keng foydalaniladi. Vektorli grafika obyektlarini yaratish uchun maxsus uskuna bo'lib, uning nomi Перо (Pat)dir. Pat uskunasi uskunalar panelining uchinchi qismida birinchi bo'lib joy- lashgan tugma orqali chaqiriladi. Bu tugma ostida beshta uskuna yashiringan bo'lib, ular quyidagilardir: 1. Перо (Pat) - chegaralari to'g'ri yoki egri chiziq bo'lgan geometrik shakl yaratadi. 2. Свободное Перо(Erkin pero) - chegaralari ixtiyoriy bo'lgan geometrik shakl yaratadi. 3. Перо+ (Pat+) yaratilgan shakl chegarasiga yangi tayanch nuqta qo'shadi. 4. Перо- (Pat-) mavjud tayanch nuqtani olib tashlaydi. 5. Угол (Burchak) - egri chiziqda burchak hosil qilish uchun ishlatiladi. N - obyektning chetlarini tekislaydi. Pat uskunasi yordamida odatda konturlar yaratiladi. Konturlar esa geometrik shaklga, niqobga yoki ajratiladigan soha chegarasiga aylantirilishi mumkin. Pat yordamida siniq chiziq chizish uchun pat uskunasini tanlab, chiziq uchlarida sichqonchaning chap tugmasini navbatma-navbat bosib chiqish yetarli. Egri chiziqqa qo'shimcha tugun nuqtalar qo'shish yoki ortiqchalarini olib tashlash bilan uni tahrirlash va qurilayotgan egri chiziqning ko'rinishini butunlay o'zgartirib yuborish mumkin. Savol va topshiriqlar: 1. PhotoShopda tasvirlarga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 958.12 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:33 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 958.12 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga