Tasvirga matn joylash 11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani darsligi asosida 16-mavzu Tasvirga ko'pincha matn qo'shishga to'g'ri keladi. PhotoShop matn bilan ishlashda ham katta imkoniyatlarga ega. Matn bilan ishlash uskunalari uskunalar panelining uchinchi bo'limida ikkinchi bo'lib joylashgan. Ulardan keraklisini matn uskunalari tugmasi ustiga sichqonchani olib kelib, chap tugmasini bosish va ro'yxatdan zamrini tanlash bilan ishga tushirish mumkin. Boshqa uskunalar kabi ularni ham klaviatura orqali ishga tushirish mumkin. Birinchisi gorizontal matn Ikkinchisi vertikal matn Uchinchi va to'rtinchilari gorizontal va vertikal niqob matn deb ataladi Matn bilan ishlash uchun to'rtta uskuna mavjud bo'lib, ular quyidagilar: Ulardan tashqari, parametrlar panelining oxirida ikkita tugma bo'lib, ular matn kiritishni tugatish uchun ishlatiladi. Ulardan birinchisi kiritilgan matnni bekor qilsa, ikkinchisi kiritilgan matnni alohida qatlamda saqlab qo'yadi. Matn kiritishni tugatish uchun Ctrl+Enter qo'shtugmasidan foydalanish yoki uskunalar panelida boshqa uskunani tanlash yetarli. Kiritiladigan matn ikki xil bo'lishi mumkin: oddiy (qisqa) matn va matn bloki. Oddiy matn tasvirga qisqa yozuvlar, masalan, uning nomi, muallifi kabilarni kiritish uchun xizmat qilsa, blokli matn katta hajmdagi matnni kiritish va ularni bezatish uchun ishlatiladi. Oddiy matn kiritish uchun matn uskunasini tanlab, matn kiritiladigan sohaning chap quyi burchagini tanlash yetarli. Matn blokini kiritish uchun bu blok egallaydigan soha ajratib olinishi kerak. Sohani ajratish to'g'ri to'rtburchak chizish kabi amalga oshiriladi: blokning bir burchagiga sichqoncha ko'rsatkichi olib kelinadi va uning chap tugmasini bosib turib, sichqoncha ko'rsatkichi blokning qarama-qarshi uchiga olib kelinib, tugma qo'yib yuboriladi. Bu ikki turdagi matnni bir turdan ikkinchisiga o'tkazish mumkin. Buning uchun sichqonchani matn ustiga olib kelib, o'ng tugmasi bosiladi. Matn bilan ishlashda Символы (Belgilar) va Абзац (Abzats) palitralari yanada ko'proq imkoniyatlarga ega. Bu palitralarning ko'rinishi quyida keltirilgan: Tasvirga kiritilgan matn ustida bir qator shakl almashtirish amallarini bajarish mumkin. Bunda kiritilgan matn grafik tasvir sifatida qaraladi va undagi harflaктing ko'rinishi o'zgartiriladi. Natijada ekranda bu uskunaning muloqot oynasi paydo bo'ladi. Undagi birinchi maydoncha Стиль (Uslub) deb ataladi. Matnga uslub qo'llashda Стиль (Uslublar) palitrasidan foydalanish mumkin. Bu palitrani chaqirish uchun asosiy menyuning Okho (oyna) bo'li- midagi Стиль (Uslublar) bandini tanlash kerak bo'ladi. Savol va topshiriqlar 1. PhotoShopda nechta matn joylash uskunalari bor? 2. Matn bilan ishlashni tugatishning qanday usullarini bilasiz? 3. Matn joylash uskunasining parametrlar panelida qanday parametrlar joylashgan? 4. Matn bilan ishlashda qaysi palitralardan foydalaniladi? 5. Matn ustida shakl almashtirish qanday bajariladi? 6. Matn ustida necha xil turdagi shakl almashtirishlar bor? ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.72 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:33
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.72 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:33 ]
Arxiv ichida: pptx