Tasvirlar, ko'rinishlar, qirqimlar, kesimlar. Gost 2.305-68 (ST SEV 363-88) Reja: 1. Asosiy qoidalar 2. Ko'rinishlar 3. Qirqimlar 4. Chiqarish elementlari Asosiy qoidalar. Mashinasozlik chizmalarida buyumlar (detal, yig'ish birligi va h.lar) to'g'ri burchakli proyeksiyalash usulida tasvirlanadi. Bunda buyum (detal) kuzatuvchi bilan proyeksiyalar tekisligi orasida joylashgan deb qaraladi. 1-shakl Asosiy proyeksiyalar tekisligi sifatida olti yoqli qub tomonlari olinadi (1-shakl) . Qubda joylashgan buyumning oltita ko'rinishi, qubning olti yog'ida tasvirlab ko'rsatiladiyu Qub tomonlari - shaklda ko'rsatilganidek yaxlit bir tekislik vaziyatiga keltirib qaraladi. Ko'rinishlarda tasvirlar sonini kamaytirish uchun buyumning ko'rinmas qismlari shtrix chiziqlar bilan ko'rsatilishi mumkin. 2. Ko'rinishlar. Buyumning kuzatuvchiga ko'rinib turgan qismlarning tasviri - ko'rinish deb ataladi. Injenerlik grafikasida: asosiy, qo'shimcha va mahalliy ko'rinishlar bo'ladi. 2- shakl. Asosiy ko'rinishlar. Oltita asosiy proyeksiyalar tekisligiga olingan ko'rinishlarning nomlari quyidagicha belgilangan (2-shakl): 1-olddan ko'rinish (bosh ko'rinish); 2-ustdan ko'rinish; 3-chapdan ko'rinish; 4-ungdan ko'rinish; 5-ostdan ko'rinish; 6-orqadan ko'rinish. Chizmada buyumning frontal proyeksiyalar tekisligidagi tasviri bosh (asosiy) ko'rinish deyiladi. Bosh ko'rinish buyumning shakli va o'lchamlari to'g'risida to'laroq tasavvur beradigan qilib tanlab olinadi. Masalan, silindrik sirtli (val, o'q, vtulka, shpilka va sh.k) sodda detallar uchun bitta bosh ko'rinishning o'zi yetarli. Bosh ko'rinishda silindrik detalning geometrik o'qi chizmaning asosiy yozuviga parallel yo'nalishi kerak (3-shakl). Bunday detallar mos bo'lishi lozim. 3-shakl 4-shakl Ko'rinishlar proyeksion bog'lanishda tasvirlanadi. Agar ko'rinishlardan biri bosh ko'rinishga nisbatan siljitib tasvirlangan bo'lsa, bu ko'rinish chizmada A - tilidagi yozuv bilan belgilanadi (4-shakl, a). Ko'rinishlar A, B, V va h.k. harflari hamda qarash yo'nalishini ko'rsatuvchi strelka bilan ko'rsatiladi. Strelka o'lchamlari 5-shaklda ko'rsatilgan. Qo'shimcha ko'rinish. Asosiy proyeksiyalar tekisligidan birortasiga parallel bo'lmagan yordamchi tekislikka proyeksiyalar hosil qilingan tasvir - qo'shimcha ko'rinish deyiladi. Qo'shimcha ko'rinishining tasviri qarash yo'nalishini ko'rsatuvchi strelka va tegishli harflar bilan belgilanadi (5-shakl, 1-variant). 5-shakl. qo'shimcha ko'rinishlar. Qo'shimcha ko'rinishlar chizma qog'ozining bo'sh joyiga joylashtirilishi kerak. Qo'shimcha ko'rinish burib ko'rsatilishi ham mumkin, u holda burilgan ko'rinishni ko'rsatuvchi harf yoniga shartli grafik () belgi qo'yiladi. Belgining diametri kamida 5 mm olinadi. mahalliy ko'rinish. Buyum sirtidagi ayrim tor uchastkada chegaralangan bir qismining alohida tasviri - mahalliy ko'rinish deb ataladi. Bunday ko'rinish to'lqinsimon uzish chizig'i bilan chegaralangan yoki chegaralanmagan bo'lishi mumkin. mahalliy kvrinish tegishli strelka va yozuv bilan belgilanadi. Ko'rinish yoniga elementning nomi yozib qo'yilishi mumkin masalan, A (flanets). Chizmada tasvirlar sonini kam bo'lishi va yaqqolligini ta'minlash uchun qIrqim va foydalanish zarur. 3. Qirqimlar. Ichki tuzilishini chizmada tasvirlash uchun buyum tekislik bilan fikran kesiladi. Buyumning kesuvchi tekislik bilan kuzatuvchi oralig'idagi qismi fikran olib tashlanadi. QIrqim - predmetning bir yoki bir necha tekislik bilan fikran ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
157.94 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
157.94 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:33 ]
Arxiv ichida: doc