Tekislikni uchta tekislikka proyeksiyalash Reja: Berilgan koopdinata tekisliklari orqali ABC tekislikning uchta tekislikdagi proyeksiyalarini qurish Misol. ABC tekislikning uchta tekislikdagi proyeksiyalarini qurish talab qilinadi. Tekislik koordinatalari A(80,10,40), B(50,40,80) va C(10,30,80) uchta nuqta orqali berilgan. AutoCAD ishga tushirilgach, Model qatidan Лист qatiga o'tiladi. Лист qatida bitta Ko'rinish oynasi paydo bo'ladi. Ko'rinish oynasini model muhitiga o'tkazamiz (ko'rinish oyna ichida sichqonchani ikki marta bosib olish orqali). Tekislikni chizish uchun uning uchlarining koordinatalarini kiritish kerak. - 3М гран tugmasi bosiladi va buyruq qatoriga birinchi nuqta koordinatalari 80,10,40 raqamlari kiritilib Enter bosiladi, ikkinchi nuqta koordinatalari 50,40,80 raqamlari kiritilib Enter bosiladi va nihoyat uchinchi nuqta koordinatalari 10,30,80 raqamlari kiritilib Enter bosiladi. Yana ikki marta Enter bosish orqali tekislikni qurish tugatiladi. Moдель muhitidan Лист muhitiga o'tib ko'rinish oynasini belgilab Delete tugmasi bilan yo'q qilamiz. Ekranda toza List qoladi. Видовый экран panellar jihozidagi - Диалоговое окно видовых экранов yordamida tugmasi bosiladi va chiqqan muloqat oynasidan Четыре: равномерно ko'rinishi tanlanadi va OK tugmasi bosiladi. Ekranda qog'ozda diagonali bo'yicha ikki chekka nuqta ko'rsatilsa, Лист qatida to'rtta Видовий экран ya'ni ko'rinish oynalari paydo bo'ladi va har bir ko'rinish oynasida aynan bir xil chizilgan tekislikning yuqoridan ko'rinishi paydo bo'ladi (29-rasm). 29-rasm Endi har bir ko'rinish oynasi uchun tekislikni proyeksiyalarini tanlash lozim. Buning uchun sichqoncha bilan ko'rinish oynasidan birinchisi ko'rsatiladi (aktivlanadi). Aktivlangan ko'rinish oynasi atrofi qalin chiziq bilan ajralib ko'rinadi. Birinchi ko'rinish oynasiga olddan ko'rinish - вид спереди tugmasi yordamida tanlanadi. So'ngra ikkinchi pastki ko'rinish oynasi aktivlashtirilib unga yuqoridan ko'rinish - вид сверху, uchunchi ko'rinish oynasi aktivlashtirilib chapdan ko'rinish - вид слева beriladi. Va nihoyat to'rtinchi ko'rinish oynasi aktivlashtirilib unga - изометрия ko'rinishi beriladi. Har bir ko'rinish ko'rinish oynalarini to'ldirib turli xil masshtab olib joylashadi. Vidovыy ekran panellar jihozidagi - масштаб tugmasi yordamida har bir ko'rinish oynasini ketma-ket aktivlashtirib har biri uchun 1:1 masshtab tanlab chiqamiz (30-rasm). Ko'rinish oynalaridan birida chizmani belgilab uning chizig'iga 1 mm qalinlik beriladi. 30-rasm Лист muhitiga o'tib, tekislik uchi belgilarini yozib va ularni kesmalar orqali o'zaro tutashtirib chiqiladi. (31-rasm) 31-rasm Adabiyotlar: M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o'quv qo'llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma'ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
195.69 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
195.69 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:33 ]
Arxiv ichida: doc