Telefon kabel kanalizatsiyasi

Telefon kabel kanalizatsiyasi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Telefon kabel kanalizatsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Telefon kabel kanalizatsiyasi Reja: Telefon kabel kanalizatsiyalarining tarkibiy elemenetlari Yer osti quvurlarning boshqa inshoatlar bilan o'zaro joylanishi. Telefon kabel kanalizatsiya quduq turlari. Telefon kabel kanalizatsiyalarining tarkibiy elemenetlari Kabel yotqiziluvchi quvurlar, shahtalar, kollektorlar, tonneller va quduqlar jamlanmasidan iborat bo'lib, ular telekomunikatsiya kabellarining yotqizish, ularni montaj qilish va kabellarga xizmat ko'rsatish uchun hamda loyiha bo'yicha kelajakda tarmoqning rivojlantirishda yer bilan bog'liq bo'lgan ishlarni bajarish jamlanmasi telefon kabel kanalizatsiyasi deb yuritiladi. Telefon kabel kanalizatsiyasiyaning asosiy qismini yer osti quvurlari tashkil etib, ular aholi istiqomat qiluvchi manzilgohlarda piyodalar uchun ajratilgan yo'lakchalar va manzilgohning avtomabillar harakatlanuvchi qismida yotqiziladi. Bundan tashqari hozirgi paytda keng ravishda bino devorlari va devorning boshqa elementlarida, bino devorlarini suvoq ostida, ko'p qavatli binolarning devorlari orasiga hamda bino qavatlarini ajratuvchi bo'sh bo'lgan temir - beton bo'shliqlari orasiga, pollar tagiga, bino shiplari orasiga, plintuslar orasiga va karnizlar tagiga yotqiziluvchi quvurlardan iborat bo'lgan kanallar ham qo'llanmoqda. Shaxta deb, telefon kabel kanalizatsiyasining bosh inshoati bo'lib, u telekommunikatsiya apparaturalari va stansiya uskunalari joylashgan binoning eng pastki qismida joylashadi. Shaxtada xuddi kollektordagidek telekommunikatsiya kabellari ochiq holda binoning devoriga mahkamlangan qurilmalar ustiga joylashtirilib, bino va qurilmaning har qanday nuqtasida ularga texnik xizmat ko'rsatish oson bo'lishi kerak. Kollektorlar juda ham ko'plab yer osti inshoatlar jamlangan yer osti uchastkasi bo'lib, uning ichida juda ham ko'plab yer osti inshoatlar juda ham katta uzunlikda joylashib, ular turli tomonga qarab yo'nalgan ko'rinishga ega. Kollektorning ishchi va xizmatchilar harakatlanuvchi yuzasi yer osti inshoatlaridan tashqari bu inshoatlarga xizmat ko'rsatuvchi ishchi va xizmatchilar harakatlanishi va ishlashini ta'minlab berishi kerak. Kollektorlar huddi shaxtalar singari ularning ichidagi doimo yoritilgan hamda shamollatib turish uchun turli qurilmalariga ega bo'lishi kerak. Kichik o'lchamga ega bo'lgan kollektor - tonnellar esa yer osti inshoatini mavze ichida joylashgan malum bir kommunal bino bilan bog'langan joyini bog'lanuvchisi deb yuritiladi. Ko'rish qurilmalari - quduqlar deb ko'chaning piyodalar harakatlanuvchi yo'lakchasi va transport qatnovchi ko'cha qismining yer ostiga hajmi 0.2 dan 6,5 m3 gacha bo'lgan yer osti qurilmasini har 125 metrgacha bo'lgan masofada yer osti quvurlari yordamida bog'lanuvchi qurilmadir. Odatda telefon kabel quduqlari orasida kanalizatsiya quvurlari yotqizilgan bo'lib, ular orqali telekommunikatsiya kabellarini yotqizish va quduq ichida qo'shni qurilish uzunlik kabellarini montaj ishlarini bajarish, lozim bo'lgan o'lchov ishlarini, montaj jarayonida kabellar holatini nazoratlash, ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish hamda ular ichiga raqamli uzatish tizimlari va tolali optik aloqa uzatish tizimining regeneratorini joylashtirish uchun qo'llanuvchi qurilmadir. Telefon kabel kanalizatsiya quduqlari turli xil ko'rinishga ega bo'lib, ular lyuk, korobka, devorlarga o'rnatilgan shkaflar va trassada yotqiziluvchi quvurlar, kanallar hamda berkitiluvchi simlar va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 916.64 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 916.64 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga