Telekommunikatsiya tarmoqlari va ularning tarkibiy qismlari

Telekommunikatsiya tarmoqlari va ularning tarkibiy qismlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Telekommunikatsiya tarmoqlari va ularning tarkibiy qismlari - rasmi

Material tavsifi

Telekommunikatsiya tarmoqlari va ularning tarkibiy qismlari Reja: Umumiy tushunchalar Telekommunikatsiya tarmoqlari, ularning klassifikatsiyasi Umumiy tushunchalar Axborot (informatsiya) tushunchasi turli aspektlarga ega va bunga bog'liq holda uni aniqlash va baholash uchun bir nechta qarashlar mavjud. Ulardan biri axborot-bu saqlash, uzatish, qayta o'zgartirish obyekti bo'lgan ma'lumotlardir. Ushbu aniqlanmani asos sifatida qabul qilib, axborot deganda berilgan obyekt (jarayon, hodisa, fakt va xakazo) haqida ayrim ma'lumotlarni tushunamiz. obyekt haqida ikki tur axborotni farqlashadi: obyekt holati (konkret, aniq) haqida axborot va uning xususiyatlari (abstrakt) haqida axborot. Axborotning qiymatliligi (tsennost), yani uning istemol tannarxi vaqt bo'yicha o'zgaradi. Ayrim xollarda axborot iste'molchiga yetkazish kritik vaqti bilan xarakterlanadi. Yetkazish kritik vaqtidan keyin axborot qiymatliligi nafaqat kamayadi, bavlki u kerak bo'lmay qoladi, ayrim paytlarda ziyon etkazishi mumkin. Insonlar orasida axborot almashinish tabiiy narsadir. Axborot almashinish uni uzatish va qabul qilishdan iboratdir. Axborotni istalgan masofada almashinish uchun texnik vosita - aloqa vositalari keng qo'llaniladi. Axborotni yetkazish uchun, u qandaydir tashuvchiga, malum bir tilda yozilib xabar xoliga keltirilishi lozim. Axborot tashuvchi - axborotni qaydlovchi maxsus vositadir (magnit lenta, yumshoq disk va xakozo). Xabarda asosiy axborotdan tashqari iste'molchi manzili va boshqa bir qator ma'lumotlar mavjud bo'lib, ular xabarni yetkazish qoidasini belgilaydi. Demak, xabar - axborotni masofaga uzatishga qulay bo'lgan taqdim etish shaklidir. Istalgan xabar o'zgaruvchan parametrga ega bo'lib, unga axborot joylashtiriladi. Xabarlarni uzatish uchun, uni manbadan iste'molchiga malum tezlikda uzatish qobiliyatiga ega fizik jarayon qo'llaniladi. Uzatilayotgan xabarlarni aks ettiruvchi fizik jarayon - signal deyiladi. Signallarni elektromagnit yoki optik tizimlar bo'yicha uzatish yoki qabul qilish elektraloqa deyiladi. Aloqa sohasi oldida turgan masalalarni xal qilish uchun malum tizim mavjud bo'lishi kerak. Tizim - bir birlari bilan qonuniyat bo'yicha bog'langan to'plam bo'lib, malum to'liq tashkilni, birlikni aks ettiradi. Aloqaga nisbatan olganda aloqa tizimi tushunchasini yagona boshqaruv va ta'minotli aloqa tarmoqlarining jamlanmasi deb aniqlash mumkin. Aloqa tarmoqlari - aloqa tizimining qismi bo'lib, malum belgi bo'yicha ajratilgan va abonentlar (foydalanuvchilar) orasida axborot almashinishga mo'ljallangan aloqa tugunlari (uzellari) va liniyalarining jamlanmasidir. Aloqa tuguni (uzeli) - aloqani ta'minlash uchun boshqarish punktlarida, obyektda (inshoatlarda) yoki berilgan tumanda joylashtirilgan, aloqa kuch va vositalarining tashkiliy-texnik birlashmasidir. Aloqa liniyasi - birlamchi tarmoqning kanallari va guruhiy traktlarini tashkil etishni ta'minlaydigan, yagona tarqalish muhitiga, shuningdek ularga xizmat ko'rsatuvchi kuch va vositalar ega aloqa tizimi elementidir[1]. Telekommunikatsiya tarmoqlari, ularning klassifikatsiyasi Klassifikatsiya belgilari: 1. Uzatiladigan xabarlar turiga qarab: telefon tarmoqlari, telegraf tarmoqlari, ma'lumotlar uzatish tarmoqlari, faksimil tarmoqlar va gazeta uzatish, tovush eshittirish tarmog'i, televizion eshittirishlar tarmog'i, integral xizmat ko'rsatish raqamli tarmog'i. 2. Foydalanuvchilar kategoriyalari bo'yicha: umum foydalanish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.68 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.68 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga