Telekommunikatsiya va aloqaning zamonaviy vositalari. Foydalanish sohalari. Multimedia haqida tushuncha

Telekommunikatsiya va aloqaning zamonaviy vositalari. Foydalanish sohalari. Multimedia haqida tushuncha

O'quvchilarga / Informatika va AT
Telekommunikatsiya va aloqaning zamonaviy vositalari. Foydalanish sohalari. Multimedia haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Telekommunikatsiya va aloqaning zamonaviy vositalari. Foydalanish sohalari. Multimedia haqida tushuncha. Reja Aloqa turlari. Og'zaki xabarlar. qog'ozli hujjatning normativ qiymati. Faks. Elektron pochta. Teleks axborot uzatish vositvsi. Televizion axborot oqimlari. Multimedia haqida tushuncha. Kompyuter-axborot texnologiyalari modelidan foydalanish masalasi. ATlarining multimedia vositalari o'quv jarayonida eng muhim jihatlari. Og'zaki xabarlar xodimlarning ishlash va bilim olish joyida, hamda tashqarida telefon tarmoqlari orqali bo'ladigan og'zaki muloqot paytida kelib chiqadi. Telefon og'zaki kommunikatsiyaning muhim vositasi bo'lib, 1878 yildan ekspluatatsiya qilina boshlagan. Bundan buyon o'z funksiyalarini sezilarli darajada o'zgartirdi. Ofisda telefon ikkita rolni bajaradi: - og'zaki muloqotni ta'minlaydi; korxonaning bir qator texnik vositalarini uzoqda joylashgan abonentlar bilan ulaydi. Zamonaviy telefon vositasining funksiyalari ko'p: u - avtojavob beruvchi, kungiroq qilayotgan abonentning raqamini aniqlovchi, telefon raqamini bilib olishdan himoyalash va xokazo. Unga xotira va boshqarish bloklari birlashtirilgan. Telefonga radio signallarni qabul qilish imkoniyati o'rnatilgan bo'lsa, u o'tkazgichsiz ishlashi va ofis ichida joydan joyga ko'chish imkonini beradi. Va nihoyat partotiv telefon asl harakatchanlikka ega, chunki u abonent bilan avtomobildan, kemadan va samolyotdan turib gaplashish imkonini beradi. Bu maqsadda uyali aloqa keng qo'llanilmoqda. qog'ozli hujjatning normativ qiymati - bu adolatning muhim tarkibiy qismidir. Inson qog'oz bilan ishlash ko'nikmasiga ega. Shuning uchun qog'ozli xabarlarning qog'ozsiz xabarlar tarafidan siqib chiqarilishi mumkin emas. qog'ozli xabarlarni uzatish vositalari ko'p. Bunda oddiy telegraf aloqasi teletayp aloqasiga aylangan. Rivojlangan vositalardan yana biri - telefaks aloqasi. Faks (lotincha - faxsimile, o'xshashini yarat) - hujjat originalini xuddi uziday aks ettiradi. Bunda, uzatishda xabar elementlarini skanerlash yo'li bilan o'zgartiriladi. Qabul qilish apparati qatordagi ketma-ket signallarni qabul qilib, qog'ozdagi tasvirga aylantiradi. Matnni qog'ozli tashuvchidan ajratib olish uchun o'qish qurilmasi ishlatiladi. Ofisdagi hujjatlarni kseroks yordamida nusxalash ommaviy tusga kirdi. Elektron axborot oqimlari. Elektron ofisga uzoq va yaqin bo'lgan turli manbalardan juda ko'p xabarlar keladi. o'z navbatida ofis xodimlari xam tashqi dunyoga uzining axborot xabarlarini uzatadilar. Shuning uchun ofisda elektron axborot oqimlarini qabul qilib, uzatishga mo'ljallangan vositalar mavjud. Telefaks tarmog'i orqali qog'ozdagi xabarlar keladi. Turli xil og'zaki xabarlar kompyuterga maxsus Uzgartirgichlar yordamida kiritiladi yoki chiqariladi. Lokal yoki global tarmoq vositalari orqali elektron xabarlar kompyuterga modem yordamida kiritiladi yoki chiqariladi. Ofisda kompyuterlar axborot oqimlariga ishlov berib, birlashtirish vazifalarini bajaradi. Elektron pochta. Elektron pochta kompyuterlar yordamida olingan korrespondensiyani yuborish va ishlov berishda elektron usullarni ishlatadi. U orqali hujjatlar, jadvallar, grafiklar, chizmalar, rasm va fotografiyalar, ro'znoma, oynamalar, og'zaki xabarlar olish imkoni bor. Xabar jo'natuvchi maxsus elektron pochta dasturini ishlatadi. Xabarlar maxsus elektron pochta qutisiga jo'natiladi. Server adresat pochta qutisiga uning adresiga xat kelganligi to'g'risidagi xabarni qo'yadi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.07 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.07 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga