Telekommunnikatsiya tizim va tarmoqlarining yashovchanligi Aloqa tizimi va tarmoqlarining buzilishlari va shikastlanishi tabiiy va sun'iy sabablar asosida kelib chiqishi mumkin. ta'sir qilishi mumkin bo'lgan tabiiy ta'sirlarga yer silkinishlari, ko'chkilar, suv toshqinlari, sunami va boshqa tabiiy ofatlar ta'sirlarini keltirish mumkin. Bunday hodisalar tabiiy hodisalar hisoblanib, hozirgi kunda ularni ro'y berishidan ancha ilgari bashoratlash mumkin emas. Shuningdek ularning aloqa tizimi va uning elementlariga etkazadigan ta'sirini xam oldindan bashoratlash qiyin. Aloqa tizimining ishlash qobiliyatiga ta'sir qiluvchi sun'iy faktorlarga yuqori kuchlanishli elektr ta'minot liniyalarini, elektrlashtirilgan temir yo'llar, muayyan maqsadlarda amalga oshiriladigan harbiy harakatlar ta'sirlari va x.z larni keltirish mumkin. Bunday faktor va ular ta'sirida bo'lishi mumkin bo'lgan zararlanishlarni oldindan bashoratlash mumkin[1]. Shuningdek bu ta'sir etuvchi tabiiy va sun'iy faktorlarni umulashgan holda xam kuzatish mumkin. Bunda tabiiy faktorlarning kelib chiqishiga sun'iy faktorlar sababchi bo'ladi. Masalan katta quvvatga ega yadroviy qurollar, raketalar, torpedalar portlashi natijasida suv toshqinlari, sunami va yer ko'chkilari yuzaga kelishi mumkin. sun'iy faktorlar orasida eng muhim o'rinni ta'sir qiluvchi tizimlar deb nomlanuvchi elektrlashtirilgan temir yo'llar, yuqori quvvatli radiostansiyalar, yuqori kuchlanishli elektr ta'minot liniyalari ta'siri egallaydi. Ular turli xildagi magnit maydon gormonikalarini ishlab chiqadilar va o'tkazgichli aloqa liniyasida shovqinlarni (induksiyalaydi ) yuzaga keltiradi. Aloqa tizimlari va uning elementlariga eng katta zarar keltiradigan ta'sirli omillardan biri zamonaviy qurollar bo'lib, masalan yadro qurollaridir. Yadro qurollarinig zararli ta'sirlari quyidagilar: havodvn kuchli to'lqinlani ta'siri Yorug'lik nurlanishi Radiatsiya Elektromagnit impulslar Aloqa qurilmalariga eng katta zarar etkazadigan zararli ta'sirlardan bu portlpsh natijasida yuzaga keladigan elektromagnat imapulslardir. EMI ning xavfli ta'siri yarim o'tkazgichli priborlarga, kondensatorlarga , qarshiliklarga ta'sir ko'rsatib ularni ishdan chiqaradi. Sanab o'tilgan tabiiy ofatlar, shuningdek muayyan maqsadda amalga oshirilgan harbiy harakatlar natijasida aloqa tizimlarini qisman yoki butunlay ishdan chiqarish mumkin. Masalan zamonaviy qurollar ta'sirida yoki suv toshqini, yer ko'chkisi natijasida aloqa tizimining turli elementlari ishdan chiqishi mumkin. Shundan kelib chiqadiki aloqa tizim va tarmoqlarining yashovchanligi, ularga tabiiy va sun'iy omillar ta'sir etgan sharoitda xam ularni o'z funksiyasini belgilangan minimal xajmda bajarish qobiliyatini saqlash qobiliyatidir. Bu belgilangan minimal ish rejimi bu uning ishga qobiliyatli holatining kriteriyasidir. Elementlar yashovchanligining sonli o'lchovi bu uning yashab qolish ehtimolligidir. Yani unga qandaydir tashqi ta'sir bo'lganda ham u o'z ishchi qobiliyatli saqlash qobiliyatidir. Foydalanilgan adabiyotlar Gordienko proyektirovanie i texnicheskaya ekspluatatsiya. Moskva goryachaya lini- Telekom.2008. Gribkovskiy V.P. Poluprovodnikovie lazeri.1988. Galyardi R.M., Karp Sh. Opticheskaya svyaz: Perevod s angliyskogo S.M. Babiya pod red. A.T. Sheremeteva.-M.: Svyaz, 1978. Opticheskie sistemi peredachi: Uchebnik dlya vuzovB.V. Skvortsov, V.I. Ivanov, V.V. Kruxmalev i dr.; Pod red. V.I. Ivanova.-M.: Radio i svyaz, ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.99 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.99 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:33 ]
Arxiv ichida: doc