Texnik diagnostika nazariyasi asoslari Reja: 1. Asosiy atamalar va tushunchalar 2. obyektlarni diagnostikalash uchun modellar 3. Texnik diagnostika va prognozlashtirish 4. Prognozlashtirish va diagnostikalashtirish masalalar klassifikatsiyasi 5. Texnik diagnostikani puxtalik va sifat bilan aloqasi 6. Testli diagnostika 7. Funksional diagnostikalash 8. Analogliy obyektlarni funksional diagnostikalashda matematik modellashtirish 9.Texnik diagnostikalash vositalarni loyihalash 10. Diagnostik parametrlarni o'lchash usullari 1. Asosiy atamalar va tushunchalar Texnik diagnostika - ilmiy-texnikaviy bilimlar sohasi, mazmuni nazariya, usul va topish vositalar (sredstva) va obyektlarning texnik nuqsonlarni (defektlarni) izlashdan iborat. Nuqson (defekt) deganda obyektning xususiyati berilganga nisbatan har qanday noloyiqlikni tushunish kerak. Defektni topish bu obyektda uni borligi yoki yo'qligi faktni aniqlash bo'ladi. Defektni izlash bu uni obyektda urnashgan joyini belgilangan aniqlik bilan ko'rsatib berish. Texnik diagnostikani vazifasi obyektni ishlash davrida puxtaligini oshirish, hamda mahsulotni va uni tarkibiga kiradigan qismlarning ishlab chiqarish davrida nuqsonni (brakni) yuzaga kelishini oldini olish. Puxtalikni oshirish (Kg, Kti, Kr, Tv) tayyorlik koeffitsiyenti, texnik foydalanish koeffitsiyenti, ishga layoqotli holatini tiklanish vaqti, hamda resurs yoki xizmat muddati va inkorgacha ishlab berish yoki tiklanish bilan rezervlangan obyektlar inkorgacha ishlab berish ko'rsatkichlarni yaxshilash bilan ta'minlanadi. Undan tashqari, diagnostik ta'minlash obyektlarni to'g'ri funksiyalanishini yuqori ishonchlilikga ega ko'rsatkichlarni olish imkoniyatini beradi. Nuqsoni oldini olish mahsulotlar to'liq to'plamlarini va materiallarni kirish nazorat operatsiyalarda va obyektlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonini nazoratlash, oxiridagilarni chiqish nazoratini qo'shgan holda diagnostikalashni to'g'ri tashkil qilish bilan amalga oshiriladi. Har qanday obyekt loihalashdan keyin «hayotini» ikkita asosiy davrdan o'tadi - tayyorlash va ishlatish. Tayyorlash davrida texnik diagnostikani mahsulotlar to'liq to'plamlarini va materiallarni qabul qilish davrida, ishlab chiqarish jarayoni, sozlash va obyektni TNB-ga (OTK) yoki buyuritmachi vakiliga topshirishlarga ajratish lozim. Ishlatish davrida - obyektni vazifasi bo'yicha ko'llash, tuzatish, tashish va saqlashlarga ajratish lozim. Texnik-normativ hujjatlarni talablariga javob beradigan obyekt soz hisoblanadi. obyektni ishlab chiqarishdan keyin va tuzatishdan keyin sozligiga ishonch hosil qilish zarur. Ishlatish sharoiti uchun obyekt ishga qobiliyatli bo'lishi lozim. Topish va izlash «diagnostikalash» jarayoni bo'lib har qanday obyektning texnik holatini u yo bu diagnostik vositalari bilan amalga oshiriladi. Diagnostik vositalari apparaturali yoki programmali bo'lishi mumkin. Diagnostik vosita vazifasini inson ham bajarish mumkin - operator, nazoratchi, sozlovchi. Diagnostikalash obyekti va vositalar o'zaro bog'lanib diagnostikalash sistemani hosil qiladilar. Diagnostikalash sistemalar testli va funksionalli bo'lishi mumkin. Testli diagnostikalash sistemalarda obyektga maxsus tashkil qilingan testli ta'sirlar beriladi. Funksionalli diagnostikalash sistemalarda, qaysi obyektni vazifasi bo'yicha qo'llash jarayonida ishlayotkanda, testli ta'sirlarni uzatish uni funksiyalanish algoritmiga loyiq bajariladi. Sistemalarni ikkala diagnostikalash vositalar obyektning javoblarini qabul va tahlil qilib chiqish (testli yoki ishchi) ta'sirlarni va ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
90.04 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:33
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
90.04 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:33 ]
Arxiv ichida: docx