Texnik diagnostikalash jarayonlari

Texnik diagnostikalash jarayonlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Texnik diagnostikalash jarayonlari - rasmi

Material tavsifi

Texnik diagnostikalash jarayonlari Reja: Texnik diagnostikani maqsadi 2. Texnik diagnostikani asosiy masalalari 3. Texnik diagnostikani strukturasi 4. To'kimachilik va yengil sanoati mashina va jihozlari diagnostikalash obyekti sifatida 5. Texnik diagnostika masalalarni ko'yish Texnik diagnostikani maqsadi «Diagnostika» so'zi greklarni «diagnozis» so'zidan hosil bo'lib aniqlash manosini bildiradi. Diagnostika jarayonida texnik sistemani diagnozi yoki holati aniqlanadi. Texnik diagnostika mazmunini qisqa ko'rib chiqamiz. Texnik diagnostika diagnostik ma'lumotlarni qo'lga kiritish va ularni baholash usullarni, diagnostik modellarni va hal qilish algoritmlarni o'rganadi. Texnik diagnostikani maqsadi texnik sistemalarni puxtaligini va chegaraviy holatigacha bo'lgan ishlash muddatini oshirish. Puxtalikni eng muxum ko'rsatkichi texnik sistemani ishlov vaqtida ishlamay qolishning yo'qligi. Texnik sistemani ishlamay qolishi mahsulot ishlab chiqaradigan korxonaga zarar va bir xil holatlarda og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Texnik diagnostika yordamida deffektlarni va buzulushlarni oldindan topilishi bu hodisalarni oldini olish, ishlatish effektini oshirish, hamda sistemaning holatiga javobgar xodimlarni tayinlash imkoniyatini beradi. Texnik sistema holati bo'yicha ishlatish mashinalar narxini umumiy narxiga nisbatan 30%-gacha ekvivalent foyda keltirishi mumkin. 2. Texnik diagnostikani asosiy masalalari Texnik diagnostika yordamida keng masalalar echiladi, ulardan ko'plari bo'shqa ilmiy yo'nalish masalalarga qo'shni masalalari bo'lib bog'lanadilar. Texnik diagnostikani asosiy masalalari chegaralangan ma'lumot sharoitida texnik sistemaning holatini aniqlash. Texnik diagnostikani bir xil holatlarda sochimsiz (yaxlit) diagnostika deyiladi, yani mahsulot sochilmasdan diagnostikalanadi. Texnik sistemani holatini aniqlash ishlatish sharoitida o'tkaziladi va sababli ma'lumotni ko'lga kiritish juda murrakablanadi. Ko'pincha ko'lga kiritilgan ma'lumot bo'yicha bir manoli xulosa chiqarish qiyin, shu sababli statistik usullardan foydanalishga to'g'ri keladi. Texnik diagnostika masalalarni yechimi hamisha ishlatish muddatini bo'shlang'ich davrida puxtalikni prognozlashtirish bilan bog'langan. Bu holda yechimlar puxtalik nazariyasi bo'yicha buzulishlar modellarga asoslanishi lozim. Texnik diagnostikani ikkinchi muhim yo'nalishi-nazorat qobiliyati nazariyasi. Nazorat qobiliyati deb mahsulotni haqiqiy texnik holatini aniqlash amalga oshirishi va o'z vaqtida bo'lishlarni payqashi aytiladi. Nazorat qobiliyati mahsulotni konstruksiyasi va kabul qilingan texnik diagnostika orqali yaratiladi. Nazorat qobiliyati nazariyasini masalalari bu diagnostik ma'lumotlarni qo'lga kiritishga mo'ljallangan uskunalar va usullarni o'rganish. 3. Texnik diagnostikani strukturasi Texnik diagnostikani strukturasi 1 rasmda ko'rsatilgan. Texnik diagnostika ikki yo'nalish bo'yicha xarakterlanadi: aniqlash nazariyasi va nazorat qobiliyati nazariyasi. Aniqlash nazariyasi aniqlash algoritmlarni ko'rish, hal etuvchi qoidalar va diagnozli modellar bo'limlardan iborat. Nazorat qobiliyati nazariyasi diagnostik ma'lumotlarni qo'lga kiritish usullarni va uskunalarni ishlab chiqish, bo'zilishlarni qidirish va avtomatlashtirilgan nazorat bo'limlardan iborat. Texnik diagnostikani umumiy puxtalik nazariyasini bo'limi sifatida ko'rish kerak. 1-rasm. 4. To'kimachilik va yengil sanoati mashina va jihozlari diagnostikalash obyekti sifatida To'qimachilik va yengil sanoatidagi texnologik jihozlar bir qator o'ziga xos diagnostika masalalari qo'yishda va yechishda ularga ta'sir qiluvchi xussusiyatlarga ega. Ularni ichida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 40.74 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:33 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 40.74 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga