Reja: Axborot tehnologiyalari haqIda asosiy tushuncha Axborot deganda nimani tushunasiz Axborot tehnologiyasiga ta'rif bering Insoniyat o'zining faoliyatida axborotlarni qabul qilish, o'qish, saqlash, uzatish va qayta ishlash bilan shug'ullanadi. Zamonaviy axborot tehnologiyalarini o'rganishda komp'yuterdan foydalanish sohasi juda keng. Kompiyuterbilan dastlabki muloqotni o'rnatuvchilar uchun axborot va axborot tehnologiyalari hamda kompiyuterqurilmalari haqida ma'lumot berish va kompiyuterqismlarining vazifalarini tushuntirib berish ushbu bo'limda yoritilgan. Maqsad 1. Axborot texnologiyalarining uskunaviy vositalari haqidagi bilimlarini takomillashtirish. 2. Komp'yuterning qurilmalari haqida bilimlarni shakllantirish 3.Qurilmlar bilan ishlashni takomillashatirish Kutilayotgan natija 1. Axborot va kompiyuterlar haqida boshlang'ich bilimga yega bo'ladilar. 2. Axborot texnologiyalarining uskunaviy vositalaridan foydalanish bo'yicha ko'nikmalarga yega bo'ladilar.' 3. Kompiyuterqurilmalari bilan ishlashni biladi 4.Qurilmalarni nima vazifa bajarishini biladi Siz ushbu mavzuda Axborot texnologiyalarining rivojlanish tarixi to'g'risida bilimga ega bo'lasiz va bu bilimingizni ish jarayonida qo'llay olasiz degan umiddamiz. Axborot tehnologiyalari haqida asosiy tushuncha Jamiyatning Axborotlashuvi deganda, zamonaviy Axborot tehnologiyalar va telekomunikasiyalar asosida davlat hokimiyati, turli vazirlik va idoralar, ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlarining, hamda fuqarolarining axborotlarga bo'lgan ehtiyojlarini etarli va to'la qondira oladigan, qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy - iqtisodiy va ilmiy - texnikaviy jarayon tushuniladi. Shunday qilib, jamiyatning axborotlashtirilishi, jamiyatning kompiyuterlashtirilishi ga nisbatan kengroq doirada tushuniladi. Insoniyat o'z ehtiyojlarini to'laroq qondirish maqsadida informasiyani tezroq egallashga harakat qiladi. Kompiyuterlar esa bunda hal qiluvchi texnikaviy asosni tashkil etadi. Axborot-jamiyat uchun neft', gaz, foydali qazilmalar va shu kabi an'anaviy moddiy resurslar turlari kabi - eng qimmatli resurslardan biridir. Demak, qayta ishlashda turli tehnologiyalarni qo'llash mumkin: Texnologiya - grekchadan tarjima qilganda san'at, mahorat, ko'nikma kabi ma'nolarni anglatadi. Axborotlarni qayta ishlash jarayoni inson tanlagan strategiya bilan belgilanishi va usullar majmuasi yordamida amalga oshirilishi darkor. Jarayon deganda qo'yilgan maqsadga etishish borasidagi barcha harakatlar majmuasi tushuniladi. Moddiy ishlab chiqarish tehnologiyasining maqsadi-inson yoki tizim yehtiyojlarini qondiruvchi mahsulot chiqarishdan iborat bo'lsa, axborot tehnologiyasining maqsadi - tahlil qilish, biror bir hulosaga kelish va qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan ma''lumotlarni ishlab chiqarishdan iboratdir. Axborot tehnologiyasi - obyekt, jarayon yoki hodisalar holati haqidagi ma'lumotlarni bir ko'rinishdan ikkinchi, sifat jihatdan mutloq yangi ko'rinishga keltiruvchi ma'lumotlarni to'plash, qayta ishlash uzatishning vosita va usullari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Moddiy ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish turli dastgohlar, asbob-uskunalar va shu kabi tehnologik vositalar yordamida amalga oshirilganligi kabi axborot tizimlarida ham huddi shunday tehnik vositalar mavjud. Ularga kompiyuterlar, tarmoq vositalari va aloqa kanallari, programma va matematik ta''minotlar kiradi. Axborot tehnologiyalar o'zi uchun asosiy muhit bo'lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog'liqdir. CHunki axborot tehnologiyasi axborot tizimlaridan mavjud bo'lgan ma''lumotlar ustida bajariladigan turli hil murakkablikdagi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.57 KB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.57 KB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: doc