Texnologiyalarning umumiy nazariy tomonlari

Texnologiyalarning umumiy nazariy tomonlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Texnologiyalarning umumiy nazariy tomonlari - rasmi

Material tavsifi

Texnologiyalarning umumiy nazariy tomonlari Reja: Texnologiya haqida tushuncha. iqtisodiy axborot va uning xususiyatlari Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari texnik vositalari va xal kilinadigan vazifalarining rivojlanish bosqichlari. 4. Avtomatlashtirish haqida tushuncha bering. «Texnologiya» grekcha so'z bo'lib (techne) moxirlik, ustalik, biror ishni uddalay olishni anlatadi. Bu malum bir jarayonga nisbatan kullanilgan. Jarayon deganda esa maqsadga erishishga qaratilgan xatti-harakatlar yig'indisi tushinilgan. Ushbu jarayon kishi tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi. Umumiy holda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan xom-ashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot shakli, xususiyati, holatining o'zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui tushuniladi. Axborot texnologiyalari to'g'risida gap ketganda, material sifatida xam, mahsulot sifatida xam axborot ishtirok etadi. Birok bu obyekt, jarayon yoki hodisa to'g'risidagi sifat jihatidan yangi ma'lumot bo'ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo'ladi. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasi deganda tayyorlash, qayta ishlash vositalari va ular orqali belgilanadigan xom-ashyo, material holati xususiyati va shaklining o'zgarish jaryoni tushuniladi. Texnologiya moddiy mahsulot olish maqsadida materialning sifati yoki boshlang'ich holatini uzgartiradi. Moddiy va axborot texnologiyasining asosiy komponentlarini kiyoslashni kuyidagicha keltirsak. Axborot texnologiyasi avtomatlashtirilgan va an'anaviy (qog'oz) ko'rinishida amalga oshiriladi. Avtomatlashtirish xajmi va texnik vositalardan foydalanish turi aniq bir texnologiyaning mohiyatiga bog'liq. Avtomatlashtirish-bu inson ish faoliyatini mashina va mexanizmlar bilan almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va iqtisodiy mazmundagi xatti-harakatlar hamda tadbirlar kompleksidan iborat bo'lib, ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokini kisman yoki butunlay cheklash imkonini beradi. quyidagi xollarda boshqaruvni avtomatlashtirish zarur bo'ladi: insonning fiziologik va psixologik imkoniyati mazkur jarayonni boshqarish uchun etarli bulmasa; boshqaruv tizim inson hayoti va salomatligi uchun xavfli muhitda bulsa; boshqaruv jarayonida ishtirok etish kishidan o'ta yuqori malakani talab etsa; boshqarish kerak bo'lgan jarayon o'ta tang yoki avariya holatda bulsa. Axborot haqida tushuncha, uning turlari, xususiyatlari. «Axborot» so'zi lotincha «informatsion» so'zidan olingan bo'lib, kutilayotgan yoki bo'lib utgan vokea, hodisalar to'g'risidagi ma'lumotlarni bildiradi. Kundalik turmushda xar bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir kancha fanlarda turlicha izoxlagan. Masalan: Falsafada axborot inson ongiga ta'sir etib, obyektiv reallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi kategoriya sifatida ishlatiladi. Kibernetikada, informatika fanida axborot vokea - hodisa to'g'risidagi bilimlarni oshirish yoki noaniklikni kamaytirish mezoni sifatida kullaniladi. Kompyuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi obyekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma'lumot tushunchasi bilan uzviy boglangan, lekin xar qanday ma'lumot axborot bulavermaydi. Masalan: olma desak, bir necha xil manoni tushunish mumkin: kizil olma deganda, mevaning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.28 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.28 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga