Tizim axborot bilimlar Reja: Axborot (informatsiya); Axborotni olish va undan foydalanish usullari Axborot (informatsiya) tushunchasi Axborot - ko'p fanlarda tayanch tushuncha, ammo har bir fanda u har xil ta'riflanadi: axborot bu, tizimni ifodalagan (matematika, tizimli tahlil) qandaydir bir informatsion-mantiqiy (infologik - xabarlardan, ma'lumotlardan, bilimlardan, mavhumliklardan, tasnifli sxemalardan va boshqalardan iborat) modelda o'zgarishga olib keluvchi mohiyatdir; axborot bu, tizim tomonidan adaptiv boshqarish, moslashish (boshqarish nazariyasi, kibernetika) jarayonida tashqi dunyodan olingan xabardir; axborot bu, tizimdagi noaniqliklarni bartaraf qiluvchi aloqa va munosabatlardir (axborot nazariyasi); axborot bu, tizimda tanlash ehtimolligidir (ehtimollar nazariyasi); axborot bu, materiya akslanishi, ong atributi, tizim iqtidoridir (falsafa). Bilish jarayoni - axborot dolzarbligining ierarxik tizimi, unda ierarxiyaning har bir navbatdagi pog'onasida bilim oldingi pog'onadagi bilimlar dolzarbligining integral (jamlangan) natijasidir. Bu oddiy sezgi yordamida qabul qilinadigan axborotlardan tortib, to murakkab aksiomatik va abstrakt (mavhum) nazariyalargacha bo'lgan informatsion resurslarning integratsiyalanish jarayonidir. ma'lumotlar - ma'lumotlarning qandaydir manbai yordamida dolzarblashtiriladigan sintaksis signallar, obrazlardir. Ular ularning semantik manosiga bog'liqmas holda ko'riladi. Axborot(informatsiya) - bu semantik mohiyati hisobga olgan holda ko'riladigan ma'lumotlardir. Bilimlar - qandaydir bir maqsad va tasnifga erishishni ta'minlaydigan axborot (informatsiya)dir. Axborot (informatsiya) qo'yidagi turlarda bo'ladi: Boshlang'ich (axborotni faollashtirishda undan foydalanish boshlanadigan bosqichdagi axborot); oraliq (axborotni faollashtirishda boshidan oxirigacha bo'lgan bosqichda ishlatiladigan axborot); natijaviy (axborotdan foydalanib bo'lingach, uning faollashtirilishi yakunida olinadigan axborot). doimiy (faollashtirilganda hech qachon o'zgarmaydigan axborot); o'zgaruvchan (faollashtirilganda o'zgaradigan axborot); aralash - shartli -doimiy (yoki shartli-o'zgaruvchan). Axborot (informatsiya)ning sinflanishi: Foydalanish bosqichiga ko'ra; To'liqligiga ko'ra (ortiqcha, etarli, etarlimas); Tizim maqsadiga nisbatan (sintaksis, semantik, pragmatik); Tizim elementlariga nisbatan (statik, dinamik); Tizim tasnifiga nisbatan (tasnifli, nisbiy); Tizimni boshqarishiga nisbatan (boshqaruvchi, maslahat beruvchi, o'zgartiruvchi); Hududga nisbatan (federal, regional, mahalliy va h.k.); Foydalanish mumkinligiga ko'ra (ochiq yoki hamma foydalanishi mumkin va h.k.); Predmet sohasiga ko'ra, foydalanish xarakteriga ko'ra Axborotning asosiy xossalari: Axborotning to'liqligi, dolzarbligi, ma'lumotlarning qiymati, oydinligi, o'xshashligi (adekvatligi), aniqligi, tahlil va qabul qilishning, uzatishning ixchamligi, ishonchliligi, tanlash mumkinligi, malum manzilga mo'ljallanganligi, maxfiyligi, ommaviyligi, kodlash imkoniyatining borligi, tejamliligi, qisish imkoniyati, ixchamligi, himoyalanganligi, to'siqlarga bardoshligi, foydalanishning mumkinligi, qiymati. Axborot - xabar mazmuni. Xabar - axborotning ifodalanish yoki faollashtirilish shakli. Axborot hamma vaqt tashuvchiga ega, axborotning faollashtirilishi tashuvchining, resursning o'zgarishiga bog'liq. Axborot resurlarning boshqa turlarisiz (energiya, moddalar, tashkil etuvchilarsiz) mavjud bo'lmaydi. Xuddi shuningdek ular ham axborotsiz mavjud bo'la olmaydi. Tizimlar (ichki tizimlar)ning ixtiyoriy o'zaro harakati - hamma vaqt materio-energo-informatsion harakatdir. Aniqlash (tizimga solish, tasniflash), bayon etish, o'rganish, o'zaro harakatlarning invariantligini qo'llash fanning inson faoliyati sifatidagi vazifasini tashkil qiladi Axborotni olish va foydalanish usullari: Ularni, bazan bir-biridan faqat shartli ravishda ajratiladigan, ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
119.5 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
119.5 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: doc