Tizim va obyektlarning xarakteristikalari. Asosiy tushunchalar va belgilanishlar Texnik ekspluatatsiya obyektining funksional sifatini xarakterlovchi kompleks xususiyati bu uning ishonchliligidir. Ishonchlilik - bu obyektning belgilangan rejim va qo'llash, texnik xizmat ko'rsatish, ta'mirlash, saqlash va transportirovka qilish sharoitlarida talab qilingan funktsiasini bajarish qobiliyatini xarakterlovchi barcha parametrlarini qiymatlarini o'rnatilgan chegaralarida saqlash xususiyatidir. Ishonchlilik kompleks xususiyat bo'lib, obyektning vazifasi va qo'llash sharoitigi bog'liq holda rad etmaslik, uzoq muddat ishlashlik, tamirga yaroqlilik , saqlanuvchanlik va ularning belgilangan umulashmalarini qamrab olishi mumkin. Rad etmaslik - bu obyektning bir qancha vaqt davomida ishga qobiliyatli holatini yoki ishchi holatini uzluksiz saqlash xususiyatidir. Uzoq muddat ishlashlik - bu obyektning o'rnatilgan tizimga texnik xizmat ko'rsatish yoki ta'mirlashdagi chegaraviy holatigicha ishlash qobiliyatini saqlash xususiyatidir. Tamirga yaroqlilik - bu obyektning texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash yo'li bilan ishlay olish qobiliyatini qayta tiklash imkoniyatining mavjudligidir. Saqlanuvchanlik - bu xususiyat obyektning saqlash va transportirovkasidan keyingi vaqtda undan talab qilinadigan funksiyasini bajarish qobiliyatini xarakterlaydigan parameirlarining qiymatlarini belgilangan chegaralarida saqlay olishini ifodalaydi. Ishga qobiliyatli holat - bu obyektning belgilangan funksiyasini bajara olishini xarakterlovchi barcha parametrlari qiymatlarini normativ va konstruktiv hujjatlar talablariga mos bo'lagan holatidir. Ishga yaroqli holat - bu obyektning normativ va konstruktiv hujjatlarning barcha talablariga mos keladigin holatidir. Chegaraviy holat - bu obyektning endilikda ekspluatatsiya qilish mumkin bo'lmagan yoki maqsadga muvofiq emas, yoki uni ishga qobiliyatli holatini qayta tiklash imkonsiz yoki maqsadga muvofiq bo'lmagan holatidir. Shikastlanish - bu hodisa obyektning ishga qobiliyatli holatini saqlashdasi ishga yaroqli holatini buzilishidir. Rad etish - bu obyektning ishga qobiliyatli holatini buzilishidir. Qayta tiklanish - bu rad etishni anaqlash va uni bartaraf etish jarayonidir, yani obyektning ishga qobiliyatsiz holatidan ishga qobiliyatli holatiga o'tkazish jarayonidir. Rad etish bu tasodifiy hodisadir. Yuzaga keluvchi rad etishlar turli belgilarga ko'ra farqlanadilar: o'zgarish xarakteri bo'yicha: tasodifiy rad etish. Bu tur rad etish obyektning bir yoki bir necha parametrlarini sakrab o'zgarishi bilan xarakterlanadi; asta sekinlik bilan yuzaga keluvchi rad etishlar. Bu turdagi rad etishlar obyektning bir yoki bir qancha parametrlarini qiymatlarini asta sekinlik bilan o'zgarishi natijasida yuzaga keladi. Tashqi namoyon bo'lishiga ko'ra: oshkora rad etish - obyektni qo'lashga tayorlash yoki vazifasi bo'yicha qo'llash jarayonida diagnostika qilish yoki nazorat vositalari orqali aniqlanadigan rad etishdir; Yashirin rad etish - bu ko'z bilan yoki odatdagi nazorat va diagnostika vositalari va metodlari bilan aniqlanmaydigan, balki texnik xizmat ko'rsatish yoki diagnostikaning maxsus metodlari o'tkazilganda namoyon bo'ladigan rad etishlardir. Yuzaga kelish sababiga ko'ra: konstruktiv rad etishlar. Bunday rad etishlar loyihalash va tuzish normalarini yoki o'rnatilgan qoidalarning buzilishi yoki nomukammalligi natijasida yuzaga keladi; ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.74 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.74 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: doc