Tizimda axborot me'yori Reja: Axborot me'yori Xartli va Shennon bo'yicha me'yor Axborot miqdori - sonli miqdor, u faollashtiriladigan axborotni turliligiga, murakkabligiga, tasniflashtirilganligiga (tartibga solinganligiga), aniqliligiga, ifodalanayotgan tizim holatining tanlanishiga ko'ra adekvat tasniflaydi. Miqdor - hodisalar to'plamida aniqlangan va additiv bo'lgan (yig'indi me'yori me'yorlar yig'indisiga teng) uzluksiz haqiqiy manfiymas funksiya. Miqdorlar, qanday axborotni baholashga imkon berishiga ko'ra, statik (faollashmagan, bunda xabarlar resurslarni va faollashtirish shaklini hisobga olmagan holda baholanadi) va dinamik (faollashgan, bunda resurslarning sarfi ham axborotni faollashtirish uchun baholanadi) bo'lishi mumkin. R. Xartli me'yori. S tizimning N holati yoki tizimning har xil, teng kuchli, ketma-ket holatli N tajribasi bo'lsin. Agar tizimning har bir holati, masalan, malum d uzunlikdagi ikkilik kodlar bilan kodlansa, unda bu uzunlikni, har xil kombinatsiyalarning hammasining soni N dan kam bo'lmaydigan qilib tanlash kerakki. N. Buni amalga oshirishi mumkin bo'lgan eng kichik son tizim holatlari turli ko'rinishlarining o'lchami deyiladi va R. Xartli formulasi bilan beriladi: H=klogaN, bu yerda k proportsionallik koeffitsiyenti (tanlangan o'lchamni o'lchash birligiga bog'liq ravishda masshtablash), a-tizim me'yori asosi. Xartli formulasi ko'rilayotgan tizimning semantik, sifat va individual xossalaridan ajratilgan bo'ladi. Bu formulaning asosiy va ijobiy tomonidir. Ammo uning asosiy va salbiy tomoni ham bor: formula tizimning ko'rilayotgan N holatlarining farqlanishi va farqlarini hisobga olmaydi. K. Shennona me'yori Shennon formulasi axborotga, uning manosiga bog'liq bo'lmagan bahoni beradi: bu yerda n - tizim holatlari soni; ri - tizimning i-holatga o'tish ehtimolligi (yoki nisbiy chastota), bunda hamma pi larning yig'indisi 1 ga teng. Shennon formulasining tizimning semantik, sifat va individual xossalaridan ajratilganligi uning asosiy ijobiy tomonidir. Xartli formulasidan farq qilib, u holatlarning har xilligi, har xil ehtimolli bo'lishini hisobga oladi - formula, uni amaliy hisoblashlar uchun qulay qiladigan ega (xabarlar tavsifini hisobga oladi) statik xarakterga. Shennon formulasining asosiy salbiy tomoni shundaki, u holatlarni (masalan, yutuqlarning bir xil ehtimolligida) farqlay olmaydi, ochiq va murakkab tizimlarning holatlarini baholay olmaydi va uni, axborot manosidan chetga chiqqan holda, faqat yopiq tizimlarda qo'llash mumkin bo'ladi. Axborotning boshqa me'yorlari Keyingi vaqtlarda ko'plab mualliflar tomonidan axborot manosini o'lchash uchun har xil miqdoriy o'lchamlar ko'rilgan, masalan, maqsad tushunchasiga tayangan o'lchov (A.Xarkevich va boshqalar); tezaurus tushunchasiga T= tayangan me'yor, bu yerda X, Y, Z - bu bilimlarning mos tarzda ismlari, manolari va qiymatlari (pragmatiklari)ning to'plamlari (Yu. Shreyder i va boshqalar); ikkilik so'zlarning tiklanish murakkabligi me'yori (A. Kolmogorov va boshqalar); apostreor bilimlar me'yori (N. Viner va boshqalar); muvaffaqiyatli qaror qabul qilish me'yori (N. Moiseev va boshqalar); axborot o'xshashligi va farqlanishlari me'yori va axborot o'lchamlariga qaratilgan yondoshishlar. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.39 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.39 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: doc