Tizimlar klassifikatsiyasi (sinflanishi) Reja: Tizim klassifikatsiyasi Tizim murakkabligi Tizimni har xil mezonlarga ko'ra sinflash mumkin. Uni qatiy ravishda amalga oshirish mumkin emas, u maqsad va resurslarga bog'liq. Sinflashning asosiy usullarini (tizimlarni sinflashning boshqa mezonlari ham bo'lishi mumkin) keltiramiz: Tizimning atrof-muhitga munosabatiga ko'ra; Tizimning kelib chiqishiga (elementlariga, aloqalariga, ichki tizimlariga) ko'ra; Tizim o'zgaruvchilarining bayoniga ko'ra; Tizim ishlash qonuni (qonunlarining) bayoniga ko'ra; Kombinir boshqarish (avtomatik, yarim avtomatik, avtomatlashtirilgan, tashkiliy) bilan tizimni (tizim ichida) boshqarish usuliga ko'ra. Agar tizimni tadqiq qilish yoki modelirlash uning katta o'lchamiga (yani tizim holatlari to'plami S katta o'lchamga ega) ko'ra qiyin bo'lsa, bunday tizim katta deyiladi. Agar tizimda holatlarni, ish bajarish qonuniyatlarini samarali bayon etish, tizimni boshqarish (aniqlash, boshqaruvchi parametrlarni bayon etish) yoki bunday tizimlarda qarorlar qabul qilish (ularda hamma vaqt qaror qabul qilish ichki tizimi bo'lishi kerak) uchun resurslar (asosan informatsion) etarli bo'lmasa, bunday tizim murakkab deyiladi. Bazan tizimning uch xil bayoniga ko'ra uning traektoriyasini, mohiyatini aniqlash mumkin bo'lmasa va shu sababli yana qo'shimcha (harakatning integral modeli yoki konfigurator) - morfologo-funksional-infologik integral bayon zarur bo'lsa, bunday tizim murakkab hisoblanadi. Murakkab tizimlar har xil murakkablik turlarida bo'lishi mumkin: Tasnifli yoki tashkiliy ( tasnifni qurish, bayon etish, boshqarish uchun resurs etishmaydi); Dinamik yoki vaqtga bog'liq (tizim harakati dinamikasini bayon etish va uning traektoriyasini boshqarish uchun resurslar etishmaydi); Informatsion yoki informatsion-mantiqiy, infologik (tizimni informatsion, informatsion-mantiqiy bayon etish uchun resurslar etmaydi); Tadqiqotni hisoblash yoki amalga oshirish (tizim parametrlari hisoblashlarini samarali prognoz qilish uchun resurslar etmaydi yoki ularni o'tkazish resurslar yetishmasligi sababli qiyin); Algoritmik yoki konstruktiv (ish bajarish algoritmini bayon etish yoki tizimni boshqarish uchun, tizimni funksional bayon etish uchun resurslar etmaydi); Rivojlanish yoki evolyutsiya, o'z-o'zini tashkil etish (barqaror rivojlanish, o'z-o'zini tashkil qilish uchun resurslar etmaydi). ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
7.76 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
7.76 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: doc