Tizimlar tahlilining bayoni bazaviy tasnifi va bosqichlari Reja: Maqsad, tasnif, tizim, ichki tizim, vazifa, muammo Tizimning asosiy belgilari va topologiyalar. Tizimli tahlilning bosqichlari Muammo - maqsadi, erishiladigan (erishish mumkin bo'lgan, istalgan) natijalari, resurslari va maqsadga erishish (yechish) kabi masalalari aniqlangan holatning mazmunli bayoni. Muammo tizimning o'zgarishida paydo bo'ladi. Tizimning bayoni (spetsifikatsiya) - bu uni aniqlovchi elementlar va ichki tizimlarning identifikatsiyasi (taqqoslanishi), ularning o'zaro aloqalarining, maqsadlarining, funksiyalarining va resurslarining, yani tizimning mumkin bo'lgan holatlarining, bayoni. Tasnif (struktura) - bu ko'plab obyektlarga tartib kirituvchi hamma narsalar, yani, maqsadga erishish uchun zarur bo'lgan, bir butunning qismlari o'rtasidagi aloqalar, munosabatlar to'plami. Tizim, yani sistema grek tilidan qismlardan tuzilgan butun, deb tarjima qilinadi. Bu tizimli tahlilning aniqlashtirish (konkretlashtirish), yani aniq formalarda ifodalash mumkin bo'lgan abstraksiya (mavhumlik)laridan biri. Sistema - bu maqsadga erishish vositasi yoki obyektlarning qandaydir bir berilgan to'plamida (operatsion muhitda) maqsadga erishish uchun zarur bo'lgan hamma nasalar (elementlar, munosabatlar, tasnif, ish, resurslar). Har qanday tizim o'zining ichki holatiga, kiruvchi ma'lumotlarni chiquvchiga (ichki bayon) aylantiruvchi ichki mexanizmga, shuningdek tashqi ko'rinishlarga (tashqi bayon) ega. Ichki bayon tizimning tabiati, uning ichki tasnifining maqsadlarga, ichki tizimlarga (elementlarga) va tizimdagi resurslarga mos kelish (mos kelmasligi) haqida ma'lumot beradi., vneshnee opisanie - o vzaimootnosheniyax s drugimi sistemami, s tselyami i resursami drugix sistem. Tizimning tashqi bayoni uning ichki bayoni bilan aniqlanadi Tizimning morfologik (tasnifiy yoki topologik) bayoni - bu tizimning tuzilishi yoki tasnifining yoki bu tizim A elementlari to'plamining va maqsadga erishish uchun tizimning bu elementlari o'rtasida R zaruriy munosabatlari birlashmasining bayonini bildiradi. Tizimning funksional bayoni - bu tizimning ishlash qonuniyatlarini, tizim evolyutsiyasini, tabiatining algoritmini, ishi ning bayonini bildiradi. Tizimning informatsion (informatsion-mantiqiy yoki infologik) bayoni - tizimning atrof-muhit bilan, shuningdek uning ichki tizimlari bilan informatsion bog'liqligining bayonini bildiradi. Tizimning asosiy belgilari: tizimning butunligi, bog'liqligi yoki muhitga va tizimlarga nisbatan mustaqilligi (tizimning eng muhim miqdoriy tavsifi). Bog'liqlikning yo'qolishi bilan, tizim elementlari va ular o'rtasidagi bazi bir munosabatlar saqlangan bo'lsa ham, tizim yo'qoladi; Ichki tizimlarning va ular o'rtasida bog'liqlikning yoki tizim tasnifining mavjudligi (tizimning eng muhim sifat tavsifi). Ichki tizimlarning va ular o'rtasidagi bog'liqlikning yo'qolishi bilan tizimning o'zi ham yo'qolishi mumkin; Tizimni atrof muhit bilan asoslashtirish yoki undan abstraklash, yani maqsadga erishish uchun etarli darajada ta'sir etmaydigan muhit faktorlaridan tizimni nisbiy asoslashtirish; Resurslar almashinuvi bo'yicha atrof-muhit bilan aloqalar; Butun tizim tashkilotining qandaydir maqsadga buysunganligi (bu tizim ta'rifidan kelib chiqadi); emerdjentlik yoki tizim xossalarining elementlar xossalariga keltirilmasligi. obyektlarning, jarayonlarning, hodisalarning tizimli tahlilida tizimli tahlilning quyidagi bosqichlarini ko'rsatilgan tartibda o'tish zarur: Muammoni (masalani) topish; ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.73 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.73 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: doc