Tizimlarda issiqlik energiyasi bilan bog'liq masalalarni tahlil qilish usullarini qo'llash. MathCad tizimida ishlash texnologiyalari

Tizimlarda issiqlik energiyasi bilan bog'liq masalalarni tahlil qilish usullarini qo'llash. MathCad tizimida ishlash texnologiyalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Tizimlarda issiqlik energiyasi bilan bog'liq masalalarni tahlil qilish usullarini qo'llash. MathCad tizimida ishlash texnologiyalari - rasmi

Material tavsifi

Tizimlarda issiqlik energiyasi bilan bog'liq masalalarni tahlil qilish usullarini qo'llash. MathCad tizimida ishlash texnologiyalari Matematik va ilmiy-texnik hisob-kitoblar shaxsiy kompyuterlarni qollashning muhim sohasi hisoblanadi. Kompyuterning hisoblash quvvati uni ilmiy ishlarni avtomatlashtirish vositasi sifatida ishlatish imkonini beradi. Ularni yechish uchun universal vositalarni ishlatish mumkin. Bunday masalalarga quyidagilar kiradi: mutaxassislar uchun odatiy bo'lgan formada yozilgan matn va formuladan iborat ilmiy-texnik hujjatlarni yaratish; sonli o'zgarmaslar, o'zgaruvchilar va o'lchanadigan fizik kattaliklar ishlatiladigan matematik amallar natijasini hisoblash; vector va matrisalar ustida amallar; tenglama va tenglamalar tizimini yechish; statistic hisoblar va ma'lumotlar tahlili; ikki o'lchamli va uch o'lchamli grafik chizish; tenglama va tizimlarni analitik hisoblash; differensiallash va integrallash; diffrensial tenglamalarni yechish; boshlang'ich shartlarni turli qiymatda hisoblash. Matematik ALTlar orasida eng ko'p tarqalgani -MathCAD (MathSoft Inc.), Mathematica (Wolfram Research, Inc.), MATLAB (MathWorks Inc. (incorporated) so'zidan olingan. Maple V (Waterloo Maple Inc.). MathCad, MatLab dasturlari sonli va formula ko'rinishidagi ma'lumotlarni dinamik qayta ishlash imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizimlar hisoblanadi. MathCad imkoniyatlarini ishlatishdagi soddaligi bilan Microsoft Word formulalar muharriridan qolishmaydi: -matematik hisob-kitoblar kiritilgan formulalar yordamida zudlik bilan bajariladi; -juda boy formatlash imkoniyatiga ega bo'lgan turli grafiklar bevosita hujjatlarga qo'yiladi; -fayllarga turli formatlardagi ma'lumotlarni kiritish va chiqarish mumkin; -hujjatlar bevosita MathCaddan foydalanuvchi kompyuter ekranida qanday ko'rsa shunday -ko'rinishda bosmaga chiqarilishi yoki keyinchalik tahrirlash uchun RTF formatda saqlanishi mumkin. Bu hujjatlar kuchli matn muharrirlarida tahrirlanishi (masalan, MS Wordda) hamda Web-sahifa formatlarda saqlanishi mumkin; Dasturning interfeysi va uskunalar paneli. MENYU BILAN ISHLASH View (Вид) - ko'rinish bo'limidan Toolbars (Панели инструментов) bandiga kiriladi View (Вид) -ko'rinish bo'limining bo'limostilari : Calculator (Kalkulyator) - asosiy matematik amallarni qo'yish uchun ishlatiladi, uning nomi tugmalari oddiy kalkulyatorniki kabi bo'ganligidan kelib chiqqan; -Graph (Grafik) - grafiklarni qo'yish uchun xizmat qiladi; -Matrix (Matritsa) - matrisa va martisa ustida bajariladigan amallarni qo'yish uchun ishlatiladi; -Evaluation (Ifoda) -hisoblashni boshqaruvchi operatorlarni qo'yish uchun ishlatiladi; -Calculus (Hisoblash) - integrallash, differensiallash, yig'indi hisoblash operatorlarini qo'yish uchun xizmat qiladi; -Boolean (Mantiqiy operatorlar) -mantiqiy operatorlarni qo'yish uchun; -Programming (Dasturlash) -MathCad vositalarida dasturlash; -Greek (Grek belgilari) - grek belgilarini qo'yish; -Symbolic (Ramziy belgilar) - ramziy belgilarni qo'yish uchun xizmat qiladi. Modifier (Toifalarni qo'yish) - dasturlashda o'zgaruvchilar toifalarini aniqlash uchun ishlatiladi. Matematik uskunalar paneli. Oddiy o'zgaruvchilar tizimlaridan shunisi bilan farqlanadiki, ular foydalanuvchi tomonidan dastlab aniqlangan bo'lishlari, ya'ni bir martta qiymat berilgan bo'lishi lozim. Bu holda := belgisi qo'llaniladi. Bu belgi o'zlashtirish ma'nosini anglatadi. Masalan: y:=3.4 Natija olish uchun = belgisi qo'llaniladi. Masalan: x=14 O'zgaruvchilarni ishlatganda e'tibor berish kerak: Ifoda yoki funktsiyada o'zgaruvchi qatnashsa uni boshida qanday ko'rinishda ishlatilgan bo'lsa ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 400.71 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 400.71 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga