Tizimli dasturiy ta'minot va drayverlar Reja: Dasturiy ta'minot tushunchasi Dasturiy ta'minot kategoriyalari Drayverlar Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iboratligini biz oldingi darslarimizda aytib o'tgan edik. Bular apparat ta'minot (hardware) va dasturiy ta'minot (software)lardir. Apparat ta'minoti - bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo'shimcha (atrof) qurilmalaridir. Dasturiy ta'minot - kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo'lib, u ma'lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni o'z ichiga oladi. Dasturiy ta'minotsiz xar qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib koladi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta'minoti orasida bog'lanish qanday amalga oshiriladi? Avvalo ular orasidagi bog'lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o'zaro bog'lanish - bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o'zaro bog'lanish esa - dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o'zaro bog'lanish - apparat - dasturiy interfeys deyiladi. Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, yani insonni (foydalanuvchini) ham nazarda to'tish lozim. Inson kompyuterning xam apparat, xam dasturiy vositalari bilan muloqotda bo'ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o'zaro muloqoti - foydalanuvchi interfeysi deyiladi. Endi kompyuterning dasturiy ta'minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta'minotlarni uchta kategoriya bo'yicha tasniflash mumkin: - sistemaviy dasturiy ta'minot; - amaliy dasturiy ta'minot; - dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. Sistemaviy dasturiy ta'minot (System software) - kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini taminlovchi dasturlar majmuasidir. Amaliy dasturiy ta'minot (Aplication program paskage) - bu aniq bir predmet sohasi bo'yicha malum bir masalalar sinfini yechishga mo'ljallangan dasturlar majmuasidir. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari - yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo'llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo'lib xizmat qiladi, yani ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo'ljallangan. Sistemaviy dasturiy ta'minot (SDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan: - kompyuterning va kompyuterlar tarmog'ining ishonchli va samarali ishlashini ta'minlash; - kompyuter va kompyuterlar tarmog'i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish. Sistemaviy dasturiy ta'minot ikkita tarkibiy qismdan - asosiy (bazaviy) dasturiy ta'minot va yordamchi(xizmat ko'rsatuvchi) dasturiy ta'minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta'minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko'rsatuvchi dasturiy ta'minot alohida, qo'shimcha tarzda olinishi mumkin. Asosiy dasturiy ta'minot (baze software) - bu, kompyuter ishini taminlovchi dasturlarining minimal to'plamidan iborat. Ularga quyidagilar kiradi: - operatsion tizim (OT); - tarmoq operatsion tizimi. Yordamchi(xizmat ko'rsatuvchi) dasturiy ta'minotga asosiy dasturiy ta'minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayrok tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini taminlovchi va boshqa dasturlardir. Shunday ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.24 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.24 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: doc