Tizimli dasturiy ta'minot. Operasion tizimlar

Tizimli dasturiy ta'minot. Operasion tizimlar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Tizimli dasturiy ta'minot. Operasion tizimlar - rasmi

Material tavsifi

Tizimli dasturiy ta'minot. Operasion tizimlar Reja: Tizimli dasturiy ta'minot va uning turlari Operasion tizimlar va ularning turlari Arxivlashtirish dasturlari Antivirus dasturiy vositalar Ushbu ishda tizimli dasturiy ta'minot va uning turlari, operasion tizimlar va ularning turlari, Windows operasion tizimi va uni kompyuterga о'rnatish, fayllar va disklarga xizmat kо'rsatuvchi dasturlar, arxivlashtirish dasturlari va antivirus dasturiy vositalar о'rganiladi. Tizimli dasturiy ta'minot va uning turlari Tizimli dasturiy ta'minot (TDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan: kompyuterning va kompyuterlar tarmog'ining ishonchli va samarali ishlashini ta'minlash; kompyuter va kompyuterlar tarmog'i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish. Tizimli dasturiy ta'minot ikkita tarkibiy qismdan - asosiy (bazaviy) dasturiy ta'minot va yordamchi (xizmat kо'rsatuvchi) dasturiy ta'minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta'minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat kо'rsatuvchi dasturiy ta'minot alohida, qо'shimcha tarzda olinishi mumkin. Asosiy dasturiy ta'minot (baze software) - bu, kompyuter ishini ta'minlovchi dasturlarining minimal tо'plamidan iborat. Ularga quyidagilar kiradi: operasion tizim (OT); tarmoq operasion tizimi. Yordamchi (xizmat kо'rsatuvchi) dasturiy ta'minotga asosiy dasturiy ta'minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta'minlovchi va boshqa dasturlardir. Tizimli dasturiy ta'minot va ularning turlari Tizimli dasturiy ta'minot (TDT) Quyidagilarni bajarishga qaratilgan: - kompyuterning va kompyuterlar tarmog'ining ishonchli va samarali ishlashini ta'minlash; - kompyuter va kompyuterlar tarmog'i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish. Tizimli dasturiy ta'minot (system software) - kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir. Tizimli dasturiy ta'minot ikkita tarkibiy qismdan - asosiy (bazaviy) dasturiy ta'minot va yordamchi (xizmat kо'rsatuvchi) dasturiy ta'minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta'minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat kо'rsatuvchi dasturiy ta'minot alohida, qо'shimcha tarzda olinishi mumkin. Endi kompyuterning dasturiy ta'minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta'minotlarni uchta kategoriya bо'yicha tasniflash mumkin: tizimli dasturiy ta'minot; amaliy dasturiy ta'minot; dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. Shunday qilib, tizimli dasturiy ta'minotni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin. Operasion tizim (OT). Kompyuter bilan ishga tushuvchi ushbu dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi о'rinlar va hokazo) boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi. OT foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyuter qurilmalari bilan qulay muloqotni (interfeysni) ta'minlaydi. Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog'liq yo'nalish tez sur'atlar bilan rivojlanmokda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case-texnologiyalar kiradi. Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarniavtomatik ravishda bajarishni ta'minlovchi dasturiy tizimlarni о'z ichiga oladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 343.56 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 343.56 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga