Tizimli dasturlash asosiy tushunchalari

Tizimli dasturlash asosiy tushunchalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Tizimli dasturlash asosiy tushunchalari - rasmi

Material tavsifi

Tizimli dasturlash asosiy tushunchalari Reja: Tizimli dasturlash asosiy tushunchalari. Tizimli dasturiy ta'minotning tarkibi va asosiy funksiyalari. 1.Tizimli dasturiy ta'minotning asosiy tushunchalari Kalit so'zlar. Hisoblash tizimi Apparat kism Dasturiy kism Amaliy dasturiy ta'minot Tizimli dasturiy ta'minot Umumiy tizimli dasturiy ta'minot Maxsus tizimli dasturiy ta'minot Zamonaviy amaliyotda hisoblashlarni bajarish uchun hisoblash mashinalari va tizimlaridan foydalaniladi. EXM - bu apparaturalar majmuasi bo'lib, u qandaydir algoritmlar to'plamini harakatlarini bajarishni ta'minlaydi. hisoblash tizimi - bu bir yoki bir necha EXM va dasturlar to'plami bo'lib, uziga yuklatilgan funksiyalarni bajarilishini ta'minlaydi. Shunday qilib, hisoblash tizimini 2 (ikki) bo'lakka bulinadi: dasturiy; apparat. Apparat kismi o'z ichiga hisoblash mashinasining qurilmalarining bacha funksiyalarini kiritadi. Apparat kismining belgilanishi: kiritish va chiqarish amallarini bajarish, saqlash , uzatish va ma'lumot almashuvni amalga oshirishdan iborat. Dasturiy kismi esa - bu dasturlar to'plami bo'lib, hisoblash tizimiga yuklatilgan funksiyalarni bajarilishini tartibini belgilaydi. Dastur natija olish maqsadida apparatura ishini boshqaradi. Dasturiy bo'lak, tizimli dasturiy ta'minot (DT) deb ataluvchi biri biriga bog'liq kupgina komponentalar to'plamidan tashkil topgan. Izox: «ta'minot» so'zi hisoblash tizimiga yuklatilgan funksiyalarni amalga oshirilishiga ko'rsatmadir. Umuman olganda dasturiy ta'minot tizimini ikkita katta bo'lakka bulinadi: Amaliy DT (foydalanuvchi uchun); Tizimli DT. Amaliy dasturiy ta'minot - bu foydalunuvchilarning uzlari uchun uzlari tomonidan yaratiladigan dasturlardir. Tizimli dasturiy ta'minot - bu barcha uchun yaratilgan va universal bo'lgan dasturlardir. U xam ikki bo'lakka bulinadi.: Umumiy tizimli dasturiy ta'minot; Maxsus tizimli dasturiy ta'minot. Maxsus tizimli dasturiy ta'minot hisoblash tizimining aniq spetsifik masalalarini yechish uchun umumiy dasturiy ta'minotga kushiladi (uchishni boshqarish, harbiy masalalar va x.k.). Umumiy tizimli dasturiy ta'minot universal bo'lib keng omma viy masalalarni yechish uchun mo'ljallangan. Bundan sung umumiy tizimli dasturiy ta'minotni ko'rib utamiz. U quyidagi tarkibdan iborat: tizimli qayta ishlovchi dasturlar; tizimli boshqaruvchi dasturlar; qo'shimcha 1 va 2 kabi dasturlar; tekshiruvchi -diagnostik dasturlar; amaliy dasturlar paketi; Tizimli dasturiy ta'minot hujjatlari majmuasi. Tizimli qayta ishlovchi dasturlar foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish masalalarini ularning talablariga ko'ra yechishga mo'ljallangan. Tizimli boshqaruvchi dasturlar hisoblash tizimining barcha funksiyalarini foydalirok tashkil etish va hisoblash tizimi va foydalanuvchi o'rtasidagi interfeysni tashkil etish uchun mo'ljallangan. Izox: Fakatgina tizimli boshqaruvchi dasturlargina apparaturaga bevosita murojat kila oladilar. Izox: Tizimli boshqaruvchi dasturlarni operatsion tizimlar (OT) deb ataladi. OT interfeysning quyidagi variantlarini ta'minlashi mumkin: komanda interfeysi; dastur interfeysi (chakiriklar tizimi yoki bazi bir tizimli funksiyalarni bajarish uchun kism dasturlar ko'rinishida); foydalanuvchi interfeysi (darcha, menyu, klavishalar va x.k.) 3. qo'shimcha tizimli dasturlar qayta ishlovchi va boshqaruvchi dasturlarni imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo'ljallangan. Ular tarkibiga : servis dasturlari; instrumental dasturlar kiradi. Servis dasturlarga: dastur kobiklari (nadstroyki); utilitalar kiradi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.43 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.43 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga