Tizimli dasturlash tillari (SI) Reja: Si tili elementlari. Identifikatorlar. Kalit so'zlar. Izosh. O'zgarmaslar . Xizmatchi (kalit) so'zlar. Munosabat va mantiqiy ifodalar. Razryadli operatsiyalar; Si tili elementlari. Tilning asosiy tushunchalari. Til alfaviti. Si programmalash tili Yuniks operatsion sistemasi bilan bog'langan bo'lib, shu sistemada ishlatiladigan bir qancha programmalar Si tilida yaratilgan. Si programmalash tili mashinaning barcha imkoniyatlaridan to'laligicha foydalanishga imkon beradi. Si mo'ljallanishiga ko'ra umumiy bo'lib, u yuqori darajali programmalash tillari bilan Assebler orasida oraliq vaziyatni egallaydi. Programmani boshqaruvchi operatorlar strukturali programmalash talablariga javob beradi. Unda kiritish-chiqarish, xotirani dinamik taqsimlash, multiprogrammalash, parallel shisoblash vositalari yo'q. Bu vositalar tashqi funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Si tilida programma tuzish shisoblash mashinalari ishini va uning operatsion sistemasini tushunish imkoniyatini yaratadi, shuning uchun sham u kasbiy programmistlarga mo'ljallangan. Lekin Si programmalash tili biron bir sistema yoki mashina bilan qattiq bog'lanib qolmagan. Si tilida programmalar ma'lumotlar ustida natija olish maqsadida qilinadigan sharakatni bildiradi. Programmada sharakatlar operatorlar orqali beriladi, ma'lumotlar esa obyektlarni aniqlash va tavsiflash orqali amalga oshiriladi. Programmada foydalaniladigan shar bir obyekt tavsiflanishi zarur. Tavsiflash obyekt bilan bir necha xarakteristikalarni bog'laydi. Bu xarakteristikalar: tip, belgilash, xotira sinfi, sharakat sohasi, va boshlang'ich qiymatlar kabilardir. Tilda asosiy tiplar: belgi (liter) bilan birgalikda butun va suzuvchi vergulli sonlar ishlatiladi. Bundan tashqari ko'rsatkichlar, massivlar, operandalardan chiqariluvchi ma'lumotlarning to'la ierarxiyasini shosil qilish mumkin. Ifoda-operandalar va ko'rsatkichlardan tashkil topadi. Qiymat uzatish funksiyasini chaqarishni qo'shib shisoblaganda, shar bir ifoda ko'rsatma bo'lishi mumkin. Ko'rsatkich - bu berilgan tipdagi obyektni dalillashdan iborat. Massiv - bu bir tipdagi obyektlar ketma-ketligi bo'lib, ularga yaqinlashish indekslari orqali amalga oshiriladi, lekin qo'shimcha aniqlash rekursiv qoidasi yordamida istalgan o'lchamdagi massivlarni aniqlash mumkin. Tuzilmalar-turli tipdagi obyektlar ketma-ketligi bo'lib, ularga yaqinlashish-ismlar bo'yicha amalga oshiriladi. Ikki xil tuzilmalar mavjud bo'lib, oddiy tuzilmalarda (struct) elementlar xotirada tavsiflangan tartibda ketma-ket joylashadi. Istalgan paytda ularga yaqinlashish mumkin. Variantli tuzilmalarda (union) shamma elementlar xotirada tuzilma boshlanishida joylashtiriladi. Bu sholat eng keyingi qiymat berilgan elementgagina yaqinlashish imkonini beradi xolos. O'tkazish - bu butun tipdagi obyektlar ketma-ketligi bo'lib, ularga yaqinlashish ismi bo'yicha amalga oshiriladi. Funksiya - bu murakkab obyektdan iborat, uni shisoblash natijasida berilgai tipdagi qiymat shosil qilinadi. Ko'rsatkichlar bog'liqmas adresli-mashina arifmetikasini belgilaydi. Si da ko'rsatma tuzuvchi ( ), shart bo'yicha tarmoqlanish (if), ko'pdan biron-bir muqobillarini (switch) tanlash, yuqoriga qarab takrorlash (for, while) quyiga qarab takrorlash (do), shuningdek takrorlashni to'xtatish (break) kabi boshqaruvchi tuzilmalar mavjud. Si tilida shar bir funksiyaga rekursiv (yakka tartibda) yondashiladi. Lekin bir funksiyaniig tasviri ikkinchi funksiyaning orasida yotishi mumkin emas. Tilning boshqa tillarga o'xshash kamchiligi sham mavjud ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
94.56 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
94.56 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: doc