Tizimli dasturlashga kirish

Tizimli dasturlashga kirish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Tizimli dasturlashga kirish - rasmi

Material tavsifi

Tizimli programmalashga kirish Reja: Tizimli va tadbiqiy programmalarni farqi. Soddalashtirilgan o'quv mashinasi. Operand adresini hisoblashda X registridan foydalanish. 4. Qo'shimcha vositali soddalashtirilgan o'quv mashinasi Ushbu mavzu ostida ko'riladigan asosiy muammo -tizimli programma ta'minotining (TPT) ayrim tashkil qiluvchilarini (komponentalarini) loyihalashdir. Bunda TPT va EHM arxitekturasi o'rtasidagi bog'lanishlar o'rganiladi va assemblerlar, yuklagichlar, makroprotsessorlar, kompilyatorlar va operatsion tizimlar ko'rib chiqiladi. TPT va tadbiqiy programma ta'minoti bir-biridan farqlaydigan asosiy xususiyatlardan biri mashinaviy bog'liqlikdir. Odatda tadbiqiy programma bizni ayrim tadbiqiy masalalarni yechish nuqtai nazaridan qiziqtiradi va unda EHM vosita sifatida qaralib, asosiy etibor masalani mohiyatiga qaratiladi. TPT esa EHM funksiyalarni boshqarish uchun yaratiladi va u birorta konkret masalani yechishga qaratilmaydi, shu sababli TPT mashina tuzilishiga bevosita bog'liq bo'lib qoladi. Misol uchun, assemblerlar mnemonik ko'rsatmalarni tarjima qilishda mashina buyruqlar formati, adreslash usullari va shunga o'xshash xususiyatlarni inobatga olish kerak. Shu bilan birgalikda TPT EHM turiga bog'liq bo'lmagan tamonlari ham borki, ularda umumiy sxema va assemblerlar algoritmlari ko'pgina EHM lar uchun farq qilmaydi. Misol uchun, kompilyator tamonidan ishlatiladigan obyekt kodini optimallashtirish usullari. TPTning umumiylik va alohidalik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, oldimizga qo'yilgan muammoni yechishda quyidagicha yo'l tanlanadi: umumiylik xususiyatlarini yechish uchun real EHMlarda juda ko'p uchraydigan apparat imkoniyatlarini o'ziga olgan gipotetik (mavxum) EHM -- Soddalashtirilgan o'quv mashinasi (SO'M), foydalanish va alohidalikni ko'rsatish uchun konkret EHMlaridagi (jumladan, IBM turidagi shaxsiy kompyuter) TPT komponentalarini amalga oshirish qaraladi. Soddalashtirilgan o'quv mashinasi. Ko'p xususiyatlari bo'yicha soddalashtirilgan o'quv mashinalar (SO'M) mikro EHMlarga o'xshashdir. SO'M ikki variantda bo'lib, birinchisi standart model, ikkinchisi SO'MQV (QV-qo'shimcha vositali). Bu ikki variantda pastdan-yuqoriga moslashuv mavjud bo'lib, SO'M da yaratilgan obyekt programma SO'MQV da ham to'g'ri bajariladi. Soddalashtirilga o'quv mashinasining tuzilishi Xotira. Operativ xotira 8-razryadli baytlardan iborat. Uchta ketma-ket joylashgan baytlar so'zni tashkil qiladi. SO'M baytli adreslangan so'z -eng kichik nomerli bayt bilan nomerlanadi. Operativ xotira o'lchami 32768 (2^15) baytdan iborat. Registrlar. Beshta registr mavjud bo'lib, ularning xar bittasini o'z vazifasi bor. Quyidagi jadvalda bu registrlar haqida ma'lumot berilgan. Berilganlar formati. Butun turdagi qiymatlar 24-razryadli ikkilik son ko'rinishda saqlanadi. Belgilar 8-razryadli ASCII kodida saqlanadi. Suzuvchi nuqtali haqiqiy sonlar ustida amllar SO'M da ko'zda tutilmagan. Buyruqlar formati. SO'M barcha mashina buyruqlari 24-razryadli formatda bo'ladi. 8 1 15 Bu yerda X belgisi indeksli adreslash berilganda ishlatiladi. Adreslash usullari. Ikki xil adreslash usuli mavjud bo'lib u X razryad bilan aniqlanadi. Maqsad adresni (Target address) topish qoidasi quyidagicha. Adreslash usuli. Adreslash alomati. Maqsad adresni hisoblash Bu yerda (x) yozuvi X-registrdagi qiymatni anglatadi. Buyruqlar tizimi. Soddalashtirilgan o'quv mashinasi buyruqlar tizimini quyidagilar tashkil etadi: ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.85 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.85 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga