Tizimli tahlil asosida jamlangan axborotnig sharhlash Reja: 1.Tizimli tahlil asosida jamlangan axborotni sharhlash 2. Tizimli tahlilda mos kelmaslik va farqlarni topish. 1.Tizimli tahlil asosida jamlangan axborotni sharhlash. Tizimli tahlilni amalga oshirish bunyodkor, mushohadali va ijodkor inson tomonidan amalga oshirilishi natijasida shaxs, jamiyat va davlat hayoti bilan bog'lik bo'lgan masalalar o'rganiladi, bundan shaxs xam, jamiyat xam, davlat xam manfaatdordir. Agar ularning har birini alohida tizim sifatida o'rganmokchi bo'lsa, bunda jamiyat katta tizim tarzida ishtirok etadi. Bu o'z navbatida, tizim metodologiyasidan xabardor bo'lishni takozo etadi. Tizimlarni ilmiy o'rganishning nazariy va amaliy ahamiyati, ularni funksional va strukturaviyligi jihatidan alohida xossalarini aloqadorligining darajasi asosida tasniflashdan iborat. Nazariy nuqtai nazar bo'yicha tizimlarning xossaviy aloqadorligini aniq belgilariga muvofiq tasniflash mumkin. Mavzu bo'yicha tasniflashning turli tamoyillarini tanlash mumkin, ammo har qanday tasniflash nisbiydir. Tahlil o'tkazish maqsadida muhitdan murakkablik va vazifadorligi bo'yicha alohida yaxlitlik (tizim) tarzida ayrim holda o'rganilishi lozim. Masalan, determinantlashgan tizimda ehtimolli tarkiblarni topish mumkin va unga qarshi determinantlashgan tizimni ehtimolli xususiy hodisa sifatida qabul qilish mumkin. Murakkablik darajasi bo'yicha tizimlar oddiy, murakkab va gipermurakkab kabilarga ajratiladi. Murakkablik belgisini aniqlashdan kelib chikib, ilmiy o'rganish uchun muhim hisoblangan xususiyat, ya'ni ayni bir tizimni turlicha nazariyalar xam yaratilganki, ularni tizimlarni o'rganish metodologiyasi deb ko'rsatish mumkin. Metodologiya bir nechta ma'nolarni anglatadi. Birinchi ma'nosi, bu biron bir fanda, masalan sotsiologiyada tatbik etiladigan tadqiqot usullarining majmui degan ma'noni anglatadi. Ikkinchi ma'nosi, bu ilmiy bilim va dunyo manzarasini o'zgartirishini o'rganish metodi haqidagi ta'limot degan ma'noni anglatadi. Metodologiya, bilim metodlarining nazariy asosi rivojlanib borayotgan fanning ehtiyojlari takozosi bilan yuzaga kelgan bo'lib, u tabiat, jamiyat va inson ongining murakkab hodisalarini to'g'ri obyektiv talqin etishga, fanning tabiiy aloqalarini ochishga imkon beradi. Ilmiy bilish jarayonida har bir fan konkret tadqiqot obyektiga ega bo'lib, o'zining maxsus usullarini yaratgan. Bunda, usha fanning manfaati, qonuniyatlari, asosiy kategoriyalarini amal qilish tartibi asos qilib olngandir. Buni xususiy metodologiya deb ko'rsatish mumkin. Lekin ba'zi bir fanlar bir-biriga yaqin bo'lgani uchun ularning tushuncha va qonuniyatlari xam bir-biriga yaqinday ko'rinadi. Bunda chegarani belgilash ancha murakkab kechadi. Bu jarayonni ijobiy kechishini ta'minlash uchun metodologiyadan foydalanishni takozo etadi. Nazariy jihatdan tahlilni amalga oshirishda (bilishda) xususiylik va umumiylik vazifalarini bajaruvchi usullar mavjud. Shu tarika, ko'pchilik fanlarda kullanadigan usullarga umumiy usul deyiladi. Umumiy usul kullanishi doirasiga ko'ra umumiy, lekin kullanilayotgan masalaga nisbatan o'z vazifasiga ega bo'ladi. Bunga analiz va sintez umumlashtirish va mavxumlashtirish, induksiya va deduksiya, kiyoslash va modellashtirishni ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib, tizimli tahlilni bajarish jarayonida ilmiy tadqiqotning xususiy, umumiy va fanlararo usullari mavjud bo'lib, ular ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.78 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.78 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: docx