Tizimli tahlil asosida qabul qilingan qarorlarni ijrosi

Tizimli tahlil asosida qabul qilingan qarorlarni ijrosi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Tizimli tahlil asosida qabul qilingan qarorlarni ijrosi - rasmi

Material tavsifi

Tizimli tahlil asosida qabul qilingan qarorlarni ijrosi Reja: 1.Qaror qabul qilishda me'yorlarni shakllantirish va majmuaviy muammolarni o'rganish. 2. Qarorlarni bajarish (ijro) tartibi. 3.Qarorlarni bajarish sifatini baholash. 4.Qabul qilingan qarorlarni ijrosi bo'yicha amaliy tavsiyalar. 1. Qaror qabul qilishda me'yorlarni shakllantirish va majmuaviy muammolarni o'rganish. Aqliy faoliyatga tayangan holda, vujudga kelgan pedagogik muammoni yechish uchun ma'lum bir jarayonlar kechadi. Ya'ni muammoning vujudga kelishi va uni yechishga oid bir necha bosqichlar mavjudligi nazarga tutilmokda. Faoliyat dinamik mazmun kasb etib, ishlab chiqarish oldiga qo'yiladigan navbatdagi vazifalarni bajarish jarayonida takomillashib (kengayib) boradi. Bu o'z navbatida, turli ko'rinish va mazmundagi muammolarni o'z vaqtida aniqlab (diagnostikasini, prognozini amalga oshirib), resurslardan manzilli foydalanishni takozo etadi. Shu tariqa, faoliyat doirasida namoyon bo'ladigan muammoni tizimli o'rganish uchun, mutaxassis muhim hisoblangan xususiy jihatlarga e'tibor qaratishi lozim: muammoli vaziyatning vujudga kelish tarixini bilishi lozim; vaziyatning mohiyatini va muammoni anglab etishi lozim; taklif qilingan, asoslagan gipoteza asosida muammoni yechish yo'llarini belgilashi lozim; gipotezaning isbotlash uchun usullarni to'g'ri tanlashi lozim; bartaraf etilgan muammoning makbulligini sinashi lozim; sinash davomida kuzatilgan nuqsonlarni bartaraf etishda real vaziyatni inobatga olishi lozim. Bu o'z navbatida muammoli vaziyat sharoitida faoliyat bosqichlariga amal qilishni taqozo etadi: muammoni makon-vaqtga nisbatida kayd etish, ya'ni muammoning hududiy, vaqt chegarasini aniqlash; muammoning turini, tabiatini va uning tizimli xususiyatini aniqlash; muammoning rivojlanishi obyektiv qonuniyatlarga asoslanganligini va uning oqibatlarnin aniqlash; muammoni ijobiy yechish uchun zaruriy choralarni qo'llash; muamoni xal etish uchun tashkiliy va texnik asoslarini ishlab chiqish; muammoning xal etish uchun me'yorlarni belgilash. Tahlilni amalga oshirish davomida, me'yor deb, tahlilni amalga oshirish uchun tanlangan obyektning sifat va miqdoriy jihatlarini o'zaro bog'liqligi nazarga tutiladi. Bunda mazmun va shakl, imkoniyat va voqe'lik o'rtasidagi zaruriy uyg'unlik ta'minlanishi shart hisoblanadi. Chunki, faoliyat doirasida amalga oshiriladigan tahlilnig asosiy maqsadi shundan iboratki, mavjud struktura tizimda qanchalik samarali ishlashini aniqlashdan iborat. Tizimil tahlilda, tizimning tuzulishini, vazifasini, mavjud maqsadini aniqlash nazarda tutiladi. Ammo ikkala holat xam bir-birini to'ldirib turadi. Tizim to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lish maqsadida, tizimli tahlilni usullarini tadbiq etishi bo'yicha barcha me'yor va talablarini tizimli tahlil texnologiyasi o'zida mujassam etgan bo'ladi. E'tiborni qaratish lozimki, tizimli tahlil xilma-xillik jihatidan farqlanganligi sababli, u istiqbolli tadqiqot usuli hisoblanadi. Tizimli tahlilni amalga oshirish jarayonida quyidagilarga yo'l qo'ymaslik lozim: tushunarsiz vaziyatlarni misol keltirmasligi; katta miqdorda ma'lumotlarni qamrab olishga intilmasligi; fikrlarning keng yoyilib ketishi (tahliliy manba qisqa bo'lishi kerak. Unda tekshirilmagan, sharhi bo'lmagan dalillar joy olmasligi darkor); obyektiv dalillar bilan tasdiqlanmagan subyektiv mulohazalarga yo'l qo'ymasligi; tahliliy manbaning asosiy mazmuniga taalluqli bo'lmagan masalalarni bayon etmaslik va b. Tahlilni amalga oshiruvchi mutaxassis ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.34 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.34 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga