Tizimli tahlil asoslarining predmeti va tushunchasi

Tizimli tahlil asoslarining predmeti va tushunchasi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Tizimli tahlil asoslarining predmeti va tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Tizimli tahlil asoslarining predmeti va tushunchasi Reja: 1.O'quv kursining maqsadi va vazifalari. 2.Tizim yaratilishi, unda foydalanilgan g'oyalar, shakllangan ko'nikmalar va qaror qabul qilish. 3. Tizimli tafakkurning o'ziga xosligi 1.O'quv kursining maqsadi va vazifalari. O'tgan asrning o'rtalarida ilmiy izlanish olamiga kirib kelgan va o'zining mohiyati bo'yicha eng samarali metodlardan hisoblangan tizimli tahlil hozirgi vaqtda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli xalq xo'jaligining barcha sohalarida muhim qarorlar qabul qilishda ishonchli manbalarni beruvchi hisoblanadi. SHuning uchun ham uning mazmun mohiyati va usullarini o'rganib o'z ilmiy ishlarida samarali foydalanish uchun magistratura talabalariga maxsus fan sifatida o'qitiladi. Tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari fanining maqsadi: kadrlarni tayyorlashda tizimli tahlil asoslari haqidagi bilimlarini takomillashtirish, tizim tahlilini amalga oshirishdagi muammolar va o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash, tahlil etish , baholash va qaror qabul qilish ko'nikma va malakalarini tarkib toptirish. Ushbu maqsaddan kelib chiqgan holda , Tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari fanining quyidagi vazifalari mavjud: -tizimli tahlilning asosiy tushunchalarini bilish, tahlil metodologiyasi, uslub va tizimli yondashuvlarni o'rgatish; -talabalarning analitik tadqiqotlar asosida tizimli tahlilni tashkil etish ko'nikma va malakalarini shakllantirish; -turli vaziyatlarda tizimli tahlil natijalariga asoslanib qaror qabul qilish usullarini amaliyotga tadbiq etish. Hozirgi vaqtda tizim nazariyasini o'rganishda har bir o'quvchi avval, o'z tarixida vujudga kelgan turli tushunchalar noaniqlik muammosiga duch keladi. CHunki, tizimli yondashuv, tizim nazariyasi, tizimli analiz, tizimlilik tamoyili tizimli texnika kabi tushunchalar ko'plab adabiyotlarda qo'llaniladi. Bu tushunchalarni bir biridan ajratish qiyin, aksariyat hollarda sinonim kabi talqin qilinishi maqsadga muvofiq bo'ladi. 2.Tizimning yaratilishi, unda foydalanilgan g'oyalar, shakllangan ko'nikmalar va qaror qabul qilish. Tizim yaratilishining barcha imkoniyatlari keng ma'noda tizimlilik deyiladi. Ushbu termin ikkita asosiy ma'noni anglatadi: Insonga bog'liq bo'lmagan aniqlilik xususiyati, tizimlilikning obyektivlilik bilan mosligini tashkil qiladi; Insonlar tomonidan to'plangan xususiyatni o'zi haqidagi tushunchalarni anglatadi, ya'ni u o'zida gnoseologik hodisalarni, turli tabiatli tizimlar to'g'risidagi bilimlarni ifodalaydi. Fan sohasidagi ko'p jihatli va kordinal yutuqlar, tizimli dunyoqarash va tizimli tahlilning keng qo'llanilishi asosida kelib chiqqan. Keyingi yillarda ilmiy texnikaviy inqilob texnik yangilanishlar yaratishda so'zsiz tizimli yondashuv bo'lib xizmat qildi va nihoyat, ishlab chiqarishning muvaffaqiyatlari ham tizimlashtirildi. Qat'iyat bilan shuni aytish mumkinki, XX asr faqatgina atomni kashf qilish yoki kompyuterni ixtirosi bo'lib qolmadi.Uning asosiy yutug'i bu tizim dunyoqarashini yaratilishi, ya'ni, bilim olishning tizimli metodi, so'ngra atom energiyasidan oqilona foydalanish, kompyuter va internetning yaratilishi, va ta'lim, texnika, ishlab chiqarish, siyosat va madaniyat sohalarida minglab yutuqlarga erishildi. SHu yillarda tizimning umumiy va qisman nazariyasi ishlab chiqarila boshlandi. Keyinchalik, tizimli bilimlarning ajratilgan amaliy sohasi - sistemotexnika (tizimli texnika) tizimlar to'g'risidagi muhandislikka yo'naltirilgan bilimga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.78 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.78 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga