Tizimli tahlilning rivojlanish tarixi predmeti maqsadi Reja: Tizimli tahlilning predmet sohasi; Asosiy tizimli metodlar va jarayonlar Tizimli tahlil asoslarining tug'ilish davri ko'pincha fizik yoki falsafiy (gnoseologik) kelib chiqishga ega tizimlarni ko'rib chiqish bilan xarakterlangan. Sistema - bizning holda tizim (organizm, tuzilish, ittifoq, butunlik, qismlardan tuzilgan) so'zi 200 yil ilgari Qadimiy Gretsiyada paydo bo'lgan. Bu fanning maqsadi, har qanday boshqa fan kabi, obyektlar va hodisalarning yangi aloqalari va munosabatlarini tadqiq qilish. Ammo, shu bilan birgalikda, bunda obyektlar va hodisalarning yangi aloqalari va munosabatlari shunchaki o'rganilib qolmasdan, balki buning natijasida tadqiq qilinayotgan obyektlar yana ham ko'proq boshqariladigan va o'rganiladigan darajaga olib kelinishi kerak. Bu fanning asosiy muammosidir. Tizimli tahlil - har xil tabiatga va tavsifga ega bo'lgan hodisalar va jarayonlarni, fanlararo muammolarni o'rganish va bayon etish uchun kerak bo'ladigan tushunchalar, jarayonlar va texnologiyalar to'plamidir. Bu to'plam shunday tizimlarni tadqiq qilishning usullari, metodlari, umumiy qonunlarini o'z ichiga oladi. Bu, nazariya va amaliyotning murakkab, ko'pincha to'la aniq bo'lmagan, muammolarini o'rganish metodologiyasidir. . Fanning predmet sohasiga tizimli jarayonlarning predmetli aspektlarini va predmetli jarayonlar va hodisalarning tizimli aspektlarini o'rganuvchi fan bo'limi kiradi. Bu ta'rifni predmet sohasining tizimli ta'rifi deb hisoblash mumkin Tizimli tahlil har xil fanlarda, sistemalarda foydalanish uchun qo'yidagi tizimli metodlarni va protseduralarni beradi: mavhum (abstrakt)lash i aniq (konkret)lash; analiz va sintez, induksiya va deduksiya; formallashtirish i aniq (konkret)lashtirish; kompozitsiya va dekompozitsiya; chiziqli ko'rinishga keltirish va chiziqli bo'lmagan tashkil etuvchilarni ajratish; tasnif (struktura)lash va tasnifni buzish (restrukturlash); maket yasash; reinjiniring; algoritmlash; modelirlash va tajriba (eksperiment); dasturli boshqarish va yo'naltirish; tanish (raspoznavanie) va o'xshatish (identifikatsiya); qismlarga bo'lish (klasterizatsiya) va sinflash; ekspertli baholash va testlash; verifikatsiya va boshqa metodlar hamda protseduralar Fikrlashning alohida turi, jarayon, hodisaning mohiyatini bilish bilan birga, balki ularni boshqara olishni ham xohlovchi tahlilchiga xos tizimli fikrlashdir. Bazida uni analitik fikrlashga tenglashtiradilar, ammo bu tenglashtirish to'liq manoda emas. Tafakkur analitik bo'lishi mumkin, tizimli yondoshish esa, tizimlar nazariyasiga asoslangan metodologiyadir. Predmetli (predmetga yo'naltirilgan) fikrlash - bu xususiy va umumiy voqealar va hodisalar qatorida, bir maqsadga yo'naltirilgan holda (odatda, o'rganish maqsadida) sabab-oqibat aloqalarini va qonuniyatlarini topish, aniqlash va faollashtirishga yordam beruvchi metod (prinsip)dir. Ko'p hollarda bu sistemalarni tadqiq qilishning metodikasi va texnologiyasidir. Ilmiy bilim sifatida tizimli tahlilning zaruriy atributlari (tashkil etuvchilari) : predmet sohasining mavjudligi - tizim (sistema)lar va tizim protseduralari; tizimning umumiy xossalari va atributlarini aniqlash, sistemaga solish, bayon etish; bu tizim (sistema)larda qonuniyatlar va invariantlarni aniqlash va bayon etish; tizimlarni, ularning tabiatini va atrof-muhit bilan aloqasini o'rganish uchun qonuniyatlarni faollashtirish; tizimlar haqidagi bilimlarni jamlash, ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.11 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.11 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: doc