Tizimni modellashtirishtirish asoslari

Tizimni modellashtirishtirish asoslari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Tizimni modellashtirishtirish asoslari - rasmi

Material tavsifi

Tizimni modellashtirishtirish asoslari Reja: Model va modellashtirishtirish (turlari, xossalari) Modellashtirishtirishning hayot sikli Model (lat. modelium) so'zi o'lcham, usul, nima bilandir o'xshashlik manosini bildiradi. Model - obyekt yoki obyekt bayoni, asl tizimni yaxshiroq o'rganish yoki uning qandaydir xossalarini hosil qilish uchun malum bir sharoitlarda, takliflarda, gipotezalarda bir tizimni (yani aslini) boshqasi bilan almashtirish. Model - bir tasnifni (o'rganilganini) boshqasi (kam o'rganilgani) bilan almashtirish natijasi. Fizik tizimni (obyektni) matematik tizim (masalan, tenglamalarning matematik apparatiga) bilan ifodalash orqali tizimning fiziko-matematik modeli yoki fizik tizimning matematik modeli olinadi. Har qanday model yo'l qo'yiladigan malum bir shartlarda, gipotezalarda quriladi. Modellar, agar ularning qo'llanilish sohalari etiborga olinmasa, uch xil turda bo'ladi: O'rganuvchi model - bilimlarni tashkil qilish va ifodalash shakli, yangi va eski bilimlarni bog'lovchi vosita. O'rganuvchi model, odatda, haqiqatga moslashtiriladi va nazariy bilim bo'ladi. Pragmatik model - amaliy harakatlarni, tizimni boshqarish uchun uning ishchi maqsadlarini tashkil qilish vositasi. Ularda haqiqat qandaydir bir pragmatik modelga moslashtiriladi. Instrumental model - pragmatik va (yoki) o'rganuvchi modelni tadqiq qilish, qurish va (yoki) foydalanish vositasi. O'rganuvchi modellar mavjud obyektlarni, pragmatiklari esa mavjud bo'lmasa ham xohishdagilarni va bajariladigan munosabat va aloqalarni ifodalaydi. Modellashtirish - bu bilimlarni olish, bayon etish va foydalanishning universal usuli. Modellashtirishtirish muammosi uchta masaladan iborat: modelni qurish (bu masalaning, modelni qurish uchun algoritmi yo'q, shu uchun uni bayon etishning imkoniyati kam); modelni tadqiq qilish (bu masalani bayon etishning imkoniyati ko'proq, modellarning har xil sinflarini o'rganishning usullari bor); modeldan foydalanish (konstruktiv va konkretlashtiriladigan masala). Modellarni sinflash har xil mezonlarga ko'ra amalga oshiriladi. Biz eng oddiysidan va amaliy ahamiyatga ega bo'lganidan foydalaniz: Statik model; Dinamik model; Diskret model; Taqlidiy (imitatsion) model; Determinirlangan model; Funksional model; Nazariy-to'plam modeli; Mantiqiy model; O'yinli model; Algoritmik model; Grafli model; Ierarxik model; Tilli model; Vizual model; Geometrik model; Katakli-avtomatik model; Fraktal model; Model turi modellashtirilayotgan tizimning fizik tabiatiga emas, balki uning informatsion mohiyatiga, uning ichki tizimlarining va elementlarining aloqa va munosabatlariga bog'liq. Modellashtirishtirish - tizimli tahlil metodi. Modellashtirish fani modellashtirishtirish jarayonini (tizimlar, modellarni) bosqichlarga (ichki tizimlar, ichki modellarga) bo'lishdan, har bir bosqichni, bosqichlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni, aloqalarni batafsil o'rganishdan, so'ngra ularni maksimal darajada rasmiylashtirib, o'xshatib samarali bayon etishdan iborat. Modellashtirishtirish (metod, modelli tajriba - eksperiment manosida) tajribaning alohida shakli sifatida qaraladi. Modelirlanuvchi tizimning hayot sikli: obyekt to'g'risida axborot yig'ish, gipotezalarni oldinga surish, model oldi tahlili; Tasnifni va model tarkibini (ichki modellarni) loyihalash; Model xususiyatlarini qurish, alohida ichki modellarni ishlab chiqish va yaxshilash, modelni bir butun qilib yig'ish, agar kerak bo'lsa, model parametrlarini o'xshatish; Modelni o'rganish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.32 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.32 KB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga