Tizimning prinsiplari Reja: Tizim asosiy belgisi va ko'rsatkichlari. Tizimning klassifikatsiyasi. Tizim shakli va tuzilishi. Tizimning prinsiplari. 1.Tizimning asosiy belgisi va ko'rsatkichlari. Zamonaviy ilmiy-texnik faoliyatning bosh xususiyatlaridan biri tadqiqot va loyihalash obyektlariga tizimlar sifatida yondoshishdir. Bu narsa ayniqsa, boshqaruv obyektlarini tadqiq etish hamda avtomatik boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish jarayonida yanada yaqqolroq namoyon bo'ladi. Tizimni o'zaro bog'langan va bir-biri bilan ta'sirlashuvchi elementlar majmui kabi ta'riflash mumkin. Tizimlarga misol sifatida alohida qism va detallardan tuzilgan texnik qurilma, hujayralar majmuasidan tashkil topgan tirik organizm, odamlar jamoasi, ishlab chiqarish korxonasi, davlat va shunga o'xshashlarni ko'rsatish mumkin. Tizimning o'zaro bog'langan bir qator elementlaridan tuzilgan qismiga uning qism tizimlari (tizim osti) deb ataladi. Odatda tizim elementlari muayyan predmet sohasi obyektlari kabi aniqlanadi. Elementlarining tabiati bilan bog'liq ravishda fizik, mexanik, ximik, biologik, iqtisodiy, kibernetik va boshqa tizimlarni farqlash mumkin. Tizimning asosiy belgisi (funksionallik, ierarxiyalik) uni tashkil etuvchi o'zaro bog'langan elementlari bo'lsa ko'rsatkichlariga tizim elementlarining miqdori, qanday bog'langanligi va boshqalar kirishi haqida ma'lumot berish. Tizim elementlari. Tizimni o'zaro bog'langan va bir-biri bilan ta'sirlashuvchi elementlar majmui kabi ta'riflash mumkin. Tizimlarga misol sifatida alohida qism va detallardan tuzilgan texnik qurilma, hujayralar majmuasidan tashkil topgan tirik organizm, odamlar jamoasi, ishlab chiqarish korxonasi, davlat va shunga o'xshashlarni ko'rsatish mumkin. Tizimning o'zaro bog'langan bir qator elementlaridan tuzilgan qismiga uning qism tizimlari(tizim osti) deb ataladi. Odatda tizim elementlari muayyan predmet sohasi obyektlari kabi aniqlanadi. Elementlarining tabiati bilan bog'liq ravishda fizik, mexanik, ximik, biologik, iqtisodiy, kibernetik va boshqa tizimlarni farqlash mumkin. Tizim elementi uning boshqa elementlariga ta'sir etishi va ularning holatlarini o'zgartirishi mumkin. Agar bir elementning boshqasiga ta'siridan iborat jarayonda ta'sir etuvchi element holati haqida ma'lumot berilsa, u holda elementga axborotli ta'sir amalga oshirilgan bo'ladi va birinchi element ikkinchi elementga signal o'zatayapti deyiladi. Tizim elementlari tomonidan ishlab chiqiladigan signallar (ta'sirlar) tizimdan tashqariga o'zatilishi mumkin, bu holda ular tizimning chiquvchi signallari (ta'sirlari) deyiladi. O'z navbatida elementlarga tizim tashqarisidan signallar(ta'sirlar) kelishi ham mumkin, ular kiruvchi signallar (ta'sirlar) deyiladi. Tizimning kirishi - kiruvchi ta'sirlar qo'yiladigan yoki kiruvchi signallarni qabul qiladigan tizim elementlaridir. Tizimning chiqishi deb chiqish ta'sirlarini amalga oshiruvchi yoki boshqa tashqi tizimga signallar o'zatuvchi elementlarga aytiladi. 2. Tizimning klassifikatsiyasi. Tizimlarni turli mezonlar bo'yicha klassifikatsiyalashtirish mumkin. Eng umumiy ko'rinishda barcha tizimlar moddiy va mavhum (abstrakt) tizimlarga bo'linadi. Moddiy tizimlar - moddiy (ashyoviy) obyektlar majmuasidir: bular noorganik (texnik, kimyoviy va shu kabilar), organik (biologik), aralash turdagi obyektlar bo'ladi. Aralash turdagi obyektlardan quyidagilarni ko'rsatish mumkin: egrotexnik tizimlar («inson-mashina» tizimi); ijtimoiy tizimlar (odamlarning jamoadagi munosabatlari), ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar (insonlarning jamoadagi munosabatlari bilan ishlab ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
240.46 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
240.46 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: docx