Tizimning zaif joylari Tizimning zaif joylari Korporativ tarmoqlara ishlatiladigan axborot zaif bo'ladi. hozirda ruxsatsiz foydalanishga yoki axborotni modifikatsiyalashga, yolg'on axborotning muomalaga kirishi imkonining jiddiy oshishiga quyidagilar sabab bo'ladi: kompterda ishlanadigan, uzatiladigan va saqlanadigan axborot xajmining oshishi; ma'lumotlar bazasida muhimlik va maxfiylik darajasi turli bo'lgan axborotlarning to'planishi; ma'lumotlar bazasida saqlanayotgan axborotdan va hisoblash tarmoq resurslaridan foydalanuvchilar doirasining kengayishi; masofadagi ichi joylar sonining oshishi; foydalanuvchilarni bog'lash uchun Internet global tarmog'ini va aloqaning turli kanallarini keng ishlatish; foydalanuvchilar kompterlari o'rtasida axborot almashuvining avtomatlashtirilishi. ma'lumotlarni yo'qotilishi yoki o'zgartirilishi; servisning to'xtatilishi; tahdidlarning manbalarini aniqla oson emas. Ular niyati buzuq odamlarning bostirib kirishidan to kompyuter viruslarigacha turlanishi mumkin. Korporativ axborot tizimida xavfsizlikning buzilish manbalari bo'yicha statistik ma'lumotlarni tasvirlovchi sektorli diagrammasi Xavfsizlikning buzilish manbalari Xavfsizlik turlari Axborot tizimida zaif joylarni joylashish klassifikatsiyasi Zaif joylarni satx bo'yicha paydo bo'lish klassifikatsiyasi Manbalarda zaif joylarning paydo bo'lishi KT va T da axborotni ishonchli himoya qilish Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida (KT va T) axborotni ishonchli himoya qilish, agar havf paydo bo'lishi mumkin bo'lgan tizimning barcha obyektlari va elementlarida ishonchli bo'lsagina, samarali bo'lishi mumkin. Shu munosabat bilan himoya qilish vositalarini yaratish uchun havf tabiatini, shakllarini va ularning mumkin bo'lgan paydo bo'lish va amalga oshirish yo'llari, obyektlar va elementlar ro'yxatini aniqlash muhimdir. Ular, bir tomondan, axborotning himoyalanganligini buzish maqsadida havflarga duch kelishi mumkin, boshqa tomondan esa, axborotni samarali himoya qilishni tashkil etishi mumkin. Himoya qilish obyekti deganda, tizimning shunday tashkil etuvchisi tushuniladiki, unda himoya qilinishi mumkin bo'lgan axborot joylashgan yoki joylashishi mumkin. Kompyuter tizimlarini axborotni himoya hilish obyektlari sifatida quyidagilarni ajratish mumkin: foydalanuvchilarning terminallari (shaxsiy kompyuterlar tarmoqning ishchi stansiyalari); tarmoq majburiyatining terminali yoki guruhli abonentlik tuguni; aloqa tuguni; axborotni aks ettirish vositalari; mashina vali (kompyuterli yoki displeyli) va axborot tashuvchilari omborxonasi; tashqi aloqa kanallari va tarmoqdagi jihozlar; axborotni yig'uvchilar va tashuvchilar. KT va T da axborotni ishonchli himoya qilish Himoya qilish elementi deganda esa, himoya qilinishi kerak bo'lgan ma'lumotlarni o'z ichiga olgan berilganlar to'plami tushuniladi. Yuqorida keltirilgan ta'rifga mos ravishda himoya qilish elementlari sifatida himoya qilish obyektlaridagi axborot bloklari (miqdorlar, to'plamlar, oqimlar, bazalar va boshqa) qatnashishi mumkin, xususan: kompyuterning asosiy xotirasidagi berilganlar va dasturlar; tashqi mashina tashuvchisidagi ( qattiq yoki egiluvchan disklardagi) berilganlar va dasturlar; shaxsiy kompyuterlar avtonom yoki tarmoqda ishlatilganda printerga chiqarilayotgan ma'lumotlar; monitor ekranida aks ettirilayotgan ma'lumotlar; aloqa kanallari bo'yicha uzatilayotgan ma'lumotlar paketlari; nusxa olish - ko'paytirish jihozlari yordamida ko'paytirilayotgan ma'lumotlar; foydalanuvchi tomonidan ro'yhatga olingan parol va prioritetlar vazifalarining jurnallari; masalalar to'plami bilan ishlash bo'yicha xizmatga doir yo'riqnomalar; berilganlar va dastur ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
119.9 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
119.9 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: ppt