Tok, kuchlanish, quvvat kuchaytirgichlari. Ko'p kaskadli kuchaytirgichlar Reja: 1. Tok, kuchlanish, quvvat kuchaytirgichlari. 2. Ko'p kaskadli kuchaytirgichlar. Magnitli bir va ikki taktli kuchaytirgichlar. Elektromashinali kuchaytirgichlar. Tayanch so'z va iboralar: kuchaytirgich, quvvat, kaskad, takt, elektromashina, magnitli kuchaytirgich, Doimiy tok kuchaytirgichlari(DTK) - vaqt bo'yicha juda sekin o'zgaradigan signallarni kuchaytirish uchun mo'ljallangan kuchaytirgichlardir. Shuning uchun doimiy tok kuchaytirgichlari 1-rasmda ko'rsatilgan ko'rinishdagi amplituda-chastota xarakteristikaga ega. . Bunday kuchaytirgichni yuklama, signal manbasi va kaskadlar orasidagi aloqa bevosita bo'lishi zarur, ya'ni kuchaytirgich kaskadlarining moslashtirish elementlari sifatida reaktiv elementlar(transformatorlar va kondensatorlar) qo'llanilmasligi mumkin, bu f=0 bo'lganda Ku=0 bo'lgan amplituda-chastota xarakteristikani ta'minlaydi. DTK ni ikki kaskadli kuchaytirgich misolida ko'ramiz Kuchaytirgich sxemasida qo'shni kaskadlar tranzistorlarining kollektor va bazalari bevosita ulangan. Kuchaytirgichning kirish zanjiriga kirish signali manbasi bilan kirish kompensatsiyalovchi kuchlanish Ekomp manbai ketma-ket ulangan. Kuchlanish kuchaytirgichi. 3-rasm. Kuchlanish kuchaytirgichida transiztorning ishlatilishi: (a) oddiy sxema, (b) aralash sxema. Elektron sxemalarda signallar doimiy yoki o'zgaruvchan bo'lishi mumkin. Bunday qurilmalar, masalan mikrofon o'zgaruvchan kuchlanish hosil qiladi, hosil bo'lgan kuchalnish kuchaytirilish zarur. Ba'zi signal manbalari, masalan fototranzistor va ba'zi detektorlar tok manbalari bo'lishi mumkin, bundan tashqari kuchlanishga ham o'zgartiradi. Quvvat kuchaytirgichi Garmonik signallarning quyi chastotali quvvat kuchaytirgichlari istalgan tizimning zaruriy elementi bo'lib hisoblanadi Bunday kuchaytirgichlarning asosiy parametrlaridan biri quvvat bo'yicha kuchaytirish koeffitsientidir. Koeffitsient yuklama qarshiligiga va kirish qarshiligiga bog'liq, shuningdek ta'minot kuchlanishi o'zgarishiga ham bog'liq. Chastota ishchi diapasoni - kuchaytirish koeffitsienti o'zgatmas qoladigan kuchaytirish chastotalar yo'lagi(oralig'i). Quyi chastotali kuchaytirgichlar uchun qanoatlatiruvchi sifatdagi ishchi diapazon 16Gs dan 20Gs gacha Transformatorsiz quvvat kuchaytirgichi 4-rasmda ko'rsatilgan. Bunday kuchaytirgichlar uchun yuklamadagi quvvat Pyu=10Vt, yuklama qarshiligi Ryu=8Om, chastota polosasi(yo'lagi, oralig'i) quyi chegarasi fq=250Gs dan yuqori chegarasi fyu=10 00 Gs gacha, garmonikalar koeffisienti Kg=10% Nazorat savollari: Tok, kuchlanish, quvvat kuchaytirgichlari ishlash printsipini tushuntiring? Ko'p kaskadli kuchaytirgichlar qanday kuchaytirgichlar? Magnitli bir va ikki taktli kuchaytirgichlar qanday ishlaydi? Elektromashinali kuchaytirgichlar qanday kuchaytirgichlar? Foydalaniladigan asosiy adabiyotlar va o'quv qo'llanmalar ro'yxati Dj Fruden. Handbook of Modern Sensors. - New Yourk: Sprinder Verlag. 2005. Arxipov A.M., Ivanov V.S., Panfilov D.I. Datchiki Freescale Semiconductor. Shipulin Yu.G. Элементы и устройства систем управления. Конспект лекций. - Ташкент: ТашГТУ, 2017. - 280с Галиев А.Л., Галиева Р.Р., Элементы и устройства автоматизированных систем управления. Учеб. Пособие. - Россия: Стерлитамак, 2008 -220 с. Клим Ю.М. Типовые элементы систем автоматического управления. - М: Форум: ИНФРА-М, 2004. -384 с. Бабиков М.А., Косинский А.В. «Элементы устройства автоматики»- М: Выс.шк. 2005. Yusupbekov N.R, Muxamedov B.I, Gulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish: texnika oliy oquv yurtlari talabalari uchun darslik. - T.: O'qituvchi, 2011. -576b. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
630.21 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
630.21 KB
Ko'rishlar soni
90 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: docx