Tolali optik aloqa kabellari montaji Reja: FSM-30S payvandlovchi apparatining konstruktiv tuzilishi Payvandlab ulash apparatining klaviaturasi Payvandlab ulangan toladagi defektlarni akslantiruvchi tasvir FSM-30S payvandlovchi apparatining konstruktiv tuzilishi. FSM-30S payvandlovchi apparat kvartsdan tayyorlangan optik tolalarni payvandlab ulash uchun qo'llaniladi. Bu apparat bir modali (SM), ko'p modali (MM), dispersiyasi siljitilgan (DS), erbii bilan legirlashtirilgan (LED) turidagi optik tolalarni payvandlab ulash mumkin, shular qatorida titan qobiqli va uglerod qatlamli tolalarni ham payvandlab ulash imkoni bor. Payvandlab ulovchi apparatning tashqi ko'rinishi 8.1-rasmda keltirilgan. Payvandlab ulovchi apparat avtomatik tarzda tolalar orasidagi oraliqni o'rnatadi, tola o'zagini va qobig'ini yustirovkalaydi, o'rnatilgan mikroprotsessor yordamida payvandlab ulangan tolalar joylashganlik holati bo'yicha yo'qotuvlar berishini baholaydi. O'zak bo'icha tolalarni bir-biriga yuzlashtirilishi SM, DS, CS turidagi tolalar uchun qo'llanilsa, qobiq bo'yicha tolalarni bir-biriga yuzlashtirilish jarayoni MM, LED turidagi tolalar uchun qo'llaniladi. Payvandlab ulovchi apparatiga bosim datchigi, termometr va gigrometr kabi datchiklar o'rnatilgan. Datchiklar elektr yoy quvvatini atmosfera bosimi, harorati va namlik holatlarini o'zgarishiga bog'liq. Payvandlab ulovchi apparat termo siqiluvchi gilzani qizdirish uchun o'rnatilgan qizdirish uskunasiga ega. Payvandlab ulash apparati o'zgaruvchan tokda 85-265 V kuchlanishida yoki o'zgarmas tokda 10-15 V kuchlanishida ishlatish mumkin. 8.2-rasmda FSM-30S payvandlab ulovchi apparatning asosiy elementlari ko'rsatilgan. Elementlarning nomlanishi 8.1-jadvalda keltirilgan. 8.1-rasm. FSM-30S payvandlab ulovchi apparatning tashqi ko'rinishi 8.1-jadval 8.3-rasmda FSM-30S payvandlab ulovchi apparat tasvirlangan. Elementlar vazifalari 8.2-jadvalda ko'rsatilgan. 8.4-rasmda FSM-30S yon tomondan ko'rsatilgan. Elementlar vazifalari 8.3-jadvalda keltirilgan. 8.2-jadval 8.3.-jadval 8.5-rasmda apparatning asosiy elementlari bilan bevosita tolani kiritish qismi ko'rsatilgan (yuqoridan ko'rinish). Elementlar vazifasi 8.4-jadvalda keltirilgan. 8.2-rasm. FSM-30S payvandlab ulash apparatini yuqoridan ko'rinish 8.3-rasm. FSM-30S payvandlab ulash apparatini old tomon ko'rinish 8.4-rasm. FSM-30S payvandlash apparati 8.4-jadval 8.6-rasmda FSM-30S apparatining klaviaturasi ko'rsatilgan. 8.5-jadvalda klaviatura tugmalarining vazifalari maluiotlari keltirilgan. 8.5-rasm. V-ko'rinishdagi oraliq qismi 8.6-rasm. Payvandlab ulash apparatining klaviaturasi 8.5-jadval Optik tolalarni payvandlashga tayyorlash Optik tolalarni payvandlab ulashdan oldin, kabel o'zagini gidrofob to'ldirgichini benzin bilan shimdirilgan latta yordamida artib tozalash kerak. Optik tolani payvandlab ulash ikki bosqichdan iborat: Tolani tashqi qobiqlaridan tozalash To'g'ri burchak ostida tolani kesish PS-02 stripperi yordamida bajariladi. Stripper ikki qisqichga ega bo'lib, har birida toladan qobiq qatlamini olib tashlash uchun pichoqlar mavjud. Tola qisman ochilgan qisqichlar orasiga, to'siqqacha, tashqi himoya qobiqlardan tozalash uchun stripperlar ishlatiladi. Hususan FSM-30S payvandlash apparati tarkibiga 8.7a-rasmda ko'rsatilgan (8.7b-rasm). So'ng qisqichlar yopilib, tola siqiladi va qo'l barmoqlari 8.7v-rasmda ko'rsatilganidek joylashadi. Stripperning harakatlanuvchi qismi 8.7g-rasmda ko'rsatilganidek chap tomonga tez suriladi. Tola pichoqlar orasidan o'tib tashqi himoya qobiqlaridan tozalanib bo'lganidan so'ngra qisqichlar ochilib tola stripperdan olinadi. Spirt bilan xo'llangan salfetka bilan tola tozalab artiladi. Tolani to'g'ri burchak ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.59 MB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.59 MB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: doc