Tolali optik aloqa liniyaning qurilish ishlari

Tolali optik aloqa liniyaning qurilish ishlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Tolali optik aloqa liniyaning qurilish ishlari - rasmi

Material tavsifi

Tolali optik aloqa liniyaning qurilish ishlari Reja: Qurilish ishlariga tayyorgarlik Optik kabellarni yotqizish usullari Kabelni oldindan kavlangan transheyaga yotqizish. Tolali-optik aloqa liniyasining qurilish ishlari deganda qurilishga tayyorgarlik, optik kabellarni yotqizish yoki ularni simyog'och va tayanchlarga osish, tolali-optik aloqa liniyasining montaj va o'lchov ishlari hamda ularni texnik ekspluatatsiyaga topshirish kabi tashkiliy va texnik tadbirlarning majmui tushuniladi. Tolali-optik aloqa liniyasining qurilish ishlarini olib borishda va qurilish ishlarini tashkillashtirish jarayonlarida qoida bo'yicha quyidagi tadbirlar bajariladi[2]: Tayyorgarlik tadbirlari tashkil etiladi va olib boriladi; Optik kabellar yotqiziladi va osiladi; Tolali-optik aloqa liniyasinig montaj ishlari bajariladi; Tolali-optik aloqa liniyasini ekspluatatsiyaga topshirish va qabul qilish - topshirish bo'yicha o'lchov ishlarini bajarish. Qurilish ishlariga tayyorgarlik (tashkiliy tadbirlar). Tolali-optik aloqa liniyalarining tayyorgarlik jarayonida quyidagi tadbirlar bajarilishi lozim: -qurilish ishlari uchun pudratchilar bilan shartnoma tuzish; -loyiha-smeta hujjatlarini o'rganish; -trassani va bajariladigan qurilish ishlarini tashkil etish loyihasida (POS-proyekt organizatsiya stroitelstvo) keltirilgan ma'lumotlarni etiborga olish va lozim bo'lsa qurilish buyurtmachisi (loyiha tayyorlovchi tashkilot bilan birgalikda) ko'rsatgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha kelishish; -kerak bo'ladigan ishchi kuchlarni aniqlash; -kerak bo'ladigan avtotransport, mexanizmlar, o'lchov, texnologik va boshqa qurilmalarni tayyorlash va aniqlash; -qurilish-montaj bo'limlarini trassa bo'yicha joylashtirish masalalarini yechish. Bundan tashqari tayyorgarlik davrida albatta bir qancha texnik tadbirlar ham bajarilishi lozim bo'lib, ular quyidagilardan iborat: -kabel maydonchasidagi hamma kabel g'altaklaridagi kabellarning kirish nazoratini o'tkazish, shu jumladan hamma optik kabellarni kirish nazoratidan o'tkazish. Kabel o'ralgan kabel g'altaklarini trassaga olib chiqish, kirish nazoratidan o'tmagan kabellarni yotqizish ruxsat etilmaydi. Kirish nazorati o'tkazilgan natija bayonnomalari bilan tasdiqlanib, bu bayonnomalar buyurtmachiga ishchi hujjatlar bilan birgalikda bajarilishi lozim bo'lgan hujjatlar bilan taqdim etiladi; -qurilish uzunlikdagi kabellarni guruhlashtirish. Kabellarni tanlashda quyidagilar etiborga olinadi, bitta regeneratsiya uchastkasida qo'llaniluvchi kabel bitta zavod tomonidan ishlab chiqarilishi, bir xil konstruktiv tuzilishda bo'lishiga (suv osti yoki havo orqali o'tuvchi optik kabellarni bir-biri bilan ulash uchun qo'llanuvchi kabellardan tashqari), bir xil turdagi optik tola va tolaning muhofazalovchi qoplami bir xil bo'lishiga etibor beriladi. Qurilish uzunlikdagi kabellarni guruhlashtirishda yerga yotqiziluvchi kabellarni iloji boricha trassaning turli xil kesib o'tiluvchi joylari kabel qurilish uzunligining oxir uchlariga keltirilishiga harakat qilish, bir-biri bilan ulanuvchi muftalarning joylanish joyi, montaj-o'lchov ishlarini bajaruvchi avtomashina borish imkoni bo'lishi kerak. Regeneratsiya uchastkasi uchun guruhlashtirish natijalari bo'yicha yotqiziluvchi qaydnoma tuziladi. Xar bir kabel g'altagi uchun kabel ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan taqdim etilgan hamma pasportlar, yotqiziluvchi kabellar kaydnomalari birgalikda yig'ilishi kerak. O'rganilgan loyiha hujjatlari asosida, hamda tolali-optik aloqa liniya trassasini to'g'ridan-to'g'ri ravishda joyida o'rganilgan ma'lumotlar, qurilish-montaj ishlarini bajaruvchi bosh pudratchi tashkilot bilan buyurtmachi birgalikda bajariladigan ishlar kelishilgandan so'ngra ishlarni bajarish loyihasi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 257.82 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 257.82 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga