Tortma analizning nazariy asoslari Reja: Kirish Tortma analizning mohiyati. Asosiy qism 1. Cho'kmalarga qoyiladigan talablar. 2. Cho'ktiruvchining miqdori. 3. Tuz effekti. 4. To'la cho'qishga temperaturaning ta'siri. 5. Amorf va kristall cho'kmalar. 6. Tortma analizdagi hisoblashlar. 7. Tuproqdagi namlik miqdorini aniqlash. Xulosa: Tortma analizning ahamiyati Tortma analizning mohiyati. Tortma analizda tekshirilayotgan moddadagi aniqlanayotgan element (ion) ning miqdorini, odatda bu elementni biror qiyin eriydigan birikma tarzida cho'ktirilganda hosil bo'lgan cho'kmaning og'irligiga qarab topiladi. Tortma analizda cho'ktirish usulidan tashqari boshqa usullar ham ishlatiladi. Tortma analiz modda tarkibidagi elementlar miqdorini aniqlashda keng qo'llaniladi. Bu usul yordamida fosforitlar, apatitlar, fosforli o'g'itlar to'proq va ozuqalar tarkibidagi fosforni aniqlash mumkin RO3-4 ioni NH4Mg PO4 tuzi xolida cho'ktiriladi, u qattiq qizdirilganda Mg2P2O7 (magniy pirofosfat) ga aylanadi. Ohakdosh dolomit va silikatlar tarkibidagi kaltsiy miqdorini ham aniqlash mumkin. Bunda Mg2+ ioni NH4MgPO4 xolida, Sa2+ ioni esa CaC2O4 xolida cho'ktiriladi. SaS2O4 qattik qizdirilganda SaO hosil bo'ladi. Miqdoriy analiz o'tkazilayotganda quyidagi ketma-ketlikka amal qilinadi. O'rtacha namuna olish va analizga tayyorlash. Namunani o'lchab olish. Eritish. Aniqlanadigan elementni to'liq cho'ktirish. Filtrlash yo'li bilan hosil bo'lgan cho'kmani ajratish. Cho'kmani yuvish. Cho'kmani kuritish va qattiq kizdirish. Tortish. Analiz natijalarini hisoblash. Cho'kmalarga qo'yiladigan talablar. Elementning biror qiyin eriydigan birikmasi bir kator talablarni kanotlantirgandagina undan tortma analizning cho'ktirish usulidan foydalanish mumkin. Yan a shunga e'tibor berish kerakki, analiz vaqtida olingan cho'kmalarni odatda kizdirishga to'g'ri keladi. Kizdirish paytida kupgina cho'kmalar kimyoviy o'zgarishlarga uchraydi.Natijada kupincha cho'ktirilgan birikmani emas balki, qandaydir boshqa birikmani tarozida tortiladi. Shu sababli ogirlik analizida cho'ktiriladigan forma va tortiladigan forma bo'ladi. Tegishli reaktiv ta'sirida eritmadan cho'ktirilgan birikma cho'ktiriladigan forma deyiladi. Analizning oxirgi natijasini olish uchun tarozida tortiladigan birikma esa tortiladigan forma deyiladi. Masalan Fe3+ va Al3+ ni aniqlashda analiz kilinayotgan eritmaga NH4OH ta'sir ettirilganda hosil bo'ladigan Fe(OH)3 va Al(OH)3 gidroksidlar cho'ktiriladigan forma bo'ladi. Ularni kizdirilganda hosil bo'ladigan suvsiz oksidlar Al2O3 va Fe2O3 esa tortiladigan forma bo'ladi. Masalan: 2Fe (OH)3 = Fe 2 O3 + 3 H2O Ca2+ ni aniqlashda kaltsiy oksalat SaS2O4N2O cho'ktiriladigan forma bo'lib, uni kizdirgan vaqtda hosil bo'ladigan kaltsiy oksid-SaO tortiladigan forma bo'ladi. SaS2 O4N2O= Sa O+ SO↑2 +SO↑ +N2O Cho'ktiriladigan formaga qo'yiladigan talablar. 1. Cho'ktiriladigan forma nihoyatda kam eriydigan bo'lishi kerak, aks holda aniqlanayotgan ion (elementni) amalda To'la cho'ktirish mumkin emas. 2.Cho'kmaning strukturasi mumkin qadar tezlik bilan filtrlashga va begona qo'shimchalardan tozalab yuvishga imkon bersa maqsadga muvofik bo'ladi. Yirik kristall xoldagi cho'kmalar ishlash uchun qulaydir, chunki ular filtrning teshikchalarini deyarli tusib kolmaydi va yuzasi uncha katta bo'lmaganligi uchun eritmadagi boshqa moddalarni kam adsorbilaydi va ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:27:23
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.45 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:27 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.45 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: doc