Total Commander Total Commander - bu programma fayl menedjer qatori ishlatish uchun chiqarilgan programma. Programmaning ko'rinishida bir vaqtning o'zida 2 ta disk ochishingiz mumkin. Programmani o'zida ko'p ish qilsangiz bo'ladi, undan tashqari yangi plaginlar (biror ishni qilib beradigan imkoniyat) qo'ysangiz bo'ladi. Programmani ishlatish juda qulay, barcha ishlarni faqatgina klaviatura yordamida qilishingiz mumkin. Programmaning imkoniyatlari juda ko'p. Klaviaturadan ishlatish: (F5) Ko'chirib o'lish (Alt + F1) Barcha disklarni ro'yxati u yerdan siz xohlagan diskni ko'rishingiz mumkin (Alt + F2) Ikkinchi oynadagi barcha disklarni ro'yxati (Alt + F7) Izlash uchun chiqarilgan (F7) yangi papka yaratish (Ctrl + b) bu imkoniyat orqali siz papkalarni ichini ochmasdan barcha ma'lumotlarni ko'rishingiz mumkin Programmada yana boshqa tugmalar o'rqali ishlatsangiz bo'ladi. Programmaning ko'rinishi: Total Commander darchasi(panel)ni boshqarish Shaxsiy rukniga Edmon Dantes. tomonidan joylashtirildi - 327 marta ko'rilgan Ekrandagi Total Commander ning o'ng yoki chap darchasidan biri hamma vaqt aktiv, ikkinchisi noaktiv bo'ladi. Total Commander dagi ishlovchi tamonidan bajariladigan ishlar odatda aktiv darchada bajariladi. Darchalar quyidagi Tab(yoki CTRL+I) tugmachalar yordamida boshqariladi. - [Alt-F1]- chap darchaga disk mundarijasini chiqarish; - [Alt-F2]- o'ng darchaga disk mundarijasini chiqarish Mustaqil ravishda barcha punktdagi buyruqlarni o'zingiz tekshirib, ko'rib chiqasizlar. Total Commander ning funksional tugmachalari vazifalari Total Commander dasturi ekranining quyi qismida funksional tugmachalar vazifalari haqida qisqa ma'lumot joylashgan. Bu funksional tugmachalar va tugmachalar majmuasining qisqacha tavsifini keltiramiz. F1-Total Commander bilan ishlash jarayonida tugmachalar vazifasi haqida ma'lumot (yordam) beradi. F2- kursorni tanlangan papkani yozuvini qayta nomlash imkoniyatini beradi. F3 - fayl mazmunini ko'rishda ishlatiladi. Matnli, arxivlangan matn muharrirlarida tayyorlangan hujjatlarni ko'rishda ishlatiladi. F4 - faylni taxrirlashda ishlatiladi. F5 - fayldan nusxa olishda ishlatiladi. F6 - fayl yoki katalogni qayta nomlashda ishlatiladi F7 - yangi katalog tashkil qilish uchun ishlatiladi. F8 - fayl yoki katalog (fayllar guruhi yoki kataloglar)ni o'chirishda ishlatiladi. Alt-F1 - chap darchada disk tanlanadi. Alt-F2 - o'ng darchada disk tanlanadi. Alt-F4-ishchi dasturdan chiqish yoki yopish. Alt-F5 - ajratilgan fayllar siqib arxivga joylashtirishda ishlatiladi. Alt-F6-arxiv fayllarni ochishda ishlatiladi. Alt-F7 - diskdagi faylni qidirish. Alt-F8 - DOS buyruqlar satriga o'tish. Alt-F9 - Alt-F6-arxiv fayllarni ochish singari ishlatiladi Shift - F3 - matnli fayllarni ko'rish va taxrirlash. Alt+Tab - ishchi oyna va masalalar panelidagi dasturlarni galma-gal ishga tushirish. Ctrl+Q- ikkinchi panelda o'rnatilgan dasturlar yordamida ixtiyoriy tipdagi fayllarni ko'rish(matnli, klip, kino va x.k.z). Probel tugmachasi -tanlangan fayl va papkalarni hajmini ko'rsatadi. Total Commander (TOTAL COMMANDER) qobiq dasturini o'rgatilishidan maqsad bir-biri bilan bog'liq har qanday jarayonlarni o'rgatishda, jarayonning o'zini yoki jarayondan hosil bo'lgan natijalarni ularning o'xshashliklari, imkoniyatlarining oldingidan ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
89.42 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
89.42 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: doc