Tovushli kompakt disklar va wav fayllari bilan ishlash Tovushli kompakt disklar va WAV fayllar bilan ishlash imkoniyatlari Dastur videofayllarini ifodalash va ko'rishdan tashqari, universal vosita sifatida audio kompakt disklarni ifodalash hamda tovushli fayllarni tinglash imkonini beradi. Kompakt diskni ifodalash uchun menyning Ustroystvo (Device) bandidagi Audio kompakt disk (CD Audio) buyrug'ini tanlab Vosproizvedeniye (Play) tugmasini bosamiz. Ushbu natijaga menyning Fayl (File) bandidan Otkrit (Open) buyrug'ini berib, mos Otkrit (Open) muloqot oynasidagi Tip fayla (Files of type) ro'yxatidan Audio kompakt disk (CD Audio) elementini tanlash bilan erishish mumkin. Shunday qilib, Media Player dasturi muhitida audio kompakt disk standart multimedia fayl tariqasida qaraladi. Bu fayl ochilganidan so'ng menyning Ustroystvo (Device) bandidan Svoystva (Properties) buyrug'i orqali mos muloqot oynasini ochamiz va unda jamlovchilardan birini tanlab tovushning balandligini o'rnatamiz. O'z vaqtida WAV faylini ochish uchun esa menyning Ustroystvo (Device) bandidagi Zvuk (Sound) yoki Fayl (File) bandidagi Otkrit (Open) buyrug'ini tanlab Vosproizvedeniye (Play) tugmasini bosamiz. Bufer hajmi bevosita sekundlardagi yozuvni ifodalash uzoqligi bilan beriladi. Bunday tahrirlashsiz buferning hajmi 4 sekundga teng. Tovushli fayllar bilan ishlash imkoniyatlari nuqtai nazaridan buferning o'lchovi qanchalik katta bo'lsa, foydalanuvchiga shuncha qulayliklar kiritilgan bo'ladi, aslida bu o'z vaqtida boshqa xotira hajmini kamaytiradi. Diskni tekshirish (Scan Disk) Scan Disk dasturi disklardagi nosozliklarni tekshiradi, papkalar va asosiy diskdagi fayllarning xatoliklarini aniqlaydi. Bu programma Windowsdan noto'g'ri chiqqanda (Puskrabotikompyuter) o'z-o'zidan ishga tushadi. PuskProgrammiStandartnieClujebnie programmi qism menysida Proverka diska (ScanDisk) bo'limi nomi sichqoncha bilan 2 marta bosilsa, ekranda dasturning muloqot oynasi hosil bo'ladi. Bu oynada tekshirilishi kerak bo'lgan disk nomlarini tanlash mexanizmi aks ettirilgan. Tekshirish ikki-Standart (Standartnaya) yoki to'laqonli (Polnaya) rejimda bajarilishi mumkin. Bu rejimlardan keraklisi va xatoliklarni avtomatik to'g'rilash (Ispravlyat oshibki avtomaticheski) holati tanlanib Zapusk tugmasi bosiladi. Diskni Defragmentatsiya qilish (Defrag) Ma'lum vaqt o'tgandan so'ng ko'pchilik fayllar fragmentlarga ajratiladi va ular diskning har xil bo'laklarida joylashib qoladi, bu esa faylni o'qish va saqlash ishlarini sekinlashtiradi. Fayllarni bir joyga to'plash va ularni siqish jarayoni defragmentatsiya deb yuritiladi va bu jarayon fayllarni yozish va o'qishni tezlashtirish imkonini beradi. Fayllarni defragmentatsiya qilish-Defragmentatsiya diska Defrag dasturi yordamida amalga oshiriladi. Bu dastur ishlaganda, ekranda defragmentatsiya oynasi ochiladiva defragmentatsiya jarayoni qanday kechayotgani protsentlarda ko'rsatilib turiladi. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
999.65 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
999.65 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: ppt