Translyator, kompilyatorva interpretator tushunchalari Reja: Translyator Kompilyator Interpretator Translyator deb boshlang'ich tildagi dasturni natijaviy tildagi ekvivalent dasturga o'giruvchi dastur tushuniladi. Etibor qilgan bo'lsangiz ushbu ta'rifda uch marta dastur so'zi ishlatilmoqda. Birinchi navbatda translyator - bu kompyuter dasturi. Boshqa xar qanday dastur kabi translyator xam boshlang'ich ma'lumotlarni qayta ishlab natija hosil qiladi. Translyator uchun boshlang'ich ma'lumot - boshlang'ich tildagi dastur hisoblanadi. Translyator ishining natijasi esa natijaviy tildagi dastur. Masalan Borland korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan S++ tilining translyatorini qaraylik. Siz yozgan prog1.cpp nomli fayl ushbu translyator uchun boshlang'ich ma'lumot bo'lib hisoblanadi. Translyator ishini tugatgandan so'ng, translyatsiya natijasi - prog1.exe fayli hosil bo'ladi. Ushbu fayl Sizning S++ yozgan dasturingizning mashina tilidagi ko'rinishi bo'lib hisoblanadi. Shu o'rinda ekvivalent dastur tushunchasini aniqlashtirib o'tish lozim. Faraz qilaylik P1 biror dastur bo'lsin, uning qaysi tilda yozilganligining ahamiyati yo'q. Biz ushbu dasturni boshlang'ich ma'lumotlar to'plami I ni natijaviy ma'lumotlar to'plami O ga akslantirish sifatida talqin qilishimiz mumkin (rasmga karang). Rasm Dastur akslantirish sifatida Ushbu rasmda kvadrat tenglamani yechish uchun mo'ljallangan P1 dastur uchun boshlang'ich qiymatlar to'plami I va natijaviy qiymatlar to'plami O ko'rsatilgan. Faraz qilaylik, P2 - kvadrat tenglamani yechish uchun mo'ljallangan dastur bo'lsin. Har ikkala dastur ixtiyoriy bir hil boshlang'ich qiymatlar uchligi () uchun bir xil natija qaytarsa bu dasturlar ekvivalent deyiladi. Aniqrog'i va dasturlar ekvivalent dasturlar deyiladi, agar uchun shart bajarilsa. Ekvivalentlik tushunchasini izohlovchi rasm quyida keltirilgan (rasm 2 ga qarang). Translyatsiya jarayoniga nisbatan ekvivalentlik tushunchasi quyidagini anglatadi. Algoritmik tildagi har qanday P1 dastur ma'lumotlarni qayta ishlashning biror jarayonini tavsifidan iborat, translyatsiya natijasida hosil qilingan natijaviy tildagi P2 dastur ham aynan shu jarayonni tavsiflaydi. Rasm. Dasturlarning ekvivalentligini izohlovchi rasm Translyatsiya jarayoni ikki bosqich: tahlil (analiz) bosqichi va natijaviy tildagi dasturni hosil qilish (sintez) bosqichidan iborat. Analiz bosqichida boshlang'ich tildagi dastur tahlil qilinadi va dasturning ichki ko'rinishi hosil qilinadi. Sintez bosqichida ushbu ichki ko'rinish asosida natijaviy tildagi dastur hosil qilinadi. Translyatsiya jarayonini birinchi yaqinlashishda quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Rasm. Translyatsiya jarayonining soddalashtirilgan sxemasi. Shunday qilib, translyator ikkita vazifani bajaradi: 1) Agar boshlang'ich tildagi dasturda hech qanday xato bo'lmasa, u natijaviy tildagi dasturni hosil qiladi; 2) aksincha boshlang'ich tildagi dasturda xatolar bo'lsa, u holda xatolar uchragan satr va xatolik tipi haqida ma'lumot xabar beradi. Kompilyator deb boshlang'ich tildagi dasturni mashina kodlariga o'giruvchi translyator tushuniladi. Kompilyator tomonidan hosil qilingan dastur obyektli kod deb ataladi. Aksariyat hollarda obyektli kod bevosita mashinada bajarish uchun yaroqli bo'lmaydi. Buning sababi shundaki, birinchidan barcha dasturlash tillarining kompilyatorlari, amaliyotda ko'p uchraydigan dasturlash masalalarini hal qilish ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
66.32 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
66.32 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: doc