Transport sathi deytagrammalarning foydalanish protokoli UDP (user datagram protocol)

Transport sathi deytagrammalarning foydalanish protokoli UDP (user datagram protocol)

O'quvchilarga / Informatika va AT
Transport sathi deytagrammalarning foydalanish protokoli UDP (user datagram protocol) - rasmi

Material tavsifi

Transport satxi deytagrammalarning foydalanish protokoli udp (user datagram protocol) Reja: 1. Transport satxiningfunksiyalari 2. UDP segmentining nazorati yig'indisi 3. UDP segmentiningstrukturasi 1. Transport satxiningfunksiyalari Transport satxi oxirgi tizimlarda bajarilayotgan amaliy jarayonlarga xizmatlarni ibevosita taqdim etadi. Transport satxi protokoli turli xostlarda bajarilayotgan amaliy jarayonlar orasidagi mantiqiy ulanishlarni ta'minlaydi (16.1 rasm). Ilovalar nuqtai nazaridan, mantiqiy ulanish -jarayonlar orasidagi real bog'lanish marshrutizatorlar va turli aloqa liniyalarining uzundan uzoq zanjirlari yordamida amalga oshirilishiga qaramasdan, jarayonlarni bevosita bog'lovchi kanaldir. Mantiqiy ulanish fizik infrastrukturadan mustaqil ravishda jarayonlarga ma'lumot almashtirish imkonini beradi. Transport satxi protokollari oxirgi tizimlar tomonidan qo'llab quvvatlanadi, lekin marshrutizatorlar tomonidan qo'llab quvvatlanmaydi. Marshrutizatorlar tarmoq satxi xabarlarini qayta tshlashadi va transport satxidagi xabarlarga xech qanday ta'sir ko'rsatmaydi. Internetda (aniqrog'i TCPIP protokolini qo'llab quvvatlaydigan istalgan kompyuter tarmog'ida) transport satxining ikkita protokoli mavjud - UDP (User Datagram Protocol - foydalanuvchi deytagrammalari protokoli) protokoli va TCP (Transmission Control Protocol - uzatishni boshqarish protokoli) protokoli. UDP protokoli ilovalarga mantiqiy ulanish o'rnatmasdan ishonchsiz ma'lumotlar uzatish xizmatini taqdim etadi, aksincha, TCP protokoli mantiqiy ulanish o'rnatib, ishonchli ma'lumotlar uzatish xizmatini taqdim etadi. Yangi ilovani yaratayotganda ishlab chiqaruvchi o'z mahsuloti uchun transport satxining ikkita protokoldan birini tanlashi lozim. UDP va TCP larning asosiy vazifasi tarmoq satxi protokoli (IP) taqdim etadigan, oxirgi tizimlar orasida ma'lumotlar almashtirish xizmati yordamida, oxirgi tizimlarda bajariladigan, jarayonlar orasida ma'lumotlar almashinishini ta'minlaydi. Oxirgi tizimlar orasidagi ulanishning jarayonlar satxigacha bunday davomliligi transport satxida multipleksirlash va demultipleksirlash deyiladi. Shuningdek UDP va TCP protokollari o'z sarlavhasiga xatoliklarni aniqlash maydornini kiritib, ma'lumotlarni uzatilishda buzilish bo'lmasligini ta'minlaydi, 1- rasm. Transport satxi amaliy satxlar orasida fizik ulanishni emas, mantiqiy ulanishni ta'minlaydi. 2. UDP segmentining strukturasi UDP protokoli IP protokoliga asoslanadi va amaliy jarayonlarga transport xizmatlarini taqdim etadi. U ma'lumotlarni kafolatlanmagan etkazilishini ta'minlaydi, yani ularni olinganligi tasdiqlanishini talab qilmaydi, shuningdek axborot manbai va qabullovchi orasida, yani UDP modullari orasida ulanish o'rnatilishini talab qilmaydi. UDP protokoli transport satxi xizmatlarining minimal to'plamini kafolatlaydi, jumladan: -jarayonlar orasida ma'lumotlar almashtirish xizmati; -xatoliklarni nazoratlash. UDP protokoli trafikni nazoratlamaydi -ma'lumotlar keraklicha davomli vaqtda istalgan tezlikda uzatilishi amalga oshiriladi. Internet - ilovalar ishlab chiqaruvchilari uchun UDP protokoli TSP protokoliga qaraganda quyidagi to'rtta afzalliklarga ega: -ulanish o'rnatilishi protsedurasi mavjud emas - uzatish jarayoni kechiqishi kamayadi; satxlaridaamalga oshirilishi va ular bilan bog'langan UDP portlarga misollar keltirilgan -ulanish holati haqida axborot mavjud emasligi - UDP server TSR serverga nisbatan ko'proq mijozlarga xizmat ko'rsatishi mumkin; -sarlavha o'lchamining katta emasligi - UDP 8bayt, TSR 20bayt; -ilova tomonidan ma'lumotlar uzatilishi boshqarishining yaxshilangan mexanizmi - real vaqt ilovasi ma'lumotlar uzatilish minimal ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 385.61 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 385.61 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga