Reja: 1. Turbo-paskal muxitini o'rnatish 2. Paskal muxitining asosiy fayllari 3. Turbo-paskal muhitida ishlash Turbo-Paskal muxitini o'rnatish Turbo Paskalning professional programmalash - 7 versiyasi (Turbo Passal Professional) Borland International Ins firmasining bir nechta disketalarida beriladi. SHu disketalarning biri «INSTALLG'COMPILER» deb nomlanadi va bu disketada INSTALL.EXE programmasi mavjud. Turbo Paskalni muhitini o'rnatish uchun yuqorida ta'kidlangan disketani diskovodga qo'yib, programmani ishga tushiriladi. Programma Sizdan bir necha savollarga javob berishni taklif qiladi: qaysi diskovoddan Turbo Paskalni ishga tushirmoqchisiz? Turbo Paskalni vinchesterga o'rnatasizmi? qaysi kataloglarda Turbo Paskalning ishchi fayllarini joylashtirish lozim? Agar Sizda etarli asos bo'lmasa, taklif qilingan katalog ismlari bilan chegaralangan ma'qul. Bu holda sizdan faqatgina, disk ismini o'zgartirish talab etiladi. SHundan so'ng, INSTALL.EXE programmasi o'zining ishini davom ettiradi va uning so'rovi bo'yicha navbat bilan, ko'rsatilgan nomli disketalarni diskovodga kuyiladi. Natijada Turbo Paskal ishga tayyor holga keladi. Faraz qilaylik, Turbo-Paskalni urnatishda odatdagi «S» diskning o'rniga «D» diskni tanladingiz, bu holda sistema quyidagi kataloglarda joylashdi: UTILS TP D TVIZION TP D TVDEMOS TP D TURBO TP D DOCDEMOS TP D DOC TP D DEMOS TP D BGI TP D TP D - - : , - - : , - - : , 3 - - : , - - : , - - : , - - : , - - : , - : Paskal muxitining asosiy fayllari Turbo Paskalning asosiy fayllari - - : TP D katalogida joylashgan bo'lib, ular quyidagilardir: Turbo.exe - programmani yaratish uchun lozim bo'lgan integrallashgan muhit (Turbo Passal Integrated Development Environment) fayli; Turbo.hlp - tezkor yordam ma'lumotlarini saqlovchi fayl; Turbo.tp - Turbo.exe dasturi foydalanadigan sistema konfigurasiyasining fayli; Turbo.tpl - Turbo Paskalning rezident modullari (Resident units); Tptour.exe - integrallashgan muhitda ishlashni tanishtiruvchi dastur. Bulardan tashqari, BGI TP D ғ ғ : katalogida Paskalning grafik rejim ishini ta'minlovchi fayllar mavjud: Graph.tpu - Turbo Paskalning barcha grafik dasturlarini ishlashi uchun zarur bo'lgan modul; BGI kengaytmali bir nechta fayl-videosistemalarning turli tiplari bilan ishlashni ta'minlovchi drayverlar; CHR kengaytmali bir nechta fayl - vektorli shriftlarni o'z ichiga oluvchi fayllar. Turbo-Paskal muhitida ishlash Bugungi kunda kasb-xunar kollejlarida va oliy ta'lim muassasalarida Turbo Paskalning 5-7 versiyalari keng tarqalganligini va undan foydalanish qulayligini hisobga olingan xolda, quyida Turbo Paskalning shu versiyalari uchun umumiy bo'lgan tomonlarini ko'ramiz. Turbo Paskal muhiti Turbo.exe faylidan ishga yuklanib, uning asosiy vazifasi Paskal tilidagi programmani taxrirlash va mashina kodiga o'tkazishdan iboratdir. Turbo Paskal muhitini yuklash natijasida bosh menyu hosil bo'lib, uni aktivlashtirish uchun, F10 tugmachasidan foydalaniladi. Bosh menyu quyidagi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.83 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.83 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: doc