Reja: Paskal tilining alfaviti Operatorlar Ismlar va identifikatorlar Ehlonlar O'zgaruvchilar Funktsiyalar va protseduralar Programma matnini yozish qoidalari 1. Paskal tilining alfaviti Ma'lumki, har qanday tilni o'rganish uning alfavitini o'rganishdan boshlanadi. Tilning alfaviti - shu tilgagina tegishli bo'lgan asosiy belgilari va tushunchalar to'plamidan iborat bo'ladi. Paskal tilining alfavitini tashkil etuvchi asosiy belgilar jamlamasini 3 guruhga ajratish mumkin: harflar, raqamlar va maxsus belgilar. Til alfavitining metalingvistik (Bekus - Naur) formulasi quyidagicha bo'ladi: ::қ Harf sifatida katta va kichik lotin harflari ishlatiladi. Lekin, matnlar va programmaga izohlar yozish uchun kirill alifbosining bosh va kichik harflarini ham alfavitga kiritilgan. Raqamlar sifatida oddiy arab raqamlari olingan: ::қ012349 Maxsus belgilar ko'p sonli va bir jinssiz bo'lganligi uchun ularni o'z navbatida 4 ta guruhga ajratamiz: ::қ. ::қ * Ғ Қ - Bu amallar mos ravishda ko'paytirish, bo'lish, qo'shish va ayirish belgilari hisoblanadi. Solishtirish amallarining belgilari, ularning matematik ifodasi va amallarning ma'nosi 1-jadvalda o'z ifodasini topgan. Bu yerda shu narsaga ahamiyat berish kerakki, bahzi bir amallar ikkita belgi orqali ifodalangan. 1-jadval Ajratgichlar guruhini quyidagi belgilar tashkil qiladi: ::қ . , : ; ( ) [ ] ' :қ Ajratgichlarning vazifalarini tilni o'rganish davomida aniqlab boramiz. Xizmatchi so'zlar guruhi juda keng, shuning uchun bu so'zlarni hammasini birdaniga yodlab, eslab qolish shart emas, balki ulardan foydalanish davomida ketma-ket eslab qolinaveradi: ::қand array begin case const div do downto else end for function goto if in label mod nil not of or 'acked 'rogram | 'rocedure record re'eat set then to ty'e until var while with 2. Operatorlar Operator tushunchasi tilning eng asosiy tushunchalaridan biri bo'lib, har bir operator tilning yakunlangan jumlasi hisoblanadi va ma'lumotlar tahlilining tugallangan bosqichini ifodalaydi. Operatorlarni ikki guruhga ajratish mumkin. 1-guruh operatorlarining tarkibida boshqa operatorlar qatnashmaydi va bu operatorlarni asosiy operatorlar deb ataladi. Asosiy operatorlar jumlasiga quyidagi operatorlar kiradi: o'zlashtirish operatori, protsedura operatori, o'tish operatori, bo'sh operator. 2-guruh operatorlarining tarkibida esa boshqa operatorlar ham qatnashib, ular tarkibiy operatorlar deb ataladi. Ular jumlasiga quyidagi operatorlar kiradi: tashkiliy operator, tanlov operatori, takrorlash operatori, ulash operatori. Masalani yechish algoritmida yuqoridagi ikki guruh operatorlarining ketma-ketligi cheklanmagan miqdorda qatnashishi mumkin. Bu ketma-ketlikdagi operatorlar o'zaro ; ajratish belgisi orqali ajratiladi, yahni programma matnining yozuvi alohida operatorlarga bo'linadi. SHunday qilib, S orqali ixtiyoriy yozish mumkin bo'lgan operatorni belgilasak, masala yechilishining algoritmi quyidagi ketma-ketlik bo'yicha ifodalanishi mumkin: S; S; ;S. Operatorlarning bu ketma-ketligi ularning programmada yozilish tartibi bo'yicha bajariladi. SHunday qilib, operatorning ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.55 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.55 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:35 ]
Arxiv ichida: doc