Turistik rekreatsion xizmatlar sohasini pasportlashtirish

Turistik rekreatsion xizmatlar sohasini pasportlashtirish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Turistik rekreatsion xizmatlar sohasini pasportlashtirish - rasmi

Material tavsifi

Turistik rekreatsion xizmatlar sohasini pasportlashtirish Reja: Samarqand viloyatidagi turistik-rekreatsion xizmatlar sohasi korxonalari to'g'risidagi batafsil ma'lumotlarni olish va pasportlashtirish Korxonalarning ishlab chiqarish, xo'jalik va ijtimoiy faoliyatini shakllantirish uchun zaruriy resurs salohiyatini boshqarishning axborot analitik tizimi uchun poydevorini yaratish Hududning turizmga ixtisoslashuvini aniqlash Samarqand viloyatidagi turistik-rekreatsion xizmatlar sohasi korxonalari to'g'risidagi batafsil ma'lumotlarni olish va pasportlashtirish Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o'tishi munosabati bilan xizmatlarning sifati va nomenklaturasi kengaydi. Uning tarkibiga turizm-ekskursiya xizmatlarining kirib kelishi viloyatda turizmning moddiy-texnik bazasini tashkil qilish va yanada rivojlantirish zaruriyatini tug'diradi. Bu o'z navbatida hozirgi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida yangi ish o'rinlarini ochilishiga erishishni ta'minlaydi. Turistik resurslar mintaqada turizmni rivojlantirish yo'nalishlarini belgilab beruvchi omildir. SHu sababli ularni baholash, muhofaza qilish va foydalanish masalalarini yechish bugungi kunda o'ta muhimdir. Ammo mintaqadagi mavjud turistik resurslar hozirgi kunda to'liq kadastrdan o'tmagan. Bu esa ularni ro'yxatga olish, salohiyatini o'rganish va baholashda bir qancha qiyinchiliklarni tug'dirmoqda. Bu muammoni bartaraf qilish uchun turistik-rekreatsion kadastrni tuzishni tashkil qilish lozim. Turizm kadastri asosida turistik resurslarni pasportizatsiya qilish va iqtisodiy baholashni amalga oshirish mumkin. Kadastrlashning asosiy maqsadi turizmni rivojlantirishda zarur bo'lgan sarfxarajatlarni aniqlash va ularning samaradorligini baholashda muhim ahamiyatga ega. Turistik resurslar kadastrida ularning tavsifi, tasnifi va ro'yxati aniq belgilangan bo'lib, unda iqtisodiy samaradorlik darajasi, miqdor va sifat jihatdan bahosi, resurslardan foydalanishning asosiy istiqbollari hamda ularni muhofaza qilishning muhim jihatlari ko'rsatilishi lozim. Mintaqaning turistik resurslarining yagona kadastrini ishlab chiqish: mintaqada turizmini rivojlantirishni loyihalashtirish; loyihaning amalga oshirilganligini nazorat qilish; turistik resurslarning iste'mol darajasi nazoratini va hudud salohiyatini qayta tiklash; hududga turistik oqimni ajratish; resurslarni iqtisodiy baholash; turistik marshrutlarni loyihalashtirishni asoslash kabi imkoniyatlarni yaratadi. Tadqiqotlar natijasi ko'rsatdiki, Samarqand shahri va atrofidagi mavjud turistik resurslar joylashganligi bu yerda qisqa muddatli sayyohlik, ekskursiya xizmatlarini tashkil etish uchun qulaydir. Samarqand shahriga yaqinda joylashgan bir qancha dam olish maskanlari mavjud. Bular esa butun Samarqand viloyatining turistik resurslaridan foydalangan holda turizm turlarini rivojlantirish yo'nalishlarini aniqlash imkonini beradi. Turistik turlarni tashkil qilish uchun viloyatda bizning fikrimizcha quyidagi imkoniyat mavjuddir. Korxonalarning ishlab chiqarish, xo'jalik va ijtimoiy faoliyatini shakllantirish uchun zaruriy resurs salohiyatini boshqarishning axborot analitik tizimi uchun poydevorini yaratish Mintaqada turistik resurslardan samarali foydalanish maqsadida mazkur turizm turlarini rivojlantirish uchun tarixiy-me'moriy va arxeologik tanishuv turizmi, diniy turizm, madaniy-etnografik turizm va ekologik turizmga doir istiqbolli turistik marshrutlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. 6-jadval Samarqand viloyati turistik resurslari asosida turizm turlarini rivojlantirish yo'nalishlari Hududning turizmga ixtisoslashuvini aniqlash Tarixiy-madaniy obyektlarning, turistik marshrutlarning, turizm infratuzilmasi obyektlarining ma'lumotlar bazasini va bankini shakllantirish Ushbu tizim GIS dasturlarida kompyuterda geografik ma'lumotlar bilan bajariladigan jarayonlarni o'z ichiga oladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 838.05 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 838.05 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga