Turistik salohiyatni rayonlashtirish

Turistik salohiyatni rayonlashtirish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Turistik salohiyatni rayonlashtirish - rasmi

Material tavsifi

Turistik salohiyatni rayonlashtirish Reja: 1.Turistik salohiyatni o'rganish 2.Hududni turistik rayonlashtirish 3.Turistik geoaxborot tizimini shakllantirishning bosqichlari 4.Turistik hududni ma'muriy chegaralari bo'yicha va haqiqiy chegaralari bo'yicha bo'lish Turistik salohiyatni o'rganish Islohotlarning chuqurlashuvi natijasida mamlakat turizm salohiyati azaldan mehmondo'stlikni joyiga qo'yib, ko'pchilikka o'rnak bo'lgan xalqimiz istiqlol yillarida ana shu ajoyib fazilatini sayyohlik industriyasi, xizmat ko'rsatish va servis sohasini takomillashtirish orqali yanada yaqqolroq namoyon etmoqda. Buni amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasining Turizm to'g'risidagi Qonuni, Birinchi Prezident I.A.Karimovning O'zbekistonda turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash to'g'risidagi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qo'llabquvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori muhim dasturilamal bo'lib xizmat qilmoqda. Hamda hozirgi kunda yurtimizdagi 5 tadan ortiq oliy o'quv yurti hamda 15 tadan ortiq kollejlarda mazkur soha uchun malakali kadrlar tayyorlanmoqda. Avvalo, mamlakatimiz hududida turli davr va sivilizatsiyaga dahldor 4 00 tadan ortiq qadimiy me'morlik va san'at yodgorliklarining mavjudligi, ulardan 140 tasining YUNESKO tomonidan muhofazaga olingan tarixiy obyektlar ro'yxatiga kiritilganligi yuqoridagi fikrlarni to'la tasdiqlaydi. Ayniqsa, uzoq asrlar mobaynida Buyuk ipak yo'lining ko'plab muhim tarmoqlari kesishgan yerda joylashgan O'zbekistonning boy sayyohlik imkoniyati, ya'ni mamlakat turizm salohiyatining ijobiy holati bugun mutaxassislar yuqori baholashmoqda. Chunki, iqtisodiyotning barcha istiqbolli sohalari qatori xalqaro turizmning rivojiga alohida e'tibor qaratildi. Bu esa mamlakatimizdagi tinchlik, osoyishtalik va yurtimizning zamon bilan hamnafas rivojlanayotgani natijasidir. Zero, bugungi kunda sayyohlik zamonaviy iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan biriga aylandi. Jahon sayyohlik tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyo yalpi ichki mahsuloti hajmining o'ndan bir qismi, xalqaro investitsiyalarning 11 foizdan ortig'i turizm hissasiga to'g'ri keladi. Umuman, mamlakat turizm salohiyatining hozirgi holatini yuzaga chiqarish maqsadida mamlakatimizda ham ushbu soha jadal rivojlanmoqda. xalqaro aeroportlar, zamonaviy temir yo'l transporti, besh yuzdan ziyod sayyohlik operatori va to'rt yuzga yaqin mehmonxonalar mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko'rsatmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 oktyabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qaroriga muvofiq, turizm va turistik infratuzilmani rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shunga asosan, milliy turistik xizmatlar xalqaro sayyohlik bozorlariga faol kirib bormoqda va mamlakat turizm salohiyatini namoyish qilmoqda. Darhaqiqat, O'zbekistonda turizm sohasini ijtimoiy-iqtisodiy kompleksning muhim tarkibiy qismlaridan biriga aylantirish uchun barcha shart-sharoitlar etarli. Ushbu soha yangi ish o'rinlarini yaratish, aholi farovonligini oshirish va valyuta va soliq tushumlari ko'payishida muhim o'rin tutmoqda. Bu borada mamlakatimiz o'zining boy tarixiy-madaniy merosi, samarali turizm salohiyati, noyob moddiy va nomoddiy madaniy qadriyatlari, me'moriy obidalari va zamonaviy shaharlari bilan xalqaro sayyohlik bozorida alohida mavqega ega. Mamlakatimizda turizm salohiyatini kuchaytirisha qaratilgan turizmni rivojlantirish uchun xorijiy mamlakatlardan investitsiyalar kirib kela boshladi. Natijada, 200 yilning 17 noyabrida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 421.33 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 421.33 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga