Turli sanoq sistemalari tarixda qo'llanishi va ularning asoslari REJA: Sanoq sistemalari haqida ma'lumot Pozitsiyali va pozitsiyali bo'lmagan sanoq sistemalari Axborotni o'lchov birliklari va EHM da tasvirlash usullari. SANOQ SISTEMALARI HAQIDA MA'LUMOT Barcha mavjud tillar kabi sonlar tili ham mavjud bo'lib, u ham o'z alifbosiga ega. Maskur alifbo hozir jahonda qo'llanilayotgan 0 dan 9 gacha bo'lgan o'nta arab raqamlaridir, ya'ni: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9. Bu tilda o'nta belgi (raqam) bo'lganligi uchun ham, bu til o'nlik sanoq sistemasi deb ataladi. Bizning kundalik hayotimizda qo'llanilayotgan o'nlik sanoq sistemasi hozirgidek yuqori ko'rsatkichni tez egallamagan. Turli davrlarda turli xalqlar bir biridan keskin farqlanuvchan sanoq sistemalaridan foydalanganlar. Biz asosan o'nlik sanoq sistemasidan foydalanamiz. Lekin, o'nlik sanoq sistemasidan kichik sanoq sistemalarida sonlarni belgilash uchun arab raqami belgilaridan foydalaniladi. Masalan, beshlik sanoq sistemasida 0, 1, 2, 3, 4 raqamlari, yettilik sanoq sistemasida esa 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6 raqamlaridan foydalaniladi. Hisoblash texnikasida va dasturlashda asosi 2, 8 va 16 ga teng bo'lgan sanoq sistemalari qo'llaniladi. O'n ikkilik, o'n oltilik sanoq sistemalarida qanday belgilardan foydalaniladi?- degan savolga javob aniq: raqamlardan keyin lotin alifbosidagi bosh harflardan foydalaniladi. Shunday qilib, o'n ikkilik sanoq sistemasida raqamlar 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, A, B kabi; o'n oltilik sanoq sistemasida esa 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, A, B, C, D, E, F kabi yoziladi. Kompyuterlarda boshqa sanoq sistemalaridan quyidagi imkoniyatlari bilan farqlanuvchi ikkilik sanoq sistemasidan foydalaniladi uni ishlashini tashkil etish uchun ikki turg'un holatli qurilmalar zarur ( tok bor - tok yo'q, magnitlangan yoki magnitlanmagan); axborotni ikki holat orqali tasvirlash ishonchli va ta'sirlarga chidamli; ikkilikdagi arifmetika boshqalaridan sodda. Pozitsiyali va pozitsiyali bo'lmagan sanoq sistemalari Sanoq sistemasi bu - sonlarni o'qish va arifmetik amallarni bajarish uchun qulay ko'rinishda yozish usuli. Qadimda hisob ishlarida ko'proq barmoqlardan foydalanilgan. Shu sababli narsalarni 5 yoki 10 tadan taqsimlashgan. Keyinchalik o'nta o'nlik maxsus nom - yuzlik, o'nta yuzlik - minglik nomini olgan va h.k. Yozuv qulay bo'lishi uchun bu muhim sonlar maxsus belgilar bilan ifodalana boshlagan. Agar hisoblashda 2 ta yuzlik, 7 ta o'nlik, yana 4 ta birlik bo'lsa, u holda yuzlikning belgisini ikki marta, o'nlik belgisini yetti marta, birlik belgisini to'rt marta takrorlashgan. Razryadlar 3 2 1 0 -1 Son 1 0 1 1, 12 = 1ґ23 + 0ґ22 + 1ґ21 +1ґ20 + 1ґ2-1 Razryadlar 2 1 0 -1 -2 Son 7 5 6, 4 18 = 7ґ82 + 5ґ81 + ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
504.72 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:36
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
504.72 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:36 ]
Arxiv ichida: ppt