Tutashmalar yasash Tutashmalarni kesma, nur, poliliniya, yoy, aylanalarga qo'llab, ularni o'zoro berilgan radiusli yoy bilan tutashtirish mumkin. Tutashmalar - Fillet (сопряжение) tugmasi yordamida amalga oshiriladi. Tutashma radiusini tanlash uchun buyruqdan keyin chizma oynasida sichqonchaning o'ng tugmasini bosib, chiqqan chaqiruv menyusidan Радиус bo'limini tanlash va klaviaturadan radius qiymatini kiritib Enter bosish kerak. Shundan so'ng tutashma hosil qilish uchun tutashtirilmoqchi bo'lgan ob'yektlarni sichqoncha nishoni bilan ko'rsatish kerak. Agar tutashtiriluvchi chiziqlar kesishuv nuqtasigacha yetmagan yoki kesishish chizig'idan o'tib ketgan bo'lsa ham ular berilgan radius bilan tutashtiriladi (25-v,g, rasm). Rasmdagi belgi sichqoncha bilan chiziq ustida ko'rsatish joyini bildiradi Agar tutashtirilayotgan chiziqlar yo'g'onligi turlicha bo'lsa, unda tutashma ikkinchi ko'rsatilgan chiziq yo'g'onligini oladi. Agar rangi turlicha bo'lsa, tutashma joriy qat (слой) ning rangini oladi. Quyidagi hollarda tutashma amalga oshmaydi: - berilayotgan tutashma radiusi tutashtirilayotgan kesmadan uzunroq bo'lsa; - tutashtirilayotgan ikki aylana orasidagi masofa tutashma yoyi radiusdan katta bo'lsa. Tutashmalarda quyidagi xususiy hollar bo'lishi mumkin: - tutashtiriluvchi chiziqlar parallel bo'lsa tutashtirish radiusiga qanday qiymat berilishidan qat'iy nazar parallel chiziqlar orasidagi masofaning yarimiga teng radiusli yoy bilan tutashtiriladi (25-j, rasm); - tutashtirish radiusiga nol qiymat berilsa, kesishuvchi chiziqlar o'zaro tutashtirilib burchak yasaladi 25-z, rasm). - tutashma radiusi berilgan bo'lsa ham, tutashma hosil qilish paytida Shift tugmasi bosib turilsa, kesishuvchi chiziqlar o'zaro tutashtirilib burchak yasaladi. Agar tutashma uchun tanlanayotgan ob'yekt poliliniya, to'rtburchak yoki ko'pburchakdan iborat bo'lsa va birdaniga hamma qirralarini yoy shaklida tutashtirish kerak bo'lganda sichqonchaning o'ng tugmasini bosib полилиния bo'limi tanlanib, so'ngra poliliniya ob'yekti ko'rsatiladi. (25-b, rasm). Odatda o'zaro kesishgan ikki chiziqni ma'lum radius bilan tutashtirilgach, chiziqlarning ortiqcha qismi qirqiladi. Agar tutashma hosil bo'lib va chiziqlarning dovomi ya'ni o'zaro tushashish tuqtasigacha bo'lgan qismini saqlab qolish lozim bo'lsa, tutashuvchi chiziqlarni ko'rsatishdan oldin sichqonchaning o'ng tugmasini bosib Обрезка bo'limini tanlab va yana bir karra sichqoncha o'ng tugmasini bosib Без обрезки bo'limini tanlash kerak. 25-i,rasm). Misol. 26-rasmda ko'rsatilgan chizmani chizish paytida tutashmalardan foydalanish ketma-ketligini keltirib o'tamiz. Avval markazlari orasidagi masofasi 70 ga va radislari 10, 20, 8 3 ga teng bo'lgan aylanalar chizib olinadi. Buning uchun Круг buyrug'i tanlanib ekranda ixtiyoriy bir nuqta (aylana markazi) sichqoncha bilan ko'rsatiladi va klaviaturadan 10 raqamini kiritib Enter bosiladi. Enter bosilib aylana chizish buyrug'i qayta chaqiriladi va sichqoncha bilan chizilgan aylanaga yaqinroq boriladi, aylana markazini ko'rsatuvchi marker paydo bo'lgach, shu marker ustiga nishonni oborib bir oz kutub turiladi. Центр yozuvi paydo bo'lgach nishon o'ng tomonga qarab yurgiziladi (27-rasm,a). Ekranda cheksiz davom etuvchi chiziq paydo bo'ladi va nishon ostida yurilgan masofani ko'rsatuvchi yozuv o'zgarib turadi. Nishonni ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 18:32:34
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
87.39 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 01:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 18:32 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
87.39 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 01:36 ]
Arxiv ichida: doc