Uch o'lchovli tasvir sintezlari

Uch o'lchovli tasvir sintezlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Uch o'lchovli tasvir sintezlari - rasmi

Material tavsifi

Uch o'lchovli tasvir sintezlari Reja: Sahna obyektlarini sintezlash muammolari Tasvirlarni sintezlash bosqichlari Sahna obyektlarini sintezlash muammolari Kompyuter grafikasining asosiy vazifasi tasvirlarni (uch o'lchovli) ikki o'lchovli ekranga sintez qilish hisoblanadi, masalan, monitor ekraniga yoki printerdan chiqgan qog'ozga. Sintezlangan tasvir deganda, real tasvirlar bilan hech qanday fizik aloqalarsiz hisoblash tizimlarida (kompyuter) foydalanuvchining (tasvirni oluvchi) ba'zi bir ko'rsatmalarini bajarish orqali hisoblash natijasida olingan axborotlarni har qanday vizual ifodalanishi tushuniladi. Real tasvirlar bilan hech qanday fizik aloqalarsiz deb berilgan mulohaza real vaqtda fotografiya va tele-kinos'yomkalarda olingan tasvirlarga ishlov berish kabi vazifalarni KG fanidan mustasno qiladi, chunki ushbu holatda grafik obyektlarni u yoki bu tavsifi bo'yicha obrazlarini qurish bilan emas, balki fizik obyektlar bilan ish boradi. Masalan, doirani tavsiflashda (monitor ekranida aks etishi kerak bo'lgan tasvir) uning tenglamasi, yoki markaz va radius koordinatalari, yoki uning konturini ikkilik ko'rinishi (mazkur operasion tizim tomonidan quvvatlanadigan formatda) xizmat qilishi mumkin. Bu rasmni xotiraga yoki ko'rsatilgan formatlardan birida skanerlaganimizdan keyin, u bizning obyektimiz bo'lishi mumkin. Ma'lum fazoviy munosabatlarga ko'ra tartiblangan (bunday munosabatlar sifatida, masalan, yaqin-uzoq, o'ng-chap va boshqa munosabatlar deb atash mumkin) ekranda ko'rinadigan elementlar to'plami, doiraning berilgan atributlari bilan (masalan, yoritilganlik darajasi, tumanlar va uning zichligini mavjudlik belgisi), elementlarning sirtqi atributlari bilan (modellashtirilayotgan obyektlar materiallarining rangi, teksturasi, optik xususiyatlar) sahnani tashkil qiladi. Ko'zga ko'rinadigan sahnani tashkil etuvchi mavjud grafik obyektlar sahna elementlari deb ataladi. Shunday ekan, sahnani qurish insonning vizual idrok etish mexanizmlari xususiyatini hisobga olib bajariladi, masalan, ko'rish qobiliyati, ko'zning yorug'lik tezligini logarifmlashi. Odatda sahna qurishning yiriklashtirilgan sxemasi, ya'ni uning boshlang'ich tafsilotlaridan ekranga chiqishigacha bo'lgan holat quyidagi ko'rinishga ega: Sahnani rejalash Sahnani tavsiflash Sintezlash va ichki taqdim etish algoritmlari Sintezlangan tasvir Vizualizatsiya Qabul qilingan sahna. Sahnani qurish uchun mo'ljallangan barcha amaliy dasturlar va apparatli vositalarni (grafik adapterlar, platalar va b.) grafik sistema deb ataymiz. Sahnaning tavsifi kutilgan sahna ko'rinishini belgilovchi barcha vizual axborotlarni ifodalashi kerak. Sahnani tavsiflashda beriladigan terminlar, sahnadagi tasvirning tanlangan konseptual modeliga bog'liq bo'ladi, ya'ni sahnani sintezlovchi dasturiy ta'minot ishlab chiquvchi yoki ushbu dasturdan foydalanuvchi tasvir ostida o'zining vazifalarini tushunadi. Masalan, tasvirni muayyan yorqinlik bilan berilgan nuqtalar massivi sifatida qarash mumkin, biz qandaydir ko'rinishda berilgan koordinatalarga muvofiq sintezlanayotgan uch o'lchovli sahnaning ixtiyoriy nuqtasida yorqinlikni belgilashimiz mumkin. Tasvirning boshqa ko'rinib turgan konseptual modeli sifatida sahnani tashkil etishi kerak bo'lgan predmetlar va ularning o'zaro joylashuvini ko'rsatish mumkin. Har qanday holatda, sahnani to'liq ask ettirish uchun quyidagi axborotlar (kamida) zarur: morfologik axborot - har bir elementning joylashgan o'rniga, o'lchamiga, yoki kuzatuvchi holatiga bog'liq bo'lmagan shakli haqidagi ma'lumot; sahna ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 236.41 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 236.41 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga