Umumlashtirilgan telekommunikatsiya tarmoq

Umumlashtirilgan telekommunikatsiya tarmoq

O'quvchilarga / Informatika va AT
Umumlashtirilgan telekommunikatsiya tarmoq - rasmi

Material tavsifi

Umumlashtirilgan telekommunikatsiya tarmoq tuzilmasi. kompyuter tarmoqlari tasnifi Reja: 1.Telekommunikatsiya tarmog'i klassifikatsiyasi 2 Aloqa operator tarmog'i va korporativ tarmoq. 1.Telekommunikatsiya tarmog'i klassifikatsiyasi Kompyuter tarmoqlari ko'pgina belgilariga asosan tasniflanadi(klassifikatsiyalanadi). Kompyuter tarmoqlarini tasniflashda asosiy belgilari quyidagilardan iborat: tarmoqning texnologik xususiyatlari; tashkiliy mezonlari; funksional roli va tarmoq tarkibi. Tarmoqning texnologik xususiyatlari nuqtai nazaridan tarmoq quyidagi belgilarga tasniflanadi: - hududni qoplashi; uzatish muhit turi; topologiyasi; - kommutatsiya usuli; paketlarni harakatlash usuli; birlamchi(transport) va tarmoq ustidagi tarmoq. Hududni qoplash bo'yicha tarmoqlar quyidagicha bo'ladi: mahalliy(lokal)-Local Area Networks (LAN) - katta bo'lmagan hudidagi kompyuter tarmog'i (1-2 km radiusdan oshmagan); global - Wide Area Networks (WAN) - hududlardagi yo'naltirilgan kompyuterlarni birlashtiruvchi tarmoq bo'lib, ular har xil shahar yoki davlatlarda bo'lishi mumkin; shahar (yoki megapolis tarmog'i) - Metropolitan Area Networks (MAN) - katta shahar hudidida xizmat ko'rsatuvchi tarmoq - megapolis. Uzatish muhit tarmoq turiga asosan quyidagilar kiradi: simli tarmoq, yani tarmoq aloqa kanali mis yoki optik kabel orqali qurilgan; simsiz tarmoq, yani bunday aloqa tarmog'ida simsiz aloqa kanali qo'llaniladi (radio, yuqori chastotali, infra qizil yoki lazer kanallari). uzatish muhit turiga, tezlik va ulanish ishonchligi, kanaldagi chastotani yani undagi bit ma'lumotarni buzilishini oldini olishni ta'minlaydi. Barcha simsiz muhitdagi tizimlar simli tarmoqqa nisbatan ko'pincha tashqi shovqin ta'siriga moyildir.Tashqi shovqin manbasi tuman, quyosh shamoli, shudring, xonada ishlatiladigan mikro to'lqinlik pechlar, bular simsiz kanalning sifatiga ta'sir qiladi. Tarmoq kommutatsiya usuli quyidagicha farqlanadi: paketli kommutatsiya tarmog'i, bu ikkiga bo'linadi: datagramm tarmoq(Ethernet); mantiqiy ulanishga asoslangan tarmoq -IP tarmoq, transport pog'onasida TCP protokoli qo'llaniladi; virtual kanalga asoslangan tarmoq (MPLS- tarmoq) ; kommutatsiya kanal tarmog'i - misol uchun, telefon tarmog'i 64 kbit sek.ga asoslangan. Tarmoqlar topologik nuqtai nazaridan farqlanadi. 4.1-rasmda to'liq bog'langan topologiya, daraxtsimon, yulduz, halqa, aralashgan topolgogiya, shina va boshqalar. 1-rasm. Tarmoq topologiyasi. Birlamchi (transport) tarmog'i - tarmoq, har doim ikki nuqtali fizik kanalni tashkil etib, ular boshqa kompyuter va telefon tarmoqlarida ishlatiladi. Bular tarkibiga kabel, kommunikatsiya uskunalari kirib bular orqali yangi fizik kanallar tashkil etiladi va oxirgi tarmoq nuqtasi bilan ulaniladi. 4.2-rasmda O'zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya transport tarmog'i ko'rsatilgan. 2-rasm. O'zbekiston Respublikasi Telekommuniksiya transport tarmog'i. Tarmoq ustidagi tarmoq - bu tarmoq, birlamchi (transport) kanali orqali qurilgan bo'lib oxirida joylashgan foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatadigan tarmoq hisoblanadi. Bu tarmoq kompyuter , telefon va televizion signallar tarqatish tarmoqlariga bo'linadi. Tarmoqlar funksional vazifasi va tuzilishi nuqtai nazaridan ulanish tarmog'iga , magistral tarmoq va yig'uvchi trafik tarmoqlariga bo'linadi. Ulanish tarmog'i - bu tarmoq aloqa operatori yoki koorporativ operatorlar tarmog'i bo'lib , shaxsiy yoki korporativ mijozlarni binolaridan (ofis , xonadon) aloqa operatori yoki korporativ ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 533.95 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 533.95 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga