UT, O'T, QT, UQT va O'YUCH diapazonli radioto'lqinlarining tarqalishi

UT, O'T, QT, UQT va O'YUCH diapazonli radioto'lqinlarining tarqalishi

O'quvchilarga / Informatika va AT
UT, O'T, QT, UQT va O'YUCH diapazonli radioto'lqinlarining tarqalishi - rasmi

Material tavsifi

RQT kafedrasi katta o'qituvchisi H.X.Madaminov O'zbekiston ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGYeNTLIGI Toshkent AXBOROT TYeXNOLOGIYaLARI UNIVYeRSITYeTI «Mobil aloqa tizimlari» fanidan ma'ruza UT, O'T, QT, UQT va O'YuCh diapazonli radioto'lqinlarining tarqalishi. № 4 va № 5 diapazondagi radioto'lqinlar tarqalishi O'ta uzun to'lqin va uzun to'lqin (O'UT va UT) diapazondagi to'lqinlar uchun yer sirti o'tkazgich hisoblanadi. Yerni yaxshi aylanib o'tadigan sirt to'lqinining aloqa tashkil qilish mumkin bo'lgan masofa 1500-200km ni tashkil qiladi. №5 diapazonidagi to'lqinlar pastki ionlashgan qatlamdan yaxshi akslanadi va fazoviy to'lqinni hosil qiladi. Ionosfera qatlamidan akslangan to'lqinlar juda ko'p yutiladi, shuning uchun aloqani ta'minlashda katta quvvatli energiya zarur bo'ladi. Aloqani uzoqligi faqat radiouzatkich quvvatiga bog'liq bo'ladi. Bu diapazonda aloqa juda barqaror. Bu to'lqinlar dengiz aloqasi, yo'naltirish (navigatsiya), hamda radioeshittirish uchun qo'llaniladi. №6 diapazondagi radioto'lqinlar tarqalishi O'rta to'lqin (O'T) diapazondagi to'lqinlar uchun yer sirti yarim o'tkazgich hisoblanadi. To'lqinlar sirt nuri, fazoviy nur, sirt va fazoviy nurlari birgalikda tarqalishi mumkin. Sirt to'lqinlari faqat kunduzi D qatlamida kuchli yutilishlar bo'lganida kuzatiladi, bunda aloqa uzoqligi 500-1500 km gacha bo'ladi. Fazoviy to'lqinlar kechasi ijobiy sharoitlar natijasida Ye qatlamidan akslanishi va unda yo'qotishlar kichikligi hisobiga hosil bo'ladi. Bu diapazonda qabul qilish nuqtasidagi maydon fazoviy to'lqinlar inteferensiyasi, hamda sirt va fazoviy to'lqinlar interferensiyasi natijasi (yig'indisi) bo'lishi mumkin. Chunki, to'lqinlar har xil fazalar bilan kelib qo'shiladi, bunda qabul qilish nuqtasida signal sathi tebranishi mumkin, yani Feding yoki signal sathini tartibsizlanishi (zamiraniya) yuz beradi. Signal sathini tartibsizlanishiga qarshi qabul kilgichlarda kuchaytirishni (sathni) avtomatik boshqarish qo'llaniladi, uzatish tomonida esa, Antifeding antennalari qo'llaniladi. Bu diapazonda radio eshittirish stansiyalari, radiomayaklar, aniq vaqt xizmatida ishlaydilar. №7 diapazondagi radioto'lqinlar tarqalishi Qisqa to'lqin (QT) diapazondagi to'lqinlar uchun yer sirti dielektrik hisoblanadi. To'lqinlar sirt nuri, fazoviy nur, sirt va fazoviy nur bilan birgalikda tarqalishi mumkin. Sirt nuri bilan aloqa faqat yaqin masofalarda amalga oshirilishi mumkin. Uzoq masofaga bo'lgan aloqani faqat fazoviy nur bilan amalga oshirish mumkin. Bunda Ye qatlam yutuvchi hisoblanadi. Uning kontsentratsiyasi +T to'lqinlarning akslanishi uchun etarli emas. To'lqinlar kunduzi F1 qatlamidan va kechasi F2 qatlamidan akslanadi (qaytadi). Demak aloqa uzoqligi bitta chastotada kunduzi va kechasi har xil bo'ladi. Doimiy korrespondentlar (muxbirlar) bilan ishonchli aloqa uchun bu diapazonda to'lqin jadvali bo'yicha ishlaydilar: kunduzgi to'lqinlar 14-25 m; oraliq to'lqinlar 25-35 m; kechki (tungi) to'lqinlar 35-60 m. Bu diapazon to'lqinlari uchun yana quyidagi xususiyatalar mavjud: signal sathining tartibsizlanishi, radio sado (aks sado), tungi vaqtda radiostansiyalar soni ko'payishi, jimjitlik zonalari, magnit bo'ronlarining ta'sir qilishi. №8 va №9 diapazonidagi radioto'lqinlar tarqalishi Ultra qisqa to'lqin diapazondagi to'lqinlar uchun yer sirti dielektrik hisoblanadi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 84.54 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:36 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 84.54 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga