Veb brauzerlar - rasmi

Material tavsifi

VEB BRAUZERLAR Web browser - inglizcha so'z bo'lib, vebni ko'zdan kechiruvchi, vebni ko'rib chiquvchi ma'nolarini beradi. Bizga bu so'z rus tilidan kirib kelganligi, rus tilida esa браузер kabi aytilishini hisobga olib(hozircha) biz ham brauzer so'zini ishlataqoldik. Turk tilida Ag' tarayicisi kabi tarjimasi mavjud. web so'zi esa World Wide Web(butunjahon to'ri - WW) ning qisqa ma'nodagi ko'rinishi. Veb brauzer butunjahon to'rida joylashgan sahifani yuklash, tahlil qilish va uni ko'rsatish, sahifalararo o'tishlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Veb brouzer biror sahifani yuklash va sahifaga ma'lumotlar yuborish uchun HTTP protokolidan foydalanadi. Ko'pchilik brouzerlar FTP protokoli bo'yicha ham ishlashadi: fayllar ro'yxatini sahifa ko'rinishida chop etadi. Veb brouzer veb-sahifani(butunjahon to'rida joylashgan sahifa) siz uchun qulay ko'rinishda chop etadi - ma'lum qoidalar bo'yicha rasmlarni, matnlarni(ularning ko'rinishi, rangi, kattaligi va h.k.), ovoz yoki video ma'lumotlarini, turli animatsiyalarni mos tavishda joylashtirib chiqadi. Bundan tashqari, sahifadagi siz kiritgan ma'lumotlarni kerak joyga jo'natish, boshqa sahifaga o'tish, JavsScript kodlarini ishlatish kabi vazifalarni ham bajaradi. Birinchi eng keng tarqalgan brauzer Mosaic bo'lgan. Undan so'ng Netscape Navigator brauzeri yetakchilik qildi. 1995-yili Microsoft kompaniyasi Windows 95 tarkibida Internet Explorer brauzerini chiqarish orqali Netscape Navigatorning yetakchiligiga katta xavf sola boshladi va bir necha yillardan so'ng Netscape Navigator brauzeri deyarli foydalanishdan chiqib ketdi. Internet Explorer esa 95% ulush bilan dunyoning eng keng tarqalgan brauzeriga aylandi. Netscape Navigator kodini ommaga havola qilingandan so'ng, u asosida Mozilla va Mozilla Firefox brauzerlari yaratildi. Hozirda foydalanuvchilar uchun juda ko'p alternativ brauzerlar mavjud. Veb brauzerlarning qisqacha tarixi 1995 (AQSH) Internet Explorer haligacha yetakchilikni qo'ldan boy berganicha yo'q, lekin ulushi asta-sekin kamayib bormoqda. Net Applications ma'lumotlariga ko'ra, brauzerlarning ulushi 2009 yil avgust oyiga nisbatan quyidagicha: Microsot Internet Explorer - 72,15%; Mozilla Firefox - 19,73%; Safari - 6,37%; Opera - 0,74%; Netscape - 0,72%; Mozilla - 0,10%; … Jahon bo'yicha eng yetakchi brauzerlar Internet Explorer Interne Explorer brauzeri Windows operatsion tizimi tarkibida komputeringizga o'rnatilgan bo'ladi. Oddiy foydalanuvchilar ichida keng tarqalgan. Faqat Windows operatsion tizimida ishlaydi. Ushbu brauzer to'liq yetakchilik qilgan davrda ko'p veb-saytlar faqat ushbu brauzerda ishlashi shart bo'lgan xolos. Hozirda boshqa brauzerlarning biror qo'shimcha yutug'i to'g'risida gap ketganda, Internet Explorerda yo'qlari haqida gapiriladi. Microsot kompaniyasi Internet Explorer(qisqacha IE) brauzerini ishlab chiqishda asosiy maqsad Netscape Navigator brauzeriga zarba berish bo'lganligi uchun uning turli nostandart imkoniyatlari va kamchiliklari yaqqol ko'zga tashlanadi. Hozirga kelib nostandart imkoniyatlar asta-sekin IE brauzeridan olib tashlanyapti. Internet Explorer Internet Explorer Oddiy foydalanuvchilar uchun ushbu brauzerning kamchiliklari deyarli ko'rinmaydi, chunki, ular uchun dasturchilar IE kamchiliklarini yopishadi. Dasturchilar ushbu brauzerni eng nostandart ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.73 MB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:36 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.73 MB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga