Veb sahifa dizaynining o'ziga xosliklari va dasturiy asoslari

Veb sahifa dizaynining o'ziga xosliklari va dasturiy asoslari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Veb sahifa dizaynining o'ziga xosliklari va dasturiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Veb sahifa dizaynining o'ziga xosliklari va dasturiy asoslari Reja: 1. Veb-sahifa dizayni asoslari 2. onlayn jurnalistikaning qo'shimcha texnik imkoniyatlari va ularning sayt dizaynida aks etishi. 3. Veb-sahifa dizaynining dasturiy asoslari 4. HTML haqida tushuncha 5. Microsoft FrontPage dasturida ishlash va veb-sahifaning dastlabki namunasini yaratish Bugungi kunda butun dunyo aholisining kundalik turmush hayoti kompyuterlarga, asosan internet bilan bog'liq bo'lib qolgan. Maykrosoft kompaniyasining asoschisi Bil Geyts biznes haqida shunday degan edi: 2005 yilga kelib faqat ikkita kompaniya qoladi: internetda bo'lganlar va umuman biznesdan chiqqanlar. Hatto yaqinda ww.shutdownday.com saytining tashabbusi bilan 2007 yil 24-mart kuni butun dunyo aholisi 24 soat mobainida kompyuterdan butunlay foydalanmaslik aksiyasini o'tkazmoqchi. Bundan maqsad kompyutersiz kun qanday o'tishi va uning odamlar hayotiga qanday ta'sir ko'rsatishini o'rganmoqchi. Rivojlangan davlatlardagi deyarli har bir tashkilot virtual tizimda o'z hududiga ega. Bular esa o'z navbatida ma'lumotlarini ommaga tarqatishi xususida bosh qotirishi lozim. Buning uchun albatta ular o'z saytida qiziqarli va foydali ma'lumotlar berishi, saytini o'quvchilar uchun qulay va chiroyli qilib ishlashi lozim. Shu nuqtai nazarda internet olamida veb-sahifalarni yaratishning har xil modellari va HTML tillari yaratilmoqda. Masalan quyidagi manzillarda veb-saytlarning turli xil shablonlarini topish mumkin: http:ww.oswd.orgdesignsbrowse http:tmpl.woweb.ru http:ww.webdesignbulgaria.com http:freetml.pcvoice.ru http:ww.web-cd.rufree Internet foydalanuvchilari uchun brauzerlarning yangi versiyalari yoki Web 2.0 elementining qo'shimcha funksiyalari juda katta ahamiyatga ega emas. Ular uchun eng asosiy narsalar: Har bir sahifadagi matnning oson va qulay o'qilishi; Kerakli saytlardan o'zini qiziqtirgan savollarga javob topa olishi; Navigatsion elementlarning qulay bo'lishi; To'ldiriladigan forma va boshqa tablitsalarning qisqa bo'lishi; Ssilkalarning ishlashi va printerdan chiqarishda muammo bo'lmasligidir. Shunday bo'lishiga qaramasdan o'zini ommaga tanitishni xohlovchi tashkilotlar elektron nashrlarning eng so'nggi funksiyalaridan samarali foydalanishga harakat qilmoqda. Masalan, ko'pgina rivojlangan davlatlarda saytining ko'rinishi va professionalligi tashkilotning obro'yini belgilashiga ko'nikib qolishgan. 2003 yilda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning rasmiy saytini yaratishga 600 rubl (taxminan $200) sarflangan edi. Nashr sahifalashda tajribaga ega bo'lgan kishi uchun veb-sahifa dizaynini yaratish oson kechadi. Veb-dizayn gazeta yoki jurnal dizaynidan bazi jihatlari bilan farq qilsada, sahifadagi obyektlarni joy-joyiga qo'yish jihatidan o'xshashdir. Masalan, butun sahifadagi matn, grafika, jadvallarning bir-birlari bilan mos tushishi ikkita uslubda ham bir xildir. Sahifadagi zich va bo'sh, rangli va rasmli joylarning o'zaro uyg'unlashishi kishidan mahorat talab qiladi. Bu jihatlar muxlisga bir qarashda ta'sir qiladigan xususiyatlardir. Ranglar qog'oz gazetadagiga nisbatan elektron gazetada ko'proq ishlatiladi, sababi, bu qo'shimcha mablag' talab qilmaydi va elektron gazeta ko'pincha monitordan o'qiladi. Har xil ranglarga qo'shimcha beriladigan nur, soya va har xil effektlar matnda berilayotgan ma'lumotni to'ldirishi kutiladi. Deyarli hamma qizil - issiq va ko'k - sovuqni ifoda etishini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.32 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 01:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.32 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga